O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti


Turizm sohasida ovqatlantirish xizmatlarining usullari



Download 1,97 Mb.
bet55/170
Sana27.01.2023
Hajmi1,97 Mb.
#904114
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   170
Bog'liq
O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi u

9.2.Turizm sohasida ovqatlantirish xizmatlarining usullari
Ovqatlanish sohasida bu faoliyatining xizmat ko‘rsatish sifati va ko‘rsatkichlari quyidagilardan iboratdir:

  • beriladigan taom, dessertning issiq sovuqligi va taom sifatini yuqori darajada tashkil etish;

  • restoranda beriladigan taomlar assortimentining turli-tumanligi, ichimlik va boshqa mahsulotlar turi bo‘yicha mijozlarga mos kelishi;

  • ovqatlanish jarayonida xizmat ko‘rsatilayotgan shaxsga nisbatan xushmuomalada bo‘lish, menyu-kartochkalaridan haridorning o‘zi foydalanishi, haridorlar talab-ehtiyojlariga xushyor bo‘lib turish lozim. Buyurtmachining buyrug‘ini bajarilish tezligi va ovqatlanib bo‘lgandan so‘ng taom haqqini to‘lash usulini qo‘llash;

  • taom iste’mol qilinadigan vaqtda mijozlarga xizmat ko‘rsatish, ofitsiantlarni vino va ichimliklarni ryumka va fujerlarga quyish, ular stoliga xizmat ko‘rsatish jarayonida ofitsiantlar barcha qoidalarga rioya qilishi shart;

  • zaldagi tozalik va shinamlikni ta’minlash, madaniy inson didiga javob berishi, xizmat ko‘rsatiladigan shaxslarga zallarda boshqa sharoitlar yaratishi zarur; shaxsiy gigiyena, tashqi ko‘rinish restoran kategoriyalariga javob berishi kerak.

Ovqatlanish sohasida taom va ichimliklarni o‘rnatilgan sertifikatsiya va standartlar asosida va belgilangan narxlarda iste’molchilarga yetkazish asosiy talablardan biridir. Ovqatlanish sanoatining bu qismi hamkorlar(shartnomachilar) va yetkazib beruvchilardan tashkil topgan bo`lib,ular ovqatlanish xizmatini ishlab chiqarish kor18xonalari,ofis binolari, sog`liqni saqlash joylari, sport arenalari hamda maktab va kollejlarda amalga oshiradilar.Shu bilan birgalikda bu tashkilotlar bu sohaga o`zlari egalik qiladi va boshqaradi.
Bajarilgan xizmatlar (kontrakt tarafi) umumiy ovqatlanish sohasi(sanoati) sotuvlarning 7,1 % miqdorini tashkil qilgan holda o`zlarining sotuvdagi 8,4% ulushi bilan ta’minlaydi.Qo`shimcha 1,9% sotuv mashinalarni sotish orqali amalga oshiriladi. Tashqarida ovqatlanishning 15 % dan ko`prog`ini tegishli(maxsus) joylarda ovqatlanish egallaydi. Bu ma’lumotlar 3,1 jadvalda berib o`tilgan.
Ovqatlantirish xizmatidagi asosiy sohalar

Ovqat va ichimlik sotuvi hajmi
2009




Sotuvlar (mlrd dollarda)

Umumiy foizi

Ovqatlanish joylari

377,9

66,8

Barlar va tavernalar

17,1

3,0

Turar joylardagi ovqatlantirish xizmatlari

27,9

4,9

Bajariladigan xizmatlar

40,1

7,1

Boshqa tijoratlar

52,9

9,3

Ovqatlantirish xizmatiga egalik qiluvchi tashkilotlar

47,8

8,4

Harbiy

2,1

0,4

Umumiy

565,9

100 %

Pul mablag`lari va foiz ko`rsatkichlari Milliy restoranlar uyushmasi tomonidan 2009-yil anqilangan hisoblarga asoslangan.
Manba:Milliy restoranlar uyushmasi 2009 y.
3,1 jadvalda segment orqali aniqlab o`tilgan bozorning nisbiy ulushlari yildan- yilga anchagina barqarorlashishga moyil.Barqaror bo`lib ko`rinishiga qaramasdan muhim rivojlanish jarayonlar joylari har bir guruh ichida yuzaga kelayapti.Aslida esa ushbu sanoat chigal o`zgarishlar markazida hisoblanadi.Garchi 2008 va 2009 yillar orasida ovqatlanish xizmati sotuvlari hajmi umumiy hisobda 2,5 % ga oshgan bo`lsada,ba’zi bir sohalarda haqiqatan ham pasayish ro`y bergan.Ishchilar ovqatlanish xizmati segmenti sohasida sezilarli darajada pasayish kuzatilgan va bu xizmat ko`rsatuvchi kompaniyalarning ovqatlanish xizmatini kirish biznesining natijasidir.Shuning bilan birgalikda ovqatlanish xizmatini o`zlari boshqarishga soslangan o`rta ta’lim maktablari,kollejlar va universitetlarda ham pasayish kuzatilgan.
Hozirgi iqtisodiy modernizatsiyalash jarayonlari amalga oshirilayotgan bir paytda iqtisodiyotning asosiy qismini xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalari egallamoqda. Ularning ulushi yalpi ichki mahsulotda, iqtisodiyotda band bo‘lganlarning tarkibida, davlat byudjetiga to‘lanadigan soliqlarda, yangi ish o‘rinlarini yaratish kabi eng muhim masalalarda muttasil oshib bormoqda va kelajakda ham bu jarayonning davom etishi huquqiy-me’yoriy hujjatlar bilan mustahkamlanmoqda.
Prezidentimiz tomonidan 2006-yilda e’lon qilingan, «O‘zbekiston Respublikasida 2006–2010-yillarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish xizmat ko‘rsatish sohasi, jumladan, umumiy ovqatlanish sohasini, uning faoliyati, turizm sohasidagi o‘rni va ahamiyati bo‘yicha tadqiqotlar olib borish, soha taraqqiyotining konseptual yo‘nalishlarini ishlab chiqishni taqozo etadi. Shuningdek, xizmat ko‘rsatish sohasi rivoji xalqimiz farovonligining oshishiga bevosita ta’sir qiladi. Umumiy ovqatlanish korxonalari turli xususiyatlariga ko‘ra tavsiflanadi va tasniflanadi. Umumiy ovqatlanish sohasi sub’ektlarini quyidagi 10 ta belgiga ko‘ra tasniflanishi 8.1- jadvalda ko‘rsatilgan.



Download 1,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish