O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi Urganch Davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti



Download 4,18 Mb.
bet4/8
Sana23.07.2022
Hajmi4,18 Mb.
#844245
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi 2

2.2. Mavzu bo`yicha umumiy ma`lumot
Yogʻoch materiallar — tabiiy yogʻochdan tayerlanadigan taxta, hari, xoda va b.; tabiiy yogʻochga bogʻlovchi moddalar (sintetik smolalar) shimdirib va yukrri tralarda bosim ostida ishlov berib, yelimlab olinadigan qurilish, mebelsozlik, kemasozlik materiallari. Tayyorlanish usuliga koʻra tilingan va tilinmagan, presslangan, modda shimdirilgan, qatlamqatlam qilib yelimlab yopishtirilgan yogʻochlarga, yogʻoch plastika va plitalarga boʻlinadi. Tabiiy Yo. m. — hari, xoda, gʻoʻla; yoʻnilgan, yorilgan materiallar, tilingan (taxta), payraha, faner, qipiq va b. materiallar. Modda shimdirilgan Yo. m. — antiseptik vositalar va yogʻoch smolasi shimdirilgan materiallar. Presslangan Yo. m. — tolaning koʻndalang yoʻnalishi boʻyicha ZOMN/m2 (300 kg . kuch/ sm2) bosim ostida va 100—250° trada qizdirib bir tomonlama, ikki tomonlama va kontur boʻyicha zichlab olinadigan materiallar. Bunday Yo. m.ning zichligi 1200–1450 kg/m3 boʻladi. Yelimlangan Yo. m. — fizikmexanik xossalari deyarli bir xil boʻlgan yogʻoch qatlamlarini birbiriga yopishtirib (yelimlab va presslab) olinadigan kalin, uzun va enli materiallar. Qatlamqatlam Yo. m. — shpon yoki randalangan fanerlarni sintetik smola yoki oqsil yelim bilan yopishtirib olinadigan material. Plastik Yo. m. — payraha, qipiq, maydalangan yogʻoch va b. organik yoki mineral bogʻlovchilar (10—30%) dan tayerlanadigan plitalar, yogʻoch plastika, fibroplitalar va b. Yogʻoch tolali plitalar yogʻoch massasidan presslab tayyorlanadi. Yo. m.dan qogʻozsellyuloza tayyorlash va kimyoviy mahsulotlar i. ch.da ham foydalaniladi. Yo. m. qurilish, kemasozlik va mebelsozlikda hamda yoqilgʻi sifatida ishlatiladi. Tabiiy Yo. m. daraxt tanasidan olinadi. Daraxt tanasi oʻzak, yogʻochlik, tola va poʻstloqdan iborat. Ayrim daraxtlarning faqat poʻstloq va oʻzak qismi ishlatiladi. Oʻzbekistonda Yo. m. tol, yongʻoq, tut, archa, terak, qayragʻochdan tayyorlanadi. Qayragʻoch yogʻochidan arava gʻildiragi va oʻqlari qam yasaladi
Tana qismidaraxtning yog’och materiali yetkazib beradigan asosiy qismi bo’lib, ko’ndalang qismida quyidagi asosiy elementlardan tashkil topadi:
a) Po’stloqning tashqi qatlami po’kki qatlam deb ataladigan qattiq qatlamdan iborat bo’lib, uning asosiy vazifasi daraxt tanasini har xil tashqi ta’sirlardan saqlashdan iborat. Lekin uning ba’zi turlaridan po’kak va issiq to’suvchi materiallar ishlab chiqarishda (eman), terini dudlovchi moddalar olishda (eman, tol, oq qayin) va har qanday daraxt po’stlog’idan rang va sunhiy yog’och materiallari olishda xom-ashyo sifatida foydalanish mumkin;
b) Lub qatlami po’stloqning ichki qismi hisoblanadi. U xom ashyo (material) sifatida ahamiyatga ega bo’lsmasada daraxtning vena qon tomirlari hisoblanadi, ya’ni daraxt barglari fotosintez yordamida havodan olgan ozuqali moddalarni ildizlarigacha yetkazib berishga xizmat qiladi;
v) Kambiy — lub va yog’ochlik orasidagi mayin va shirali qatlam bo’lib, tirik xujayralar zavodi hisoblanadi. U lub va o’zak nurlari orqali oziqlanib po’stloq va yog’ochlikning o’sishi uchun zarur bo’lgan xujayralarni yetkazib beradi;
g) Po’stloq osti (zabolon) qismi yog’ochlikning hali o’sishdan to’xtamagan qismi bo’lib, har yili kambiy yetkazib bergan xujayralar hisobiga ma’lum miqdorga “semirib” yillik xalqa hosil qiladi. Yillik xalqa chegarasini bahordagi yirik va yoz — kuz davridagi mayda xujayralar rangidagi farq hosil qiladi;
d) Mag’iz (yadro) yog’ochlikning o’sishdan to’xtagan qismi bo’lib, yillik xalqalarning zichligi va qattiqligining ortib borishi natijasida hosil bo’ladi. Odatda uning rangi po’stloq osti qismidan to’qroq bo’ladi.
Bunday daraxtlarni mag’izlik deb atalib, ularga qarag’ay (sosna), tilog’och (listvennitsa), kedr kabi igna bargli va eman (dub), shumtol (yaseng’), elma (ilm), bujun (vyaz) qayrag’och, yong’oq, chinor (platan), terak, tol va olma kabi yirik bargli daraxtlar kiradi.
Ba’zi daraxtlarda o’sishi to’xtagan xujayralar ya’ni mag’iz bo’lmaydi. Bunday daraxtlarni mag’izsiz yoki po’stloq osti qatlamlik deb atalalib, ularga qora qarag’ay (el), oq qarag’ay (pixta), oq qayin (beryoza), qora qayin (buk) jo’ka (lipa), qandag’och (olxa), grab, zarang (klen), nok, shamshod (samshit), xurmo daraxtlarini misol qilib ko’rsatish mumkin.
Agar yog’ochlik mag’izi bilan po’stloq osti qatlami bir xil rangda bo’lsa, bunday yog’ochni pishgan (yetilgan) deb hisoblanadi. Bunday yog’ochlik daraxtlarga igna bargli qora qarag’ay (yel) va oq qarag’ay (pixta), yirik bargli tog’ teragi (osina) va qora qayin (buk) kiradi.
e) O’zak ko’ndalang qirqimning o’rtasida joylashgan to’q rangli doira shaklida bo’lib, odatda uning diametri 2-5mm bo’ladi. Asosiy vazifasi: lub qatlami keltirgan ozuqa moddalarni daraxt tanasiga bir tekisda tarqatib berish (o’zak nurlari yordamida).
Yog’och olishda ishlatiladigan daraxtlar qattiqligiga ko’ra 3 turga bo’linadi:
1. yumshoq(qarag’ay-sosna, oq qarag’ay-pixta, qora qarag’ay-yel, kedr, terak-topol, tog’ teragi-osina, jo’ka-lipa);
2. qattiq(oq qayin-beryeza, qora qayin-buk, tilog’och-listvennitsa);
3. o’ta qattiq(nok-grusha, qayrag’och, yong’oq-orex, oq akatsiya, shamshod-samshit, grab, pista).
Igna bargli daraxtlar, turlari, yog’ochligi, xossalari, ishlatilishi
Igna bargli daraxtlarga qarag’ay (sosna), qora qarag’ay (yel), oq qarag’ay (pixta), tilog’och (listvennitsa) va kedr daraxtlari kiradi.
Qarag’ay — yillik xalqalari yaqqol ko’rinadi, chunki kechki (yozgi-kuzgi) yog’ochlik qizg’ish-qo’ng’ir tusda, ertangisi (bahorgi) esa oqish (och) rangda bo’ladi. Po’stlog’i pastda qalin va yorilgan bo’lib, to’q qo’ng’ir rangda, yuqori qismida esa silliq tillorang bo’ladi. Po’stloq osti qatlami sarg’ish-oq rangda bo’lib qalinligi 20-80 yillik qatlamga teng bo’ladi. Yadrosi esa pushtidan qizil-qo’ng’ir ranggacha bo’ladi. Fizik-mexanik xossalari juda yuqori, qurilishda, ko’priksozlikda, kemasozlikda, vagonsozlikda, mashinasozlikda va samolyotsozlikda hamda mebel sanoatida keng ishlatiladi.
Qora qarag’ay– po’stlog’i nisbatan yupqa, qo’ng’ir tusda va yorilgan bo’ladi. Yog’ochi mag’izsiz, pushti yoki sarg’ish oq rangda, ozgina skipidar hidi keladi. Fizik-mexanik xossalari (mustahkamlik, qattiqlik, zichlik) qarag’aydan pastroq, lekin sifati yuqoriroq, butoqlari silliq va qattiq. Yutug’i: tuzilishi bir xil, oq rangini uzoq saqlaydi, yelimi kam, rezonans xususiyati yuqori. Shuning uchun yuqorida ko’rsatilgan (qarag’ay uchun) sohalardan tashqari musiqa asboblari yasashda ham ishlatiladi.
Oq qarag’ay — po’stlog’i yupqa va silliq bo’lib, kulran bo’ladi. Yillik xalqalari yaxshi ko’rinadi. Po’stlog’idan kuchli va yoqimli hid taraladi. Lekin yog’ochida hid bo’lmaydi. Yog’ochining fizik-mezanik xossalari (mustahkamlik, qattiqlik, zichlik) qora qarag’aydan ham (15-50%) past, asosan qog’oz va tara tayyorlashda ishlatiladi.
Tilog’och — po’stlog’i qalin, qo’ng’ir-zang tusda bo’lib, ko’p joyida yoriq bo’ladi. Yog’ochining mag’izi qizil-qo’ng’ir rangda, po’stloq osti qatlami esa yupqa (20 yillik qatlamgacha) va qo’ng’ir oq rangda bo’ladi. Skipidar hidi kelib turadi. Yog’ochining zichligi va mustahkamligi qarag’aydan 30% yuqori, butoqlari kam va chirishga chidamli. Yelimning ko’pligi va qattiqligi ishlov berishni qiyinlashtiradi. Yorilishga moyil. Qurilishda, yer osti inshootlarida, vagonsozlikda, mebel va parket ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Kedr — po’stlog’i nisbatan qalin va yorilgan bo’lib, qo’ng’ir rangda bo’ladi. Yog’ochi mag’izlik, mag’iz rangi qo’ng’ir-pushtidan sarg’ish-qizilgacha. Po’stloq osti qatlami esa pushtisimon-oq rangda (40 yillik qatlamgacha) va qalin bo’ladi. Yog’ochi yengil, yumshoq, oson ishlov beriladi. Mexanik xossalari qora va oq qarag’ay orasida bo’lsada, chirishga chidamliligi ulardan yuqori, rangi va teksturasi chiroyli. Qalam ishlab chiqarishda, duradgorlikda va mebelsozlikda ishlatiladi.
Yirik bargli daraxtlar yog’ochligi, xossalari, ishlatilishi va turlari
Bu guruh daraxtlarining o’zi yillik xalqalarining ko’rinish ko’rinmasligi va ozuqa yo’llarining joylashishiga qarab 2 ta guruhga bo’linadi:
1.Yillik xalqalari yaxshi ko’rinadigan va ozuqa yo’llari xalqa bo’ylab joylashgan daraxtlarga eman (dub), shumtol (yasen), elma (ilm), bujun (vyaz) kabilar kiradi.
Emandaraxtining po’stlog’i yuqori qismida oynavand va silliq, pastida esa to’q kulrang, dag’al va qalin bo’lib, katta-katta yorilgan bo’ladi. Yog’ochligi mag’izlik bo’lib, mag’iz rangi sarg’ish-jigarrang yoki to’qroq – qo’ng’ir bo’ladi. Po’stloq osti qismi esa nisbatan yupqa och sariq rangda, mag’izdan yaqqol ajralib turadi. Yog’ochining mustahkamligi va qattiqligi yuqori, chirishga chidamli, egila oladigan, teksturasi chiroyli, duradgorlik va mebelg’sozlikda, faner va parket ishlab chiqarishda, vagon, kema va mashinasozlikda ishlatiladi.
Shumtol ning po’stlog’i bo’ylamaga yorilgan, to’q kulrang bo’ladi. Yog’ochlikning mag’iz qismi och qo’ng’ir, po’stloq osti qatlami esa qalin bo’lib, rangi oqish-sariq bo’ladi. Yog’ochining mustahkamligi va qayishqoqligi yuqori bo’lib, yaxshi egiladi, yorilmaydi va tabiiy guli emanga o’xshab ketadi. Egilishga qarshiligi va zarbiy qovushqoqligi emandan ham 15% yuqori. Sport anjomlari ishlab chiqarishda, kema, vagon, samolyot sozlikda, avtomobil sozlikda va mebelg’sozlikda faner (shpon) ishlab chiqarishda qo’llaniladi.
2.Yillik xalqalari yaxshi ko’rinmaydigan, ozuqa yo’llari xalqasimon joylashmasdan yuza bo’ylab bir tekis joylashadigan daraxtlarga oq qayin (beryoza) qora qayin (buk), grab, shamshod (samshit), zarang (klen), jo’ka (lipa), qandag’och (ol’xa) va tog’ teragi (osina) kabilar kiritiladi.
Oq qayindaraxtining po’stlog’i oqish, yupqaroq, keksayganda qatlam-qatlam bo’lib yoriladi. Yog’ochligi mag’izsiz bo’lib, rangi qizg’ish yoki sarg’ish aralash oq. Qattiq, zarbiy mustahkamligi yuqori, chirishga chidamsiz, ishlov berish qiyin, yaxshi pardozlanadi va bo’yoqni yaxshi oladi. Shpon, faner, DSP, chang’i (lija) va mebel ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Qoraqayinyog’ochi yosh daraxtlarda qizg’ish-oq rangda, qarilarida esa qo’ng’ir-jigarrangda bo’ladi. Mag’izsiz, pishgan yog’ochlik hisoblanadi. Yog’ochining mustahkamligi yuqori, tabiiy guli chiroyli lekin chirishga chidamsiz, yaxshi egiladi. Mebel, shpon, parket ishlab chiqarishda va musiqa asboblari, sport anjomlari, poyafzal andozalari, juva, non taxta, randa va yog’och idish tovoqlar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Zarangdaraxti ham mag’izsiz lekin po’stloq osti qatlamli (zabolonnoye) hisoblanadi. Yog’ochining rangi sariq yoki qizg’ish aralash oq rangda bo’lib, yillik xalqalari nisbatan yaxshi ko’rinadi. Yog’ochining mexanik xossalari emandan yuqori, yaxshi pardozlanadi, tabiiy guli juda chiroyli, randalangan faner, qimmatbaho mebel tayyorlashda va mashinasozlikda ishlatiladi.
Jo’kadaraxtining po’sti qalin bo’lib, yog’ochligi mag’izsiz. Oq yoki pushti aralash oq rangda bo’ladi. Yog’ochining xossalari yuqori emas, yumshoq va yengil, bir jinsli, yaxshi tilinadi, kam yoriladi, chizma taxtalari, quymakorlik modellari, yog’och idishlar, qalam, o’ymakorlik buyumlari, o’yinchoqlar tayyorlanadi.
Qandag’ochpo’stlog’i qalin, qoramtir tusda bo’lib, yog’ochligi mag’izsiz oq rangda lekin ochiq havoda tezda qizarib qizg’ish-qo’ng’ir tusga kiradi (qurigandan so’ng). Yog’ochi yumshoq, yengil, oson ishlanadi, namga chidamli, bo’yoqni yaxshi oladi. Unga qizil yog’och, yong’oq va zarangga o’xshatib ishlov berish oson, lekin tez qurt yeydi, arzon mebellar, faner va taralar tayyorlanadi.
Tog’ teraginingpo’stlog’i sarg’imtir, nisbatan yupqa bo’ladi. Yog’ochligi mag’izsiz, oq rangda, lekin vaqt o’tishi bilan qizg’ish yoki yashilsimon rang oladi. Yumshoq va yengil namga chidamsiz. Undan faner, gugurt cho’plari, qutilar, tokarlik buyumlari, oddiy va arzon mebellar tayyorlanadi.
Mahalliy daraxtlar, turlari, yog’ochligi, xossalari, ishlatilishi
Mamlakatimizning tog’lik o’lkalarida igna bargli daraxtlarning ham ko’p turlari bo’lsada, xalq xo’jaligiga yog’ochlik yetkazib berishda ma’lum ahamiyat kasb etgan quyidagi daraxtlarni mahalliy daraxtlar ro’yxatiga kiritish to’g’riroq bo’ladi: mirza terak (topol piramidalniy), baqa terak (cherniy topol), yong’oq (orex), chinor (platan), nok (grusha), tol (iva), qayrag’och va h.k..
Mirza terakningpo’stlog’i sarg’ish, silliq. Tanasi to’g’ri, yaxshi xoda beradi. Yog’ochligi mag’izsiz, oqish tusli, yengil va yumshoq, namga chidamsiz, oson qurt tushadi, qurilish va duradgorlik materiali sifatida ishlatiladi.
Baqa terakpo’stlog’i oq ko’kish rangli, silliq. To’g’ri xoda bermaydi, yog’ochligi mag’izsiz, oqish tusli, pishiq-puxta, ishlov berish ancha qiyin, qurilishda va duradgorlik buyumlari tayyorlashda ishlatiladi.
Yong’oq ning po’stlog’i ko’kimtir, qalin va silliq. Yog’ochligi mag’izlik bo’lib, kulranga o’xshash to’q jigarrangda, puxta pishiq, qattiq, ishlash qiyin, tabiiy guli chiroyli, yaxshi pardozlanadi, faner (shpon), qimmatbaxo mebellar va o’ymakorlik buyumlari tayyorlashda, pardozlash (qoplash) ishlarida foydalaniladi.
Chinor ning yog’ochligi ham mag’izlik bo’lib, qizg’ish-qo’ng’ir tusda, po’stlog’i esa qizg’ish-sariq tusda, silliq va yupqa bo’ladi. Yog’ochi pishiq, puxta, qattiq, ishlov berish qiyin, tabiiy guli chiroyli, yaxshi pardozlanadi. Randalangan faner, parket va qimmatbaho mebel tayyorlash mumkin.
Nok ning po’stlog’i qoramtir, nisbatan qalin. Yog’ochligi mag’izsiz, qizg’ish-qo’ng’ir yoki pushti ranglarda bo’lib, qattiq va mo’rt, tabiiy guli juda chiroyli, faner va mebel tayyorlashda, pardozlash ishlarida ishlatiladi.
Tolning po’stlog’i qalin. Qizg’ish-kulrang, yog’ochligi mustahkam, egiluvchan va yumshoq, mag’izsiz, sarg’ish oq rangda. Vaqt o’tishi bilan qizg’ish-sariq ranga kiradi. Qurilishda kam ishlatiladi, asosan ikkinchi darajali duradgorlik buyumlari va yog’och idishlar tayyorlanadi.
Qayrag’och ning po’stlog’i chuqur yoriqli, to’q kulrang-qo’ng’ir tusda. Yog’ochi mag’izlik. Mag’iz qizg’ish qo’ng’ir tusda, po’stloq ostining rangi esa sarg’ish-oq bo’lib, mag’izdan yaqqol ajralib turadi, tuzilishi emannikiga o’xshab ketadi, lekin o’ta-qattiq va pishiq-puxta egiluvchan, ishlov berish qiyin. Yog’och vintlar va mixlar, tirnoqlar, har xil dastalar, g’ildirak kegaylari va gupchaklar, faner va shpon tayyorlanadi.
Yog`ochning mexanikaviy xossalari uning tashqi kuchlar (nagruzkalar) ta‘siriga qarshilik ko`rsatish xususiyatini xarakterlaydi. Kuchlar ta‘sir etish xarakteri bo`yicha statik, dinamnk, vibratsion va uzoq vaqt ta‘sir etadigan nagruzkalarga ajratiladi. Asta- - 55 - sekin va bir tekisda ortib boradigan nagruzkalar statik nagruzkalar deb ataladi. Dinamik yoki zarbiy nagruzkalar jismga birdaniga va zarb bilan ta‘sir etadi. Qattaligi va yo`nalishi o`zgarib turadigan nagruzkalar vibratsion nagruzkalar deb ataladi. Uzok muddatli nagruzkalar uzoq vaqt ta‘sir etib turadi. Tashqi kuchlar ta‘siri ostida, yog`ochning ayrim zarralari orasidagi bog`lanish buziladi va uning shakli o`zgaradi. Yog`och tashqi nagruzkalarga qarshilik ko`rsatganligi uchun yog`ochda ichki kuchlar vujudga keladi: agar bu kuchlarni qirqim maydoni birligiga bo`lsak, kuchlanish kelib chiqadi. Kuchlanish kvadrat santimetrga kilogrammlarda ifodalanadi (kgk/sm2). Deformatsiya deb tashqi kuchlar ta‘siri ostida yog`ochning shakli va o`lchamlarining o`zgarishiga aytiladi. Kuch olinishi bilan yo`qoladigan deformatsiya elastik deformatsiya, nagruzka olinganidan keyin ham saqlanib qoladigan deformatsiya qoldiq deformatsiya deyiladi. Yog`ochning mexanikaviy xossalariga mustahkamligi, qattiqligi, deformatsiyalanishi, zarbiy qovushoqligi kiradi. Yog`ochning mustahkamligi Nagruzkalar va boshqa faktorlar ta‘sirida vujudga keladigan kuchlanishlar ta‘siridan yemirilishga materialning qarshilik ko`rsatish xususiyati mustahkamlik deb ataladi. Yog`ochning mustahkamligi ta‘sir etuvchi nagruzka yo`nalishiga, yog`ochning turiga, zichligiga, namligiga va x. k. ga bog`liq. Yog`ochning mustahkamlik chegarasi laboratoriyalarda uncha katta bo`lmagan namunalarda aniqlanadi. Sinash usullari, shuningdek, sinaladigan namunalarning shakli va o`lchamlari GOST larda ko`rsatilgan. Yog`ochning mustahkamligiga hujayra qobiqlaridagi bog`langan namlikkina jiddiy ta‘sir ko`rsatadi. Bog`langan namlik ortishi bilan yog`ochning mustahkamligi pasayadi (ayniqsa 20 – 25% namlikda). Namlikning gigroskopiklik chegarasidan (30% dan) ortishi yog`ochning mustahkamligiga ta‘sir etmaydi. Mustahkamlik chegarasi ko`rsatkichlarini faqat bir xil namlikdagi yog`ochlardagina solishtirish mumkin. Yog`ochning mexanikaviy xossalari ko`rsatkichlari, namlikdan tashqari nagruzkaning ta‘siri hamda davomiyligiga ham bog`liq. Shu sababdan yog`ochni sinash vaqtida har bir sinov uchun belgilangan nagruzka berish tezligiga amal qilinadi. Mexanikaviy kuchlar ta‘siriga ko`ra, yog`ochning mustahkamligi cho`zilishga, siqilishga, egilishga, yorilishga mustahkamlikka ajratiladi. CHo`zilishdagi mustahkamlik chegarasi. Tolalar bo`yicha cho`zilishdagi mustahkamlik chegarasining o`rtacha kattaligi hamma daraxt turlari uchun 1300 kgk/sm2 ni tashkil etadi. Tolalar bo`yicha cho`zilishdagi mustahkamlik yog`och - 56 - tuzilishiga katta ta‘sir ko`rsatadi. Tolalarning to`g`ri joylashishdan bir oz bo`lsa xam og`ishi mustahkamlikni pasaytiradi. Yog`ochning tolalarga ko`ndalang cho`zilishdagi mustahkamligi juda kichik bo`lib, tolalar bo`yicha cho`zilish mustahkamlik chegarasining taxminan 1/20 qismiga, ya‘ni 65 kgk/sm2 ga to`g`ri keladi. Shuning uchun tolalariga ko`ndalang cho`zilishga ishlaydigan detallar yog`ochdan tayyorlanmaydi. Yog`ochning tolalarga ko`ndalang mustahkamligi yog`ochni kesib ishlash va quritish rejimlarini ishlab chiqishda katta ahamiyatga ega. Yog`ochning siqilishga chidamlilik chegarasi. Siqish tolalar bo`yicha va ko`ndalang siqilishga farq qilinadi. Tolalar bo`yicha siqilishdagi deformatsiya namuna bo`yining bir oz qisqarishida namoyon bo`ladi. Siqilishdagi yemirilish nam namunalarda ayrim tolalarning bo`ylama egilishidan boshlanadi va yumshoq hamda qovushoq yog`och turlari namunalarida toreslari ezilishi hamda yonlarining shishishida, quruq va qattiq yog`och turlarida namuna bir qismining ikkinchi qismiga nisbatan surilishida namoyon bo`ladi. Tolalar bo`yicha siqilishda yog`ochning siqilishga mustahkamlik chegarasining o`rtacha kattaligi hamma tur yog`ochlar uchun 500 kgk/sm2 ni tashkil qiladi. Tolalarga ko`ndalang siqilishida yog`ochning mustahkamligi tolalar bo`yicha siqilishga nisbatan taxminan 8 marta kam. Tolalarga ko`ndalang siqilishda yog`ochning yemirilish momentini aniq belgilash va yemiruvchi kuch kattaligini aniqlash qiyin.
Yog`ochning texnologik xossalari Yog`ochning metall mahkamlagichlarni ushlab turish xususiyati, Mixlarni yog`och tolalariga perpendikulyar qoqqanda, ular tolalarni qisman qirqadi, qisman egadi, yog`och tolalari suriladi va mixning yon sirtlarini siqadi, bu ishqalanish kuchi mixni yog`ochda ushlab turadi. Yog`ochni sinashda berilgan o`lchamdagi mix yoki shurupni sug`urib olish uchun kerak bo`ladigan kuch kgk da yoki solishtirma kuch kgk/sm2 da aniqlanadi. Sug`urib olishga qarshilik kattaligi tolalarga nisbatan yo`nalishga, yog`ochning turi va zichligiga bog`liq, yog`ochning toresiga qoqilgan mixni sug`urib olish uchun tolalarga ko`ndalang qoqilgan mixni sug`urib olishga karaganda kam (10—50%) kuch kerak bo`ladi. Yog`och qancha zich bo`lsa, mix yoki shurupni sug`urib olganda shuncha ko`p qarshilik ko`rsatadi. Masalan, zichligi 800 kg/m3 bo`lgan grab yog`ochiga mix qoqish va sug`urib olish uchun zichliti 500 kg/m3 bo`lgan qarag`ay yog`ochiga nisbatan to`rt marta katta kuch kerak bo`ladi. Nam yog`ochga mix qoqish oson, biroq yog`och quriganidan keyin mixni ushlab turish susayadi. Yog`ochlardan shurupni sug`urib olishga qarshilik mixga nisbatan ikki marta ortiq bo`ladi. - 57 - Yog`ochning mix va shurupni sug`urib olishga ko`rsatadigan qarshiligi GOST 13395 – 67 ga muvofiq aniqlanadi. Yog`ochning egilishga chidamlilik xossasi. Yog`ochning egilishga chidamliligi quyidagicha sinaladi. O`lchamlari 10x30x500 mm bo`lgan bruscha shaklidati yog`och namunasi almashtiriladigan andazalarda ketma-ket egiladi; andazaning dastlabki radiusi 50 sm va namuna andazaning qavariq sirtiga tekkuncha egiladi. Keyin namuna qavariq tomonining radiusi 45 sm bo`lgan andazada egiladi. Keyin andaza radiusining kattaligi namunalarda yemirilish (sinish, bukilish) belgilari paydo bo`lguncha kamaytira boriladi. Namunada yemirilish boshlangan andaza radiusi yog`ochning egilishga chidamlilik xossasini xarakterlaydi, Yaproqli halqasimon naychali daraxt (eman, shumtol) va tarqoq nayli (qayin) daraxtlar yog`ochi eng ko`p egiladi. Nina bargli daraxt yog`ochi ko`p egilmaydi. Nam yog`och quruq yog`ochga nisbatan ko`proq egiladi. Yog`ochning yeyilishga chidamliligi. Yog`ochning yeyilishga chidamliligi uning ishqalanish jarayonida yeyilishga (siyqalanishga) qarshilik ko`rsatish xossasi bilan xarakterlanadi. Sinash usulida (GOST 14347 – 69) pollar va to`shamalarda haqiqiy yemirilish sharoitlari yaratilib sinaladi. Bunday sinashlar uchun yog`ochning ilgarilama-qaytma harakat qilishi bilan bir vaqtda namunaning buriladigan yemirilishini ham ta‘minlaydigan maxsus mashinadan foydalaniladi. Yog`och tores tekisligiga nisbatan yon sirtida ko`proq yediriladi. Yog`ochning qattiqligi va zichligi ortishi bilan yeyilishi kamayadi. Nam yog`och ko`p yeyiladi. Yog`ochning yoriluvchanligi. Yoriluvchanlik deganda yog`ochning kuch ta‘sirida tolalari bo`ylab darz ketish xossasi tushuniladi. Yog`ochning yorilishi kuchning ta‘sir etishi va xarakteriga ko`ra tolalarga ko`ndalang cho`zilishni eslatadi hamda yog`och uzunligi bo`yicha tolalarning bo`sh birikishi kabi tushuntiriladi. Yog`ochning bu xususiyati amaliy ahamiyatga ega, chunki bir qator yog`ochlarning sortimenti (bochka taxtasi, gardish, kegay, rezgi taxta) yorib tayyorlanadi. Sinash uchun kir kisqichga o`xshash namunadan foydalaniladi. Yog`och radil va tangensial tekisliklarda yorilishi mumkin. Yaproqli daraxt turlarida radial tekislik bo`yicha yorilishga qarshilik tangensialga nisbatan kamroq. Bunga sabab (eman, shamshod, grabdagi) o`zak nurlarining ta‘siridir. Nina bargli daraxtlarda, aksincha, radial tekislikka qaraganda tangensial tekislikda yorilish qiyinroq. Nina bargli daraxt turlarida tangensial tekislikda yorilganda ajralish mustahkamligi kech yetilgan yog`ochlik mustahkamligidan ancha kichik bo`lgan erta yetilgan yog`ochlikdan boshlanadi. - 58 - Hozirgi vaqtda yorib sinash o`z mohiyatini yo`qotmoqda, chunki yorilgan sortimentlarning ko`p qismi arralash bilan almashtirilmoqda. Yog`ochning yorilish xususiyatini yog`och elementlari mix, bolt va hokazolar bilan biriktirishda xisobga olish kerak. Yog`ochning yorilishga qarshiligi GOST 16483. 22 – 73 ga binoan aniqlanadi. Hozirgi vaqtda qishloq xo`jaligi va sanoatning barcha tarmoqlarida xomashyo, yarim tayyor mahsulot sifatida yog`ochning roli kundan-kunga oshib bormoqda. Yog`ochdan asosan tabiiy yoki qayta ishlangan holda foydalaniladi. Shu bilan ayrim turli-tuman buyumlarning asosi yog`och hisoblanadi. Xalq xo`jaligida ishlatilish hajmi va turli-tumanligi bilan yog`och boshqa materiallarga nisbatan ko`proq ishlatiladi. Yog`och deganda, biz arralab yiqitilgan va ildiz hamda shoxshabbalardan tozalangan daraxt tanasini tushunamiz. Yog`ochdan qurilishda rom, eshik, pollar qurishda keng foydalaniladi. Undan shuningdek, mebel, idishlar, shpallar, sport inventari ko`prik va kemalarning elementlari, musiqa asboblari va hokazolar yasashda foydalaniladi. Tabiiy va presslangan yog`ochdan mashinasozlikda foydalaniladi. U kon sanoatida mahkamlash materiali sifatida ishlatiladi. Yog`och sellyuloza-qog`oz sanoatida, oziq achitqilari olishda, kord (shina sanoatida), viskoza tolasi (to`qimachilik sanoatida), furfurol (plastmassa, sintetik tolalar) ishlab chiqarishda asosiy xomashyo bo`lib xizmat qiladi. Respublikamizda mavjud bo`lgan tabiiy va sun‘iy o`rmonzorlar yog`ochninig qimmatbaho xomashyo bazasi hisoblanadi. Shuning bilan birgalikda yog`ochning bir qismi chetdan, masalan, Rossiyadan keltirilardi. Yog`ochning ko`p ishlatilishiga sabab, uning yuqori fizika-kimyoviy xossalari, yaxshi ishlanuvchanligi, shuningdek, kimyoviy va mexanikaviy ishlov berish yo`li bilan yog`ochning ayrim xossalarini samarali o`zgartirishning usullari mavjudligidir. Yog`och oson ishlanadi va issiqlik o`tkazuvchanligi past, yetarli darajada mustahkam, zarba hamda tebranish nagruzkalariga yaxshi qarshilik ko`rsatadi. Yog`och quruq sharoitda uzoq vaqt chidaydi, shu bilan birgalikda yog`ochning kamchiliklari ham mavjud, u yonadi, chiriydi, hashorat va zamburug`lar ta‘sirida yemiriladi. Gikroskopligi sababli shishadi va quriydi egiladi va yoriladi. Yog`ochdan buyumlar tayyorlashda yelimlar, lak, bo`yoqlar, pardozlash plyonkalari, plasmassalar va boshqa materiallardan ham foydalaniladi. Yog`ochning xossalari hisobga olingan holda undan qishloq xo`jaligi va sanoatning turli sohalarida foydalaniladi



Download 4,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish