17.2.O‘zbekistonda turizm majmuasini boshqarishning tashkiliy tuzilmasi Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Butunjahon turizm tashkiloti tamonidan belgilagan me’yoriy qonunlar asosida o‘zining turizm menejmentini tashkil qilmoqda. Bu o‘rinda xalqaro turizm menejmenti tarkibini keltirish lozim bo‘ladi. Nufuzli boshqaruvga ega bo‘lgan xalqaro turizm tashkilotlari quyidagilardan iborat:
Butunjahon turizm tashkiloti (World Tourism Organization, WTO) – 1975 yilda tuzilgan. Bu tashkilot xalqaro turizm menejmentida BMT tizimidagi eng obro‘li tashkilot hisoblanadi.
Butunjahon turistik agentliklarning federatsiyasi – 1963-yilda tuzilgan.
Fuqarolarning butunjahon aviatsiyasi tashkiloti –1944-yilda tashkil qilingan. 180 ta davlat a’zo. Butunjahon havo transporti assotsiatsiyasi –1944- yilda tuzilgan.
Butunjahon kasbiy ishchanlik turizmi assotsiatsiyasi - 1974- yilda tashkil qilingan.
Koorparativ sayohatlarni tashkil qilish bo‘yicha mutaxassislar assotsiatsiyasi. Bu tashkilotda 29 ta davlatdan 2400 mutaxassis ishlaydi.
Butunjahon turistik assotsiatsiyalar ligasi – 1998- yilda tuzilgan.
Butunjahon mehmonxonalar assotsiatsiyasi – 1946- yilda tuzilgan.
Butunjahon kemping federatsiyasi – 1932- yilda tuzilgan.
10.Turizm bo‘yicha butunjahon ilmiy ekspertlar assotsiatsiyasi – 1951-yilda tuzilgan.
Butunjahon ijtimoiy turizm byurosi – 1963- yilda tuzilgan.
17.3.Turizm sohasi boshqaruvining tarkibi Mamlakatimizda turistik faoliyatni davlat tomonidan boshqarishda turli tamoyillarga amal qilinadi. Davlat turistik faoliyatni O‘zbekiston iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biri sifatida e’tirof etib, turistik faoliyatni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi va uni amalda bajarish uchun qulay sharoitlar yaratadi; ahamiyatli yo‘nalishlarni aniqlab, ularni rag‘batlantiradi; xorijda O‘zbekistonning turizm uchun qulay mamlakat sifatidagi nufuzini shakllantiradi hamda uni xalqaro maydonda reklama qiladi; shuningdek, o‘zbek turistlari, turoperatorlari va turagentlarining faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi.
Turizm majmuasining boshqaruv tizimini tashkil etishning mikroiqtisodiyot darajasida ish yuritayotgan turli mulk shakliga ega bo‘lgan tashkilotlar, korxonalar va «O‘zbekturizm» Milliy Kompaniyasining viloyatlardagi mintaqaviy bo‘limlari va byurolari faoliyat yuritmoqda. O‘zbekistonda 550 ta sayyohlik kompaniyasi-turoperatorlari faoliyat yuritmoqda. Bugungi kunda turizm sohasida 200 mingdan ortiq kishi mehnat qilmoqda42. Demak, o‘rtacha olganda har bir turistik firmada 3,6 kishi mehnat qilmoqda.