Mikroblarga rentgen nurlarining ta’siri. 1898-yilda ular ta‘sirida ichak tayoqchasi tillarang stafilokokk, vabo vibirioni va boshqa mikroblarni o‘ldirishga muvoffaq bo‘lgandan beri ma‘lum. Nurlanishga yosh hujayralar ayniqsa bo‘linish va rivojlanish davrida ko‘proq ta‘sirchandir. Nurlanishning bakterisid ta‘siridan amalda ko‘p foydaniladi. Bakterisid, kvars lampalarining ultrabinafsha nurlari ta‘sirida boks, operasiya xonalari havosini sterillash uchun qo‘llaniladi (2-3 soat yoqiladi). Hozirgi vaqtda ionli radiasiya ta‘sir ettirilgan har xil radio vaksinalar ishlatilmoqda.
Mikroblarga elektor tokining ta’siri. Doimiy va o‘zgaruvchan elektor quvvati mikroblarga uncha kuchli ta‘sir qilmaydi. Yuqori to‘lqinli elektor toki mikroblarni o‘ldiradi. Bunda hujayra molekulalari tebranish natijasida mikrob o‘ladi.
Mikroorganizmlarga magnit maydonining ta’siri. Mikroblarda ham boshqa tirik mavjudotlar kabi magnitotropizm aniqlangan. Mikroblar geomagnit maydonining har qanday quvvatiga sezuvchan bo‘ladi. Bu esa mikroblarning morfologik, kultural va biokimyoviy xususiyatlarini o‘zgarishiga olib keladi. Hujayralar hajmi kattalashadi, uzun iplar hosil qiladi, zich oziqa muhitlarda pigmentsiz koloniyalar hosil qiladi (stafilokokk, ajoyib tayoqcha). Ba‘zan modda almashinuvi, virulentik o‘zgaradi antibiotiklarga chidamliligi ortadi va h. k
Mikroblarga silkinishning ta’siri. Silkinish ta‘siri ko‘pincha bakteriyalarni o‘ldiradi (faqat viruslarni emas).
Mikroblarga muallaqlik ta’siri. Biz bilamizki kosmosda makroorganzmlar muallaqlikni asosan o‘zgarishsiz o‘tkazadi. Bac subtilis kulturasi (sporasi) bir xil oziq muhiti va haroratda «Solyut-6» orbital stansiyasiga nisbatan yerda 30% tez rivojlanishi aniqlangan. Bunda yerning tortishishi koloniyada hujayraning aralashishiga olib keladi, metobolizm sharoitlarini yaxshilaydi deb taxmin qilinadi, Holbuki kosmosda bunday sharoit yo‘q.
Savollar: Kardinal nuqtalar dеganda nimani tushunasiz?
Harorat minimum, maksimumi va optimumi nima?
Pastеrizasiyalash nima?
Stеrilizasiyalash nima?
Mikroorganizmlarga namlikning ta’siri qanday?
Mikroorganizmlarga vakuumning ta’siri qanday?
Mikroorganizmlarning past haroratlarga ta’sirini izohlab bеring.
Nur enеrgiyasining mikroorganizmlarga ta’sirini tushuntirib bеring.