O`zbеkistоn rеspublikasi оliy va o`rta maхsus ta’lim vazirligi urganch davlat univеrsitеti tarix fakultеti


YOSHLARNI MILLIY ISTIQLOL G`OYASI YO`LIDA TARBIYALASH



Download 196,41 Kb.
bet5/7
Sana31.03.2022
Hajmi196,41 Kb.
#521987
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
NEBO

YOSHLARNI MILLIY ISTIQLOL G`OYASI YO`LIDA TARBIYALASH

Oila – jamiyatning muqaddas uyi, eng asosiy tarbiya makonidir. Milliy istiqlol g’oyasini odamlar qalbi va ongiga singdirish ham avvalo oiladan boshlanadi. Aynan bobolar ugiti, otaning shaxsiy ibrati, onaning mehri orqali milliy g’oya avloddan avlodga, insondan insonga o’tadi, ong va shuurda muxrlanib boradi. Iqtisodiy farovon, axloqiy, g’oyaviy-tarbiyaviy jihatdan sog’lom bo’lgan oila negizidagi jamiyat va davlat mustahkam bo’ladi. Bunday oilalarda komil inson voyaga etadi, uning tuyg’ulari, tushuncha va dunyoqarashida milliy istiqlol g’oyalari keng tomir otadi.


Milliy istiqlol g’oyasining amal qilish tamoyillari shaxs va oiladan tashqari
jamoa, mahalla bilan uzviy bog’liqdir. Har bir O’zbekistonlikning hayotida «shaxs –
oila – mahalla» uchligi katta ahamiyat kasb etadi. Bu – sharqona turmush
tarzimizning o’ziga xos tizimidir. Bu – insonning jamiyat hayotiga uzviy singib,
ijtimoiy munosabatlar ishtirokchisiga aylanishida muhim vositadir. Insonning oilada
shakllangan iymon-e’tiqodi, odobi, oriyati va vijdoni, g’urur-iftixori, aql -zakovati,
tafakkuri mahalla muhitida yanada yuksalib, xalq irodasi, o’zaro totuvlik va
hamkorlik rishtalari bilan uyg’unlashib, jamiyatda sog’lom munosabatlarning
shakllanishiga, milliy istiqlol g’oyalarining mustahkamlanishiga olib keladi.
Mahalla shaxs va jamiyat munosabatlaridagi muhim bog’lovchi vosita bo’lib xizmat qiladi. Xalqimizning azaliy udumlari, urf-odatlari va an’analarini ifoda etgan holda, mahalla ulkan g’oyaviy-mafkuraviy tarbiya uchogi vazifasini bajaradi. Keksalarning foydali pand-nasixatlari, yoshi kattalarning shaxsiy ibrati, jamoaning hamjihatligi misolida milliy istiqlol g’oyalarining amaliy qimmati ortib boradi.
Mahalla tizimi orqali mafkuraviy ishlarni samarali yo’lga qo’yish imkoniyatlari juda ko’p. Jamiyat odamlar o’rtasidagi munosabatlar majmuidir. Bu munosabatlar ichida odamlarning irodasi, intilishlari, umuman, ma’naviy omillar muhim ahamiyat kasb etadi.
Milliy istiqlol g’oyasi – butun O’zbekiston xalqining birgalikda insonparvar, farovon demokratik jamiyat qurish, unda har bir insonning munosib ishtirokini ta’minlash buyicha qilgan azmu-qarori ifodasidir. Inson, oila, mahalla, mehnat jamoalari, davlat manfaatlari, ularni boglab turuvchi ijtimoiy-siyosiy tizimlar milliy istiqlol g’oyalari orqali yanada yakqolroq namoyon bo’ladi.
Jamiyatning asosiy taraqqiyot maqsadi milliy istiqlol mafkurasining shakllanish
va rivojlanish jarayonida barcha davlat va jamoat tashkilotlarining mafkuraviy
faoliyatini uyg’unlashtiruvchi omil bo’lib xizmat qiladi. Siyosiy partiyalar, jamoat
tashkilotlari, ijodiy, madaniy-ma’rifiy muassasalar faoliyatini jonlantirish, ularning
imkoniyatlaridan milliy istiqlol mafkurasi g’oyalarini yurtdoshlarimiz qalbi va ongiga
singdirish borasida imkon kadar keng foydalanish jamiyatning ana shu bosh maqsadini anglash zaruratidan kelibchiq adi. Bunda ularning ommaviyligiga, odamlarga tez va keng doirada ta’sir ko’rsata olish imkoniyatiga katta ahamiyat beriladi.
Bir so’z bilan aytganda, milliy istiqlol g’oyasini tatbik etish jamiyatimizning
asosiy maqsadlari – Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil insonni
tarbiyalash kabi olijanob g’oyalarga buysundirilishi zarur. Jamiyat hayotini demokratiyalashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish milliy istiqlol g’oyasining amal qilish tamoyillaridan biridir.
Mamlakatimizda demokratik institutlar faoliyatini yo’lga qo’yish va fuqarolik
jamiyati asoslarini shakllantirish uzoq muddatli jarayondir. Demokratiya g’oyalarini
shunchaki bayon qilish, yuqoridan tushirib joriy etish bilan odamlar ongida o’zgarish
qilib bo’lmaydi. Shuning uchun ham Prezidentimiz Islom Karimov bu xususda
quyidagicha ta’kidlagan edi: «Demokratiya jamiyatning qadriyatiga, har bir insonning boyligiga aylanmog’i kerak. Bu esa bir zumda bo’ladigan ish emas.
Xalqning madaniyatidan joy ololmagan demokratiya turmush tarzining tarkibiy qismi ham bo’la olmaydi. Bu tayyorgarlik ko’rish va demokratiya tamoyillarini
o’zlashtirishdan iborat ancha uzoq muddatli jarayondir».
Ammo bu yo’lni imkon kadar kiska muddatda bosib o’tish, demokratiyani
jamiyatning ustuvor qadriyatiga, uning barqaror taraqqiyotini ta’minlovchi muhim
omilga aylantirish, bir tomondan jahon xalqlari demokratik an’analarini puxta
o’rganish va o’zlashtirishni, ikkinchi tomondan ajdodlarimizning adolatli jamiyat
barpo etish borasidagi qarashlarini bugungi kunga moslashtirib, milliy
qadriyatlarimiz zaminida joriy etishni taqozo qiladi.
Boshqacha aytganda, har bir jamiyat, davlat o’zi uchun mos demokratik
taraqqiyot yo’lini o’zi tanlaydi. O’zbekiston ham o’zi uchun makbul demokratik
taraqqiyot yo’lini tanlab oldi.
Ma’lumki, sobiq sho’rolar davrida Sharq xalqlariga, jumladan bizga nisbatan
Marksning «Osiyocha ishlab chiqarish uslubi» deb atalgan nazariyasiga tayanib ish
ko’riladi, degan qarash hukmron edi. Bu nazariyaning mohiyati Sharq da hokimiyatni
boshqarish azaldan despotizmga, ya’ni zo’ravonlikka asoslanadi, degan fikrdan iborat
edi. Evropatsentristik qarashlar (Gegel), Evropani jugrofiy jihatdan ustun qo’yish
(Monteske), kapitalizmning tarixan aynan Evropada paydo bo’lishi to’g’risidagi
tasavvurlarning (Maks Veber) barchasi osiyocha turmush tarzi uchun demokratiya
mutlaqo yot bir narsa, degan bepisand fikrga asoslanish oqibati edi. Bugungi kunda
Sharq ning ham o’ziga xos davlatchilik an’analari, boshqaruv tizimi, idora usullari,
hokimiyat tarmoqlari bo’lgani, bu borada u G’arbdan sira kam emasligi barchaga
ayon bo’lib qoldi.
Xususan, sharqona demokratiyaning bir qator ustuvor jihatlari mavjud. Bu –
g’oyaviy-falsafiy asosda shakllangan insonparvarlikdir. Masalan, bizning Forobiy,
Amir Temur, Nizomulmulk, Alisher Navoiy kabi ajdodlarimizning siyosiy qarashlari
negizida turli davrlarda o’ziga xos siyosiy madaniyat shakllangan. Sharq siyosiy
falsafasining muhim jihatlaridan biri – «me’yor» tushunchasiga katta ahamiyat
berilishidir. Aslida demokratiya – me’yorga asoslangan siyosiy madaniyatdir. Bu
me’yor huquq va burch, erkinlik va tenglik o’rtasida bo’lgan muvozanatni ham
anglatadi.
Sharq da odamlarning hokimiyatga va siyosiy munosabatlarga bo’lgan
munosabati azaldan o’ziga xos xususiyat kasb etgan. Bu Sharq dagi siyosiy
munosabatlarning nozik jihatlari bilan izohlanadi. Saylov tizimi, davlatchilik, siyosiy
harakatlar, jamoatchilik fikri, ommaviy axborot vositalari – bularning barchasi Sharq
da o’z xususiyatlariga ega. Avvalo, bu xususiyatlar hokimiyatga bo’lgan an’anaviy
ishonch va ba’zan esa paternalizm qonuniyati bilan ifodalanadi. Tarixan Sharq
mamlakatlarida siyosiy qarorlar kabul qilish va ularni amalga oshirishda mas’ul
kishilar orqali, lekin bunda xalqning manfaatlari albatta hisobga olingan holda
amalga oshirilgan. Ular xalqning «ishtirokida», ya’ni turli miting, inqiloblar orqali
bo’lgan, ammo uning manfaatlarini hisobga olmagan holda qaror kabul qilgan
qarorlardan ko’ra ko’proq samara bergan. Shu tufayli Sharq mamlakatlarida aksariyat
hukmdorlar mudom «Xalq nima der ekan?», «Mendan qanday nom qolar ekan?»
degan mas’uliyat bilan siyosat olib borgan.
Sharq da siyosiy jarayon ishtirokchilari, Ayniqsa, siyosiy etakchilarning o’ziga
xos makomi bor. Siyosiy rahbar nafaqat o’ziga tegishli alohida imtiyozlarga, balki
alohida mas’uliyatga ham ega. U nafaqat o’z huquqlari, balki majburiyatlari buyicha
ham asosiy og’irlikni o’z zimmasiga olgan. Shu ma’noda, Sharq xalqlari hayotida
adolat bosh mezonga aylanganki, odil va dono shox, hukmdor g’oyasi «Avesto»dan
hozirgi kunlargacha orzu bo’lib kelgan. Shuning uchun Amir Temur faoliyatida
«Kuch - adolatda» degan qoida ustuvor bo’lgan. Shu tariqa, Sharq mutafakkirlari
davlatni, avvalo jamiyat taraqqiyotidagi ikki muhim omil – ijtimoiy barqarorlikni
ta’minlash va ijtimoiy adolat mezonlarni amalga oshirish quroli deb tushungan. Shuni
ham alohida ta’kidlash zarurki, Sharq da qonunchilik va me’yoriy tizimlar ham ana
shu maqsadlarga xizmat qilgan. Bunday an’ana Sohibqiron Amir Temur davridayok
butun dunyo me’yoriy tizimiga va konstitutsiyachiligiga kuchli ta’sir ko’rsatgan.
Amir Temur «Tuzuklar»i buning yakqol dalili.
Yana bir masalaga alohida e’tibor berish zarur. Sharq xalqlari hayotida
jamoatchilik fikri azaldan yuqori makom va martabaga ega bo’lib kelgan. Ko’pgina
an’anaviy ijtimoiy institutlar, xususan, mahalla va boshqa o’zini o’zi idora qilish
tashkilotlari asosan jamoatchilik fikriga tayangan. Shundan kelibchiq qan holda,
ijtimoiy salmoqli fikrlarni jamoatchilik muxokamasiga olib chiqish ham an’anaviy
yigilish joylarida – mahalla guzarlarida, choyxonalarda, karvonsaroylarda, tuy-
ma’rakalarda, tantanalarda, xasharlarda, xatto, mexmondorchilikda ham amalga
oshgan. Shu bilan birga, jamoatchilik fikri har doim davlat qarorlari kabul qilishning
muhim tarkibiy qismi bo’lib kelgan. Hukmdorlar o’z faoliyatlarining jamoat fikri
tomonidan qo’llab-kuvvatlanishiga erishishga uringan, qaror kabul qilishdan oldin
uni jamoatchilik rizosidan o’tkazishga e’tibor berilgan.
Xullas, shularning barchasidan kelibchiq adigan bo’lsak, Sharq xalqlariga,
xususan, bizning mamlakatimiz aholisiga azaldan o’ziga xos demokratik an’analar
mavjud bo’lgan. O’z mentaliteti, mohiyatiga ko’ra, umuminsoniy qadriyatlarga
nisbatan o’ta xayrixoxligi tufayli, xalqimiz zamonaviy demokratik qadriyatlarni ham
tez o’zlashtirib olishi shubxasiz. Bu, albatta, xalqimizning tarixiy-ijtimoiy
ana’nalaridagi demokratik g’oyalar, tajribalar, xususan, jamoa demokratiyasi
namunalari bilan ham bog’liq.
Umuman, demokratiya kadimdan dunyoning turli mintaqalarida turlicha
yo’nalishda rivojlanib borgan. Uning muhim bir shakli esa aynan sharqona
demokratiyadir. Demokratiya g’oyalarining davlatlashgan ko’rinishi ham qadimiy
tarixga ega. Masalan, XIII asrda Samarqandda hukmronlik qilgan sarbadorlar davlatida demokratiyaning ko’pgina unsurlarini uchratish mumkin.




  1. Download 196,41 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish