O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI ОLIY VA O`RTA MAХSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVЕRSITЕTI
TARIX FAKULTЕTI
302- MIG` GURUH TOLIBI
QILICHEV ARSLONBEKning
MILLIY ISTIQLOL G`OYASI MANAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ ta’lim yo`nalishi bo`yicha
bakalavr darajasi
MAVZU: MILLIY ISTIQLOL G`OYASINI YOSHLAR ONGIGA SINGDIRISHNING SHAKL VA YO`NALISHLARI
Ilmiy rahbar: ______________________
Topshirdi:
________________________
Urganch 2014 yil
MAVZU: MILLIY ISTIQLOL G`OYASINI YOSHLAR ONGIGA SINGDIRISHNING SHAKL VA YO`NALISHLARI
REJA
KIRISH
ASOSIY QISM
MILLIY ISTIQLOL G`OYASI ASOSIY TUSHUNCHA VA TAMOYILLAR
MILLIY G`OYANI YOSHLAR ONGIGA SINGDIRISH SOHALARI VA YO`NALISHLARI
YOSHLARNI MILLIY ISTIQLOL G`OYASI YO`LIDA TARBIYALASH
G`OYAVIY TARBIYANING USLUB VA VOSITALARI
XULOSA
ADABIYOTLAR
KIRISH
Milliy istiqlol g`oyasini xalqimiz ongiga singdirish hozirgi kundagi dolzarb vazifaga aylanishi bejiz emas. Prezidentimiz aytganlaridek, zamon “G`oyaga qarshi faqat g`oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma`rifat” bilan kurashishni talab etmoqda. G`oyalar kurashi tarixida bo`lganidek, hozirgi davrdagi g`oyaviy kurash ham nihoyatda keskin va serqirra jarayondir.
Jamiyatimizni ijtimoiy- iqtisodiy jihatdan yuksaltirish, fuqarolarning ma`naviy kamolatga erishishni ta`minlash, mamlakat mustaqilligini mustahkamlash borasidagi sa`y- harakatlarning yanada unumliroq bo`lishga olib keladi.
Mehnat, ijod, amaliy faoliyat tufayli pirovard maqsad- Vatan ravnaqi, yurt tinchligini xalq farovonligini ta`minlashga qaratilgan faoliyatda milliy g`oyaning elni birlashtirish, faolashtirishga safarbarlik kuchidan foydalanish juda muhim. Bunga doir yo`l- yo`riq, usul va uslublar ham uning serqirraligi va keng qamrovligi bilan belgilanadi.
Milliy g`oya jmiyatimiz hayotining barcha jabhalarida o`z ta`sirini ko`rsatib, ko`p millatli O`zbekiston xalqining orzu- intilishlarini ro`yobga chiqarishga xizmat qiladi.
Jamiyatimiz fuqoralari uning jozibador kuchidan foydalanmoqlari lozim. Bundan keksalar o`zlarining ibratli hayot tajribalari, yosh avlodning esa g`ayrat va shijoat bilan maqsad sari intilishlari yaxshi natija beradi.
Milliy istiqlol g`oyasining safarbarlik kuchi mamlakatni “Yagoona Vatan” deb tushunuvchi har bir millat vakillari, turli diniy e`tiqoddagi, turli ijtimoiy tabaqaga tegishli kishilarning umumiy intilishlari, o`y- orzusida, fikr va amaliyotida namoyon bo`ladi.
Bunda fuqarolarning mustaqillikni mustahkamlashga bo`lgan intilishlari, dunyoviy, diniy, milliy, umumbashariy qadriyatlarga faol munosabati namoyon bo`ladi. Bu jihatlar milliy istiqlol g`oyasini xalq ongiga samarali singdirish omillari sifatida xizmat qiladi.
Milliy istiqlol g`oyasini singdirish vositalarining turli- tumanligi, yuqorida ta`kidlaganidek, uning keng qamrovi, yagona ulug` maqsadi, hayotbaxsh tamoyillari bilan belgilanadi. Ushbu jarayonida davlat va nodavlat- notijorat tashkilotlari, uyushmalari, jamg`armalar, ijodiy tashkilotlar, oily o`quv yurtlari, umumta`lim o`quv dargohlari, kasb-hunar muassasalarining- butun jamiyatining faol ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, mahalla, oila va jamoatchilik faoliyati ham yetakchi o`rin tutadi.
Milliy istiqlol g`oyasi- asosiy tushuncha va tamoyillarining mohiyat- mazmuni, falsafiy negizi va tarixiy ildizlarini to`g`ri tushunidigan, faol ziyolilar bilan birga barcha ma`naviy- madaniy tadbirlarni amalga oshiruvchi mutaxassislar bu borada yana ham faolroq ish olib borishlari lozim.
Bundan universal texnalogiyalar, yangi axborat vositalari, ta`lim- tarbiya va targ`ibot- tashviqotning ilg`or usullaridan samarali foydalanish kutilgan natijani berish mumkin.
Bularning barchasi jamiyat hayotida g`oyaviy bo`shliqqa yo`l qo`ymaslik, yot va zararli mafkuralar hurjiga qarshi zarba berish ogohlik asosida yashash tuyg`usini shakllantirishga xizmat qiladi.
YOshlar jamiyatning shunday ijtimоiy guruhiga mansubki, ular o’tkir hissiy bilish qоbiliyatiga ega bo’lib, so’z bilan amaliyotning nоmuta-nоsibligi hоlatlarini kuchlirоq sеzadilar. Kattalar uchun оdatiy bo’lgan ayrim «adоlatsizlik»lar yoshlarning hali to’liq shakllanmagan оngiga, dunyoqarashiga kuchli ziyon еtkazishi mumkin. SHuning uchun hоzirgi kunda yoshlar оrasida miliiy g’оya, milliy g’urur va оr-nоmus bilan bоg’liq ma’naviy-ruhiy hоlatlar muhim ahamiyatga ega.
YOshlarning оldida haqiqatni aytishdan cho’chimaslik, sохtakоrlikdan qоchish, mavjud qiyinchiliklar, muammоlarni оchiq-оydin bayon etish lоzim. Ayni paytda, davlatimiz rahbariyati tоmоnidan qilinayotgan ijоbiy ishlar va mavjud muammоlarni bartaraf etish uchun оlib bоrilayotgan sa’y-harakatlari tahsinga lоyiq.
Milliy g’оyaning yoshlarni safarbar etish, ilhоmlantirish, buyuk kеlajak sari chоrlash uchun ahamiyati, ta’lim va tarbiyada tutgan o’rni va rоli uning hayot haqiqatlariga, rеal bоrliqqa, хalq turmushiga qanchalik mоs va muvоfiqligiga qarab bеlgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |