«NAVOIY» xalqaro aeroporti. «Navoiy» xalqaro aeroporti 1962-yilda barpo etilib, 2007-yilda qayta modernizatsiya qilinib ta’mirlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 2-dekabr kunidagi PF-4059-sonli «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga asosan hududda sanoat sohasini rivojlantirish, zamonaviy va yuksak texnologiyali ishlab chiqarishni ishga tushirish maqsadida «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etilgan. Navoiy viloyati, xususan, Navoiy shahrining ishlab chiqarish salohiyatini yanada oshirish, transport-tranzit va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish, yuqori texnologiyalarni o‘zlashtirish, xorij sarmoyasini jalb qilishda muhim omil bo‘layotir. Navoiy shahri xalqaro ayeroporti hududida «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasi tashkil etilishi jahon bozorida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish, aholi farovonligini yanada yuksaltirish borasida muhim ahamiyat kasb etadi.
2008-yil «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK va «Korean Air» aviakompaniyalari bilan hamkorlikda Navoiy aeroporti konsalting xizmatini taqdim etish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Hozirgi kunda aeroport yuk tashishlar bilan birgalikda yo‘lovchilarni ham tashish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish uchun zamonaviy aerovokzal,VIP–yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish zali, ona va bola xonasi, bufet, tibbiyot punkti, aloqa va transport xizmatlari mavjud.
O‘zbekiston temir yo‘llari
Temiryo‘l transporti o‘rta masofalarga turistlarni maqbul narxlarda tez va qulay sharoitda yetib borishlarini ta’minlaydi. Alohida xollarda temiryo‘l transportidan turistik sayohat maqsadlarida ham foydalanish mumkin. Turistlarni temiryo‘lda tashish turizm transport ta’minotining samarali vositasi hisoblanadi. Sayohatning yuqori shinamligi, yuqori tezlik va maqbul narxlarda turistlar guruhini ixcham joylashtirish bu transport turini kichik va o‘rta masofalarga harakatlanishda raqobatbardoshligini oshiradi. Temiryo‘l transportidan ichki va chegara yaqinida sayru tomosha, ekskursion safarlar va dam olish kunlarini tashkil etishda ko‘proq foydalaniladi.
O‘tgan davr mobaynida minglab kilometr yangi temir yo‘l liniyalari barpo etildi. Toshkent – Samarqand, Toshkent – Buxoro, Toshkent – Qarshi yo‘nalishlarida «Registon», «Sharq» va «Nasaf» tezyurar poyezdlarining qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Toshkent markaziy temir yo‘l vokzali va boshqa shaharlarimizdagi vokzallar qayta rekonstruksiya qilindi, ta’mirlandi, yangilari barpo yetildi. Xalqaro va mahalliy yo‘nalishlarda qatnovchi poyezdlarda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati zamon talablari darajasiga ko‘tarildi.
Yuqori tezlikda harakatlanuvchi yo‘lovchi elektropoyezdlari qatnovini tashkil etish borasidagi sa’y-harakatlar Prezidentimiz Islom Karimovning 2009-yil Ispaniya Qirolligiga tashrifi doirasida erishilgan kelishuv asosida boshlab yuborildi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» Davlat aksiyadorlik kompaniyasi hamda Ispaniyaning «Patentes Talgo S.L.» kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolanib, Ispaniyadan yuqori tezlikda harakatlanuvchi yo‘lovchi elektropoyezdlarini sotib olishga kelishib olindi.
Bundan tashqari yaqinda esa yurtimizdagi xorijiy hamda mahalliy sayyohlar uchun mo‘ljallangan «Afsona» poyezdi «Toshkent-Markaziy» vokzalidan «Toshkent – Samarqand», «Qarshi – Buxoro – Urganch» yo‘nalishlari bo‘ylab yo‘lga chiqdi. U yuqorida qayd etilganidek, aynan o‘zimizda ishlab chiqarilgan va modernizatsiya qilingan yangi vagonlardan tashkil topgan edi. Aytish kerakki, «Afsona» poyezdi ilk bor 2013-yilning 11-aprelidan Toshkent – Samarqand – Qarshi – Buxoro – Urganch yo‘nalishida ishga tushirildi.
Ayni paytda zamonaviy qulayliklarga ega 8 vagon, qolaversa, lyuks, kupe va vagon-restorandan tarkib topgan po]ezd mijozlar xizmatida. Yangi po]ezd sayyohlar va yo‘lovchilarni O‘zbekistonning boshqa joylaridan, jumladan, Toshkent, Samarqand, Buxoro va Qarshidan Xorazm viloyatiga yetkazish uchun yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, u O‘zbekistonda ichki turizmning rivojlanishiga yordam beradi24.
Do'stlaringiz bilan baham: |