Iqtisod klass. Eng arzon xizmat ko‘rsatish turidir. Odatda iqtisod klassdan talabalar va kam ta’minlanganlar foydalanadi.
Lyuks klass. Iqtisod klass
Lyuks klass. Ushbu klass bo‘yicha turlarni tashkil qilishda odatda eng yuqori darajali xizmatlar jalb qilinadi: 5 yulduzli hashamatli mehmonxonalar, birinchi klass va biznes aviatsiya samolyotlarida uchish, hashamatli restoranlarda ovqatlanish, alohida transport, lyuks klass mashinalarida, alohida gid xizmatlari va h.k. Bunday turlar VIP-xizmat ko‘rsatish turkumi (razryadi) bo‘yicha taqdim etiladi.
Iqtisod klass. Eng arzon xizmat ko‘rsatish turidir. Odatda iqtisod klassdan talabalar va kam ta’minlanganlar foydalanadi. Ushbu klass dasturlari yuqori darajada bo‘lmagan xizmatlarni kam miqdorda taqdim etishni ko‘zda tutadi: 1-2 yulduzli mehmonxonada joylashtirish, yotoqxona va xostellarda joylashtirish, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tamoyili bo‘yicha faoliyat yurituvchi kichik va kooperativ mehmonxonalarda joylashtirish, charter aviareyslarida uchish, kutib olish va kuzatish jamoat transportida amalga oshirilishi mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, hammasi tejamli va arzon bo‘ladi.
8-mavzu. Turizm sohasida joylashtirish xizmatlari
Reja:
Joylashtirish sanoati. Mehmonxona. Mehmonxona industriyasi.
Turizm sohasida joylashtirish vositalari va xizmatlari.
Mehmonxonalarning turlari va tasnifi. YYevropa tasniflash tizimi. Fransiya milliy tasniflash tizimi. Hind tasniflash tizimi. Germaniya tasniflash tizimlari.
8.1.Mehmonxona.
Joylashtirish – turizm industriyasining eng muhim bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi. Mehmonxona xo‘jaligi insoniyat tarixidagi har qanday ijtimoiy formatsiyaga xos bo‘lgan, mehmonni hurmat qilish, uni qabul qilib olish va xizmat ko‘rsatish tantanalari kabi eng qadimgi an’analaridan kelib chiqadi. Shuni ta’kidlash kerakki, mutlaqo tranzit turistlar va ekskursion xizmat ko‘rsatish hisobiga yashaydigan turistik markaz va joylar mavjud.
Mehmondo‘stlik (mehmon qabul qilish) industriyasi - bu mintaqa yoki turistik markaz xo‘jaligining kuchli tizimidir va turizm iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismidir. Mehmon qabul qilish industriyasini guruhli va Yakka joylashtirishning turli xildagi otellar, mehmonxonalar, motellar, yoshlarning xostel va yotoqxonalari, appartamentlar, turistik qishloqlar, shuningdek, turistlarni joylashtirishda ishtirok etuvchi xususiy sektor vositalari tashkil etadi.
Mehmonlarni ro‘yxatga olish, ularning kelishi va ketishini boshqarish, mehmonlarga turli-tuman xizmatlar ko‘rsatish mehmonxonaning ma’muriy qismida amalga oshiriladi. Mijozlarga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish ishining murakkabligi turli-tuman ishlar nomenklaturasining kattaligida bo‘lib, bu ularni bajarish vaqtini kelishishda muayyan qiyinchiliklar tug‘diradi. Mehmonlar oqimi har xil: keluvchilar, ketuvchilar, yashovchilar.
Mehmonxona - turizmning asosiy tarkibiy qismlaridan biri va turizmni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mehmonxona uydan talab vositalari bilan ajraladi. Mehmonxonaning turlari juda ko’p bo’lib, o'tgan o'n yilliklar davomida sezilarli o'zgarishlar ro'y berdi. So'nggi yillarda ko’proq noan'anaviy va norasmiy mehmonxona turlariga talab ko’paydi.15
Mehmonxona sohasida ko'p o'zgarishlar bo'lib o'tdi. Xususan joylashtirishning yangi turlari, asosan, shaharlardan tashqari joylar, kempinglar, uy-vagonlari va sayyohlik uylari juda mashhur bo'lib ketmoqda. Odatda, ko'p sonli sayyohlar oddiy joylarga tashrif buyuradilar, chunki birinchi klass mehmonxonalar o’zlarining ajoyib hizmat ko’rsatishlari mavjuddir. Bugungi kunda, Shveytsariya, Gollandiya, Avstriya va Niderlandiya yaxshi milliy oshxonasi, qulaylik va tozalik uchun obro’ga sazovordir.
Hozirgi paytlarda, odamlarning dam olishi o'zgardi. Ba’zilari o’z dam olish vaqtlarini oilasi va dostlari bilan o’tkazayotgan paytda, qaysidir turist dunyo bo’ylab sayohat uyushtiradi. Shu sababli, butun dunyo bo'ylab turizm sanoati o'z navbatida misli ko'rilmagan darajada o'sdi, qaysiki o’z navbatida servis hizmatlarini va mehmonxona faoliyatini rivojlanishiga olib keldi. Qulay mehmonxonalar va joylastirish maskanlari turistik makonni mashhur bo’lishida muhim rol o’ynaydi.
Agar o’z uyidan uzoqda bo’lgan tuirst biron turistik makonda o’zini o’z uyidagidek his qilsa, unda.u joyga yana keladi. Aksincha, agarda u yerda yetarlicha hizmat ko’rsatilmasa yoki turist u yerdagi sharoitdan qoniqmasa, u yerga qaytib bormaydi. Shu tufayli mehmonxonalar turistlarga maksimal qulayliklar bilan ta'minlashga va hizmat ko’rsatishga harakat qiladilar. Yanada qulay hizmat ko’rsatish muhimdir.
Odamlarning turli iqtisodiy kelib chiqishiga qarab. Besh yulduzli mehmonxonalar badavlat mehmonlarga hizmat qilayotgan paytda, kichik va o'rtacha qimmat bo’lmagan mehmonxonalar o'rta sinf sayohatchilar ehtiyojlarini qondirish uchun mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |