O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti


Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlarini shakllantirish



Download 105,82 Kb.
bet6/10
Sana13.07.2022
Hajmi105,82 Kb.
#784561
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Investitsiya funksiyasi va omillari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlarini shakllantirish:
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlari:
1) belgilangan normativlarga muvofiq:
foyda solig‘i;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
aksiz solig‘i;
yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq (bundan qurilish materiallari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq mustasno).
2) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
3) mol-mulk solig‘i;
4) yer solig‘i;
5) qurilish materiallari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
6) aylanmadan olinadigan soliq;
7) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
8) avtotransport vositalarini sotib olganlik va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig‘im;
9) boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Boshqa daromadlarga qonunchilikka muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga yo‘naltiriladigan davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, belgilangan normativlar bo‘yicha davlat aktivlarini joylashtirishdan, foydalanishga berishdan va sotishdan olingan daromadlar, davlat bojlari, yig‘imlar, tovon pullari va jarima sanksiyalari, egasiz mol-mulkni, meros huquqi bo‘yicha davlat ixtiyoriga o‘tgan mol-mulkni, huquq bo‘yicha davlat daromadiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan xazinalarni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi bo‘yicha dividendlar (daromadlar) va qonunchilikka muvofiq boshqa daromadlar kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining daromadlari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga tushadigan ayrim soliqlar va boshqa daromadlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga, Toshkent shahrining shahar budjetiga qonunchilikda belgilangan miqdorlarda va tartibda taqsimlanishi mumkin.
Soliqlar va boshqa daromadlar belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti hamda tumanlar va shaharlar budjetlari o‘rtasida qayta taqsimlanishi mumkin.
Davlat daromadlari tizimida markaziy moliyaviy manba bo‘lib soliqlar hisoblanadi. Soliqlar soliq qonunchiligi vositasida joriy etiladi. Soliqlar asosan fiscal, iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega. Davlat budjeti daromadlarini shakillan-tirish soliqlarning fiskal funksiyasini kasb etsa, ayrim tarmoqlar rivojlani-shini rag‘batlantirish maqsadida turli xil imtiyozlar beriladi va kam daromadli aholining soliqlardan ozod etish, ularni davlat tonmonidan moliyalashtirish hisobiga ijtimoiy vazifalar hal etiladi. Hozirgi sharoitda davlat budjeti daromadlarini shakllantirish-ning samarali manbai bo‘lib soliqlar va ularga tenglashtirilgan majburiy to‘lovlar hisoblanadi.
Soliqlarning amal qilishi bu obyektivlikdir, chunki jamiyatni tashkil etuvchi barcha sub’ektlar ham real sektorda, ya’ni ishlab chiqarish sohasida faoliyat ko’rsat-maydi. Jamiyatda boshqalar tomonidan rad etilgan yoki faoliyati iqtisodiy samarasiz bo’lgan sohalar ham mavjudki, bular soliqlarni obyektib amal qilishini talab etadi.
Davlat uchun budjet daromadlarining asosiy manbai hisoblangan soliqlar katta ahamiyatga ega. Davlat faoliyatining barcha yo’nalishlarini mablag’ bilan ta’minlashning asosiy manbalaridan biri davlat ustuvorligini amalga oshirishning iqtisodiy vositasi soliqlardir.
1997-yil 24 aprelda O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi qabul qilindi va 1998 yil 1 yanvardan kuchga kirdi. Ushbu kodeks soliqlar va yig‘imlarni yagona hujjatga to‘pladi, umumdavlat hamda mahalliy soliqlar va yig‘imlarning aniq turlari-ni belgiladi.
Shuningdek, davlat budjeti daromadlarini shakllantirishning huquqiy asoslari-da muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi va O‘zbekiston Respublikasining Budjet Kodeksini keltirib o‘tishimiz mumkin.
Soliq tizimini tartibga solish va mukammalashtirish moliyaviy tizimni rivoj-lantirishga yordam beradi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan soliqlar orqali tartibga solish davlat budjeti daromadlarini shakllantirish soliq solish vositasida jamiyatdagi u yoki bu jarayonlarning rivojlanishiga ta’sir etuvchi usul hisoblanadi.
Mamlakatimizda amal qilayotgan soliqlarning ayrimlari koxonalar ho’jalik faoliyatining oxirgi moliyaviy natijasidan budjet ga to’lanadigan aksariyat soliqlar va majburiy to’lovlar kelgusi davr xarajatlari orqali ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga qo’shiladi (er solig’i, mol-mulk solig’i, ekologiya solig’i va boshqalar).
Shu o’rinda soliqlarni guruhlashning asosi hisoblangan, ularni xo’jalik yuri-tuvchi sub’ektlar moliyaviy faoliyatiga ta’sir etishiga qarab quyidagilarga ajratishi-miz mukin:
Bojxona organlari vakolatidagi davlat budjet iga to’lanadigan bojxona to’lovlari bo’yicha 23 322,5 mlrd so’m aniqlashtirilgan prognoz belgilanib, amalda 24 708,4 mlrd so’mga yoki 1 385,9 mlrd so’mga ko’p (105,9 foiz) bajarilgan.
Davlat budjeti daromadlarini shakllantirishda soliq tizimi alohida ahamiyat kasb etadi. Buni quyidagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rishimiz mumkin.
Xulosa qilib aytganda, budjet daromadlarining shakllanishida 2020-yilda ham bilvosita soliqlarning ulushi yuqori bo‘lib, jami daromadlarning 34,9 foizi ushbu daromadlar hisobidan shakllanmoqda; bevosita soliqlarning ulushi 34 foizni tashkil qilmoqda, ya’ni budjet daromadlarining qariyb 3 dan bir qismini bevosita soliqlar tashkil qiladi; resurs to‘lovlari va molk-mulk solig‘ining budjet daromadlarini shakllantirishdagi ishtirokini ular tashkil qilib turgan 16 foizlik ko‘rsatkichdan ko‘rishimiz mumkin.



Download 105,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish