O’zbekistоn rеspublikasi оliy va o`rta maхsus ta’lim vazirligi urganch davlat univеrsitеti



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana26.02.2022
Hajmi0,94 Mb.
#472820
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SARVAR LAZER FIZIKASI KURS




O’ZBEKISTОN RЕSPUBLIKASI ОLIY VA O`RTA MAХSUS
 TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVЕRSITЕTI

 
 
 
 
 
 
 
 
Fizika-matematika fakultеti fizika ta’lim yo’nalishi 181-guruh 
talabasi Matyoqubov Sarvarbekning lazer fizikasi fanidan “Lazer 
nurini modulyatsiya qilish.” mavzusida yozgan
 
KURS ISHI 
Mavzu: Lazer nurini modulyatsiya qilish. 
Topshirdi: Matyoqubov S.
Qabul qildi: Karimov M. 
 
Urganch-2022 




MAVZU: Lazer nurini modulyatsiya qilish
.
REJA: 
I.Kirish 
Lazer radiatsiyasini modullashtirish…………………………………………. 
 II.Asosiy qism: 
2.1.Lazerli nurlanish modulyatsiyasining fizik asoslari………………………...
2.2.Generatsiya bo„sag„asi.Asllik.……………………………………………… 
2.3.Optik modulyatorlar haqida tushuncha.Deflektorlar.………………………. 
2.4.Lazer nurlanishini quvvatini oshirish usullari……….................................... 
III.Xulosa
……………………………………………………………………… 
Foydanilgan adabiyotlar
………………………………………………………… 



Kirish. 
Lazer so„zi inglizcha “laser” so‟zidan olingan. “Laser” so„zi esa “Light 
Amplification by Stimulated Emission of Ratiation” iborasining bosh harflaridan 
olingan bo„lib, “Majburiy nurlanish tufayli yorug„likning kuchayishi” ma‟nosini 
anglatadi. Lazer nurlanishi ultrabinasha, infraqizil va ko„zga ko„rinadiga 
diapazondagi elektromagnit to„lqinlardir. Bu to„lqinlar atom va molekulalarning 
majburiy (stimullangan) nurlanishiga asoslanib hosil qilinadi. Bunday nurlanish 
hosil qiluvchi qurilmani lazer yoki optik kvant generator (OKG) deyiladi. 
Sovet fizigi V.A. Fabrikant 1940-1941 yillarda gaz razryadi spektrini 
o„rganish ishlari davomida “majburiy nurlanish hisobiga” yorug„lik intensivligini 
kuchaytirish mumkinligini isbotladi. 1955- yilda Sovet fiziklari A.M. Proxorov va 
N.G. Basov o„ta yuqori chastotali birinchi kvant generatorini yaratdi. Bu 
mikroto‟lqin diapazonidagi optik kvant generator-mazer edi. 1958- yilga borib 
Proxorov va Basov bilan ayni bir vaqtda AQSH fizigi CH. Tauns ko‟zga 
ko„rinadigan yorug„lik spektri diapazonida kvant generatori-lazer qurish 
mumkinligini ilmiy va amaliy isbotladilar. 
Lazer qurilmalarida ishlatiladigan ishchi materiallarni lazer materiallar 
deyiladi yoki ularni faol (aktiv) moddalar deb ataladi. Faol muhit sifatida yoqut 
kristali (rubin) ishlatiladigan lazer 1960
yil yaratildi. Keyingi kashfiyotlarda neon 
Ne va geliy He gazlari arlashmasi qo„llaniladigan lazer (1960 y), neodim Nd
3+
ionlari qo„shilgan silikat shisha qo„llanilgan lazer (1961y),
yarimo„tkazgich 
birikma kalsiy-mishyakli CaAs kristallari qo„llanilgan lazer (1962y), anorganik 
suyuqlikdagi neodim eritmasi selenoksixlorid
SeOCl
2
va organik bo„yoq 
eritmalari
ishlatiladigan lazerlar (1966 y) yaratildi. 1974 yilga kelib faol moddalar 
(lazer materiallar) soni 200 ga etgan edi. Har xil aralashmalar qo„shilgan ion 
kristallar eng katta lazer materiallari guruhini tashkil etadi. Tartibsiz ichki 
tuzilishga ega bo„lgan lazer shishalar shisha hosil qiluvchi komponentalar va faol 
aralashmalar sifatida olingan ionlardan iborat bo‟ladi. Yarimo„tkazgichli
lazer 
materiallar A
II
B
VII
va A
III
B
V
birikmali kristallardan iborat bo„ladi. Ularda ishchi elementi qalinligi 0,1 mkm 
bo‟lgan p-n o„tish bo„lib, o„lchamlari 1x1x0,2 mm li plastinka ko„rinishda 
tayyorlanadi.(1 – rasm.) 
Demak, faol muhitga bog„liq holda lazerlarning qattiq jismli, suyuqlikli 
(kimyoviy), gazli, yarimo„tkazgichli va bo„yoq moddali turlarga ajratish mumkin. 




Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish