tashrif buyurgan
fuqarolarning soni
|
2005–2013- yillardagi
o‘sish (marta)
|
2005-y
|
2008-y
|
2009-y
|
2012-y
|
2013-y
|
|
MDH mamlakatlari
|
|
Qozog‘iston
|
85466
|
530203
|
864438
|
2461566
|
3107910
|
36,4
|
|
Qirg‘iziston
|
21104
|
161422
|
234407
|
402682
|
407696
|
19,3
|
|
Rossiya
|
30534
|
820366
|
1065471
|
1456311
|
1615579
|
52,9
|
|
Tojikiston
|
93005
|
162002
|
189209
|
442042
|
507854
|
5,5
|
|
Turkmaniston
|
60507
|
166894
|
231375
|
321317
|
222974
|
3,7
|
Uzoq chet el mamlakatlari
|
|
Afg‘oniston
|
4396
|
50823
|
50789
|
51108
|
49559
|
11,3
|
|
Buyuk Britaniya
|
903
|
4475
|
6895
|
5243
|
6578
|
7,3
|
|
Germaniya
|
2549
|
14858
|
22150
|
17358
|
18266
|
7,2
|
|
Isroil
|
699
|
7209
|
7533
|
9519
|
9610
|
13,7
|
|
Hindiston
|
368
|
5397
|
10728
|
36217
|
35031
|
95,2
|
|
Eron
|
3681
|
7163
|
7859
|
8446
|
8518
|
2,3
|
|
Italiya
|
839
|
9398
|
8831
|
7620
|
8919
|
10,6
|
|
Malayziya
|
133
|
6441
|
5966
|
14790
|
13851
|
104,1
|
|
Janubiy Koreya
|
422
|
37957
|
34713
|
65534
|
69198
|
164,0
|
|
AQSH
|
3602
|
5618
|
6461
|
9175
|
10326
|
2,9
|
|
Turkiya
|
7053
|
58461
|
75518
|
114718
|
138874
|
19,7
|
|
Fransiya
|
1635
|
11920
|
12959
|
10790
|
10492
|
6,4
|
|
Yaponiya
|
1317
|
5441
|
5127
|
3751
|
3555
|
2,7
|
Manba:O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasidan olingan ma’lumotlar asosida muallif tamonidan tayyorlangan.
Tashrif buyurgan fuqarolar oqimlarining tarkibiy tuzilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning tahlili bo‘yicha O‘zbekiston uchun ustuvor tashqi turizm xizmat bozorlari MDH mamlakatlaridan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya va Turkmaniston davlatlari hisoblanadi, uzoq mamlakatlardan esa Turkiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Afg‘oniston, Germaniya, Fransiya, Italiya, Malayziya va boshqa mamlakatlarni ko‘rsatish mumkin.
Tadqiqot davrida (2005–2013-yillarda) MDH mamlakatlaridan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya va Turkmaniston davlatlari hisoblanadi, uzoq mamlakatlardan esa Turkiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Afg‘oniston, Germaniya, Fransiya, Italiya, Malayziya va boshqa mamlakatlarni ko‘rsatish mumkin. Tadqiqot davrida (2005–2013-yillarda) MDH mamlakatlaridan O‘zbekistonga fuqarolar tashrifining 2005-yilga nisbatan 2013-yilda miqdoriy o‘sish bo‘yicha Rossiya birinchi o‘rinda bo‘lsa (52,9 martaga), Qozog‘iston (36,4 martaga) va Qirg‘iziston (19,3 martaga) keyingi o‘rinlarni egallaydi.
Turizm sohasi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotining kuchli katalizatori bo‘lib, chet el valyutasi va sarmoyalar oqimini ta’minlaydi, unga yaqin sohalarning tez o‘sishiga ko‘mak beradi, aholi bandligi muammolarini hal etishda yordam beradi va mamlakatning dunyo hamjamiyatidagi obro‘sini oshiradi. Boshqa sohalar bilan qiyoslaganda ancha kam sarf – harajat bilan turizm sohasida katta valyuta miqdori kelib tushishini ta’minlashi mumkin.
20.4.Xalqaro turizm bozori
Xalqaro turizm jahon iqtisodiyotida yuqori daromadli va jadal rivojlanib boruvchi sohalardan hisoblanib, xalqaro ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni mustahkamlashda muhim o‘rin egallamoqda. Oxirgi yillar ichida jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etayotgan bo‘lishiga qaramay, turizm xizmatlari yuqori iste’mol talabi va yetarlicha barqarorligini saqlab qolmoqda.
Jahon amaliyotining ko‘rsatishicha, turizm tarmog‘ining rivojlanishi, yuqori samaradorlikning rag‘batlantirilishi iqtisodiyotning muhim sektorlarini, ya’ni transport, aloqa, qurilish, savdo, qishloq xo‘jaligi, iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish, mashinasozlik va boshqalarning o‘sishiga olib keladi.
Dunyo tajribasiga nazar soladigan bo‘lsak, rivojlangan bozor iqtisodiyoti nafaqat bozorning ishlab chiqarish va tovar almashtirish omillarini, balki turli xil xizmatlar bozorini ham o‘z ichiga oladi. Zamonaviy iqtisodiyotning asosiy harakatga keltiruvchi kuchi xizmat ko‘rsatish sohasi bo‘lib hisoblanadi.
Hozirgi kunda xalqaro turizm jahon iqtisodiyotining yirik yuqori daromad keltiruvchi va barqaror rivojlanib borayotgan tarmoqlaridan biri hisoblanadi. BMTning Butunjahon turizm tashkiloti (BTT) va Xalqaro valyuta fondi ma’lumotlariga qaraganda, turizm industriyasi 2000-yildan boshlab jahonda eksport qilinadigan xizmatlar, tovarlar va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha avtomobilsozlik, kimyo va oziq-ovqat sohalarini ortda qoldirib, yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda. Tarmoqning yillik pul aylanmasi 900 milliard AQSH dollarini tashkil etadi. Ushbu tarmoq dunyo bo‘yicha 195 million kishini ish bilan ta’minlaydi, bu esa, jahon bo‘yicha 8% aholi turizm sohasida ish bilan band bo‘lganini ko‘rsatadi. Har yili 935 milliondan ortiq turistlar dunyo bo‘ylab sayohat qilishadi. Jahon turizm tashkiloti mutaxassislari hisob-kitoblariga ko‘ra, jahon bo‘yicha turistlar oqimi yiliga 4-5 % o‘sishi kuzatilmoqda.
Ichki turizm bozori
Turizm sohasi dunyoning boshqa mamlakatlari singari O‘zbekistan iqtisodiyoti uchun ham muhim soha hisoblanadi. Ushbu soha mamlakat byudjetiga xorijiy valyuta oqimini ta’minlaydi, faqat 2013-yilda sayyohlik xizmatlari eksporti hajmi 615 millon dollardan ziyodni tashkil etdi.48
20.2-jadval
Butunjahon turistik oqimi dinamikasi va turizmdan keladigan valyuta tushumi
Yillar
|
Kelgan turistlar
soni (mln. kishi)
|
Xalqaro turizmdan keladigan tushum (mlrd. $)
|
1995
|
534
|
405
|
1996
|
567
|
436
|
1997
|
593
|
448
|
1998
|
610
|
440
|
1999
|
632
|
455
|
2000
|
678
|
475
|
2001
|
678
|
466
|
2002
|
698
|
485
|
2003
|
689
|
532
|
2004
|
760
|
634
|
2005
|
805
|
680
|
2006
|
851
|
745
|
2007
|
911
|
860
|
2008
|
929
|
944
|
2009
|
894
|
855
|
2010
|
952
|
930
|
2011
|
996
|
1,042
|
2012
|
1,035
|
1,075
|
2013
|
1,087
|
1,4
|
Manba: Butunjahon turizm tashkiloti ma’lumotlari asosida
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, keyingi o‘n yilda jahon turistik oqimi doimiy o‘sish surati kuzatilgan: 2000-yildan 2013-yilgacha turistik tashriflar soni 678 mln.dan 1,087 mln.gacha o‘sgan. Turizm sohasidan olingan daromadlar esa 2000 yilda 475 mlrd.dan 2013-yilda 1,4 trl. dollarni tashkil qilgan. Bu shundan dalolat beradiki, turizm xizmatlar bozorining jahon iqtisodiyotidagi ulushi tobora oshib bormoqda.
20.5.Xalqaro turizm rivojlanishining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri
O‘zbekistonga keluvchi xorijiy turistlarning aksariyati Toshkent-Samarqand-Buxoro-Xiva yo‘nalishi bo‘yicha sayohat qiladilar. Chunki, O‘zbekiston turizm infratuzilmasi aynan shu manzilgohlarda Yaxshiroq rivojlangan hamda Buyuk Ipak yo‘liga taalluqli ko‘pgina ob’ektlar aynan shu joylarda saqlanib qolingan (O‘zbekistonga guruhlarda tashrif buyuruvchi turistlarning aksariyati Buyuk Ipak yo‘li yo‘nalishi doirasi harakatlanadilar).
Shuningdek, Surxondaryo, Qashqadaryo va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham turistlarni jalb etishi mumkin bo‘lgan ko‘plab muhim turistik jozibador manzillar mavjud bo‘lsada, turistik infratuzilmaning rivojlanmagani turistlarni bu yerga kelishiga tusqinlik qilar edi. Bu kabi kamchilarni bartaraf etish maqsadida hukumatimiz tomonidan Qamchiq dovonidan o‘tiluvchi yo‘l qayta ta’mirlandi, Surxondaryoga Samarqanddan va Toshkent shahridan Buxoro va Samarqand shaharlariga turistlarni tashish uchun yangi elektrlashgan temir yo‘l qurildi, bu joylarda ko‘plab turistik mehmonxonalar bunyod etilmoqda.
O‘zbekistonga keluvchi turistik sayohatlarning soni o‘sishiga salbiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan ba’zi hollar bartaraf etib borilmokda:
O‘zbekiston to‘g‘risidagi dastlabki va so‘nggi taassurotlarni qoldiruvchi bojxona xizmati xodimlarining sayohatchilar bilan bo‘lgan muomala madaniyati Yaxshilandi;
mehmonxonalarga tayyorlanayotgan taomlar zamonaviy talablarga javob bera boshladi;
O‘zbekiston ichidagi mehmonxona xizmatlari narxlarining asosiy raqobatchilarimizga nisbatan qimmatligi, transport narxlarining yuqori hollari kamaytirib borilmoqda;
turistik esdalik uchun harid qilinadigan milliy suvenirlarimizning xilma xilligi oshirilib, yo‘qolib ketgan bir qator hunarmandchilik turlari tiklandi va qayta tashkil etildi;
targ‘ibot masalalariga yetarlicha e’tibor berilib, xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston to‘g‘risidagi ma’lumotlarining chegarasi kengaytirib bormoqda, bunda ayniqsa, Germaniya va Italiyalik biznes hamkorlarning vositachiligidan samarali foydalanilmoqda;
turistlar ixtiyoriga taklif etilayotgan tovar va xizmatlarning sifati narxiga moslashtirib borilmoqda.
Yuqorida sanab o‘tilganlarni bartaraf etish bilan birgalikda, ko‘rsatilayotgan turistik xizmatlarning sifatli bo‘lishiga harakat qilinmoqda. Shuningdek, chet ellarda O‘zbekiston turizmini reklama qilishda barcha turistik korxonalarning tashviqot-targ‘ibot ishlari raqobatchilardan farq qiluvchi umumiy mavzu ostida birlashtirilishi O‘zbekistonning xalqaro turizm bozorida o‘z o‘rnini mustahkamroq egallashiga yordam beradi.
Buning uchun o‘zimiz egalik qilayotgan turistik resurslarimizni yana bir bor qaytadan chuqur o‘rganib chiqish, ulardan samarali va barqaror foydalanish yo‘llarini aniqlash va shu asosida Milliy turistik brendni ishlab chiqish shart bo‘lib qolmoqda. Shu sababli, «O‘zbekturizm» Milliy Kompaniyasi tomonidan o‘lkamiz turistik resurslari o‘rganib chiqilib, turistik resurslarimizning maxsus kadastri yaratilmoqda. O‘zbekiston turizmini rivojlantirish uchun xizmat qila oladigan resurslarining anchasi hali ochilmagani katta imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |