O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti


Buxgaltyeriya balansi va uni tuzish tartibi



Download 5,72 Mb.
bet151/307
Sana28.01.2023
Hajmi5,72 Mb.
#904151
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   307
Bog'liq
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism.

20.4. Buxgaltyeriya balansi va uni tuzish tartibi.


Moliyaviy hisobot tizimida balans marka-ziy o‘rin egallaydi.
Buxgalteriya balansi subektning resurslari (aktivlar), resurslarga bildirilgan da’volar (majburiyatlar) va mulk egasiga tegishli ulush (xususiy kapital) to‘g‘risida iqtisodiy axborotlar beradi.
Moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot – buxgalteriya balansining rasmiy atamasidir. Biroq, hisobot tuzuvchilar va ulardan foydalanuvchilar orasida buxgalteriya balansi atamasi ko‘proq tarqalgan, chunki u asosiy buxgalteriya formulasi yoki modeliga muvofiq ushbu hisobotning muhim tomonini aks ettiradi:

Aktivlar - xo‘jalik sub’ektining qiymat bahosiga ega bo‘lgan moddiy, jumladan, pul mablag‘lari va debitorlik qarzlari va nomoddiy mulkidir.
Aktivlarda aks ettirilgan kelgusidagi iqtisodiy foyda, xo‘jalik yurituvchi sub’ektning pul mablag‘lari oqimiga potensial, bevosita va bilvosita qo‘shiladigan ulushdir. Bu ulush xo‘jalik yurituvchi sub’ekt asosiy faoliyatining bir qismi sifatida yuzaga kelishi mumkin.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning aktivlari avvalgi bitimlar va boshqa hodisalarning natijasidir. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar odatda aktivlarni xarid qilib yoki ishlab chiqarib ularga ega bo‘ladilar, biroq, boshqa bitimlar yoki hodisalar aktivlarni ko‘paytirishga imkon beradi.
Xususiy kapital. Xususiy kapital ustav, qo‘shilgan, rezerv kapitalidan va taqsimlanmagan foydadan iborat bo‘ladi. Buxgalteriya balansidagi xususiy kapitalning miqdori aktivlar va majburiyatlar qiymatini baholashga bog‘liqdir. Zarur hollarda ustav, qo‘shilgan, rezerv kapitali analitik kesimda hisobga olinishi mumkin.
Majburiyat —xo‘jalik yurituvchi sub’ekt boshqa yuridik va jismoniy shaxslar oldida joriy mas’uliyatli ekanligi hisoblanadi. Majburiyatlar olingan tovar-moddiy zaxiralar va xizmatlar uchun to‘lanadigan summalar. Majburiyatlar odatiy tadbirkorlik ishi jarayonida, yaxshi munosabatlarni saqlab turish yoki holisona tarzda ish ko‘rishda ham yuzaga keladi. Majburiyatlar ustavning yoki shartnomaning talablari natijasi sifatida kuchga kiradi. Majburiyat odatda aktiv olinganda yoki xo‘jalik yurituvchi sub’ekt aktivni sotib olish to‘g‘risida bitimga kirishgandagina paydo bo‘ladi.
Majburiyatlarning bajarilishi har xil usullarda (qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan hollardan tashqari) amalga oshiriladi:
1. Haq to‘lash bilan;
2. Boshqa aktivlarni berish bilan;
3. Xizmatlarni ko‘rsatish bilan;
4. Ushbu majburiyatni boshqasi bilan almashtirish orqali;
5. Majburiyatlarni aksiyalarga almashtirish orqali.
Majburiyat, kreditor o‘z huquqlaridan bosh tortgan hollarda yoki kreditor ana shu huquqlaridan mahrum bo‘lganida, bajarilgan deb hisoblanishi mumkin.
Moliyaviy hisobot malumotlaridan foydalanib, boshqaruv qarorlari qabul qiluvchi shaxslarga yordam berish maqsadida, balans moddalari umumiy tavsiflar bo‘yicha guruhlashtiriladi. Aktivlar - likvidlik darajasining pasayib borishi tartibida; majburiyatlar to‘lov muddatining kamayib borishi tartibida va xususiy kapital konsolidatsiya qilinishining kamayib borishi tartibida guruhlash-tirilgan. Moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotda foydalaniladigan ma’lumotlar turkumlanishi va ularning balans bo‘limlari bo‘yicha joylashishi BHMSda ko‘rsatiladi. Biroq qo‘llaniladigan turkum-lash tarmoqlari xususiyati kuchli ta’sir etadi. O‘zbekistonda joriy aktivlar balansda uzoq muddatli aktivlardan keyin aks ettirilgan.
Buxgalteriya balansi (keyingi o‘rinlarda — balans) tuzilguniga qadar hisobot davri oxiridagi analitik hisoblar bo‘yicha aylanmalar va qoldiqlar Bosh kitobdagi sintetik hisoblar bo‘yicha aylanmalar va qoldiqlar bilan albatta solishtirilishi kerak. Moliyaviy hisobotlarning elementlarini aks ettirish bu — buxgalteriya balansi yoki moliyaviy natijalari to‘g‘risidagi hisobotga elementlar ta’rifiga javob beruvchi va ularda aks ettirilishi lozim bo‘lgan moddalarning kiritish jarayonidir. Hisobotlarning elementlarini aks ettirish jarayoni moddaning bayonini ham, uning puldagi ifodasini ham, shuningdek u ushbu moddaning buxgalteriya balansiga yoki moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotga kiritilishini o‘z ichiga oladi.
Hisobotda aktivni aks ettirish — ushbu aktivdan foydalanish natijasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektga kelgusi iqtisodiy foyda tushish ehtimoli mavjud bo‘lganida ushbu aktiv buxgalteriya balansida aks ettiriladi va aktiv aniq ifodalanadigan chiqimlar yoki qiymatni o‘z ichiga oladi.

Download 5,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish