20.1-rasm. Moliyaviy hisobot shakllari28. Moliyaviy hisobotlar ma’lum bir hisobot davri yoki ma’lum bir hisobot sanasi bo‘yicha tuziladi.
Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish
Xo‘jalik yurituvchi subektlar tomonidan tuziladigan va tegishli organlarga topshiriladigan moliyaviy hisobotlar 1- BHMS bilan tartibga olinadi. Moliyaviy hisobotlarda quyidagi axborotlar to‘liq aks ettirilishi kerak:
1. xo‘jalik yurituvchi subektning nomi, mulkchilik shakli, yuridik manzili, identifikatsiyalangan nomeri va subektni aniqlab olish uchun zarur bo‘ladigan boshqa rekvizitlar;
2. xo‘jalik yurituvchi subektning nomi, mulkchilik shakli, yuridik manzili, indentifikatsiyalangan nomeri va subektni aniqlab olish uchun zarur bo‘ladigan boshqa rekvizitlar;
3. moliyaviy hisobot bir korxonanikimi yoki bir guruh korxonanikimi;
4. hisobot sanasi yoki moliyaviy hisobotlar qaysi davarni o‘z ichiga olishi;
Topshirilgan hisobot axborotlarini to‘g‘ri tushunish uchun quyidiga rekvizitlar keltirilishi lozim;
1. Moliyaviy hisobotda qo‘llanilgan valyuta turi;
2. Hisobotda foydalanilgan raqamlarning aniqlik darajasi, masalan,
keltirilgan raqamlar ming hisobida yoki million hisobida ekanligi va h.k.
Korxonaning yil choragi va yillik moliyaviy hisoboti shakllarini to‘ldirish bo‘yicha ko‘rsatmalarda nazarda tutilgan talablarga qat’iy rioya qilib tuzilgan hisobotida o‘tgan davr mobaynida uning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining hajmlari va sifat ko‘rsatkichlari to‘g‘risida yetarlicha axborot bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasida moliyaviy hisobotlarini qabul qilingan buxgalteriya hisobining milliy standartlari asosida tuziladi va tartibga solinib turiladi.
20.2-rasm: Buxgalteriya hisobining milliy standartlari Moliyaviy hisobot elementlari Moliyaviy hisobotlar moliyaviy natijalarni va boshqa xo‘jalik operatsiyalarini moliyaviy hisobotlarning elementlari deb ataluvchi iqtisodiy tavsiflariga muvofiq alohida moddalarga guruhlab aks ettiradi. Aktivlar, xususiy kapital va majburiyatlar buxgalteriya balansida xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy natijalarini aniqlash bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan elementlar hisoblanadi. Daromadlar va xarajatlar faoliyat natijalari to‘g‘risidagi hisobotda xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ko‘rsatkichlarini aniqlash bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan elementlar hisoblanadi. Pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi hisobot faoliyat natijalari elementlarini va buxgalteriya balansi elementlaridagi o‘zgarishlarni aks ettiradi.
Moliyaviy holatni aniqlash bilan bevosita bog‘liq elementlar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, rezervlar, daromadlar va xarajatlar. Ular quyidagi tarzda aniqlanadi:
1. Aktivlar - sub’ekt nazorat qiladigan, kelgusida ulardan daromad olish maqsadida avvalgi faoliyat natijasida olingan iqtisodiy resurslardir.
2. Majburiyatlar - shaxsning (qarzdorning) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakat amalga oshirish, masalan, mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, pul to‘lash va boshqalar yoxud muayyan harakatdan tiyilib turish majburiyatidir, kreditor esa qarzdordan o‘z majburiyatlarini bajarishini talab qilishga haqlidir;
3. Xususiy kapital - sub’ektning majburiyatlarni chegirib tashlagandan keyingi aktivlaridir;
4. Rezervlar - kelgusida muayyan xarajatlarga yo‘naltirilishi mumkin bo‘lgan xususiy kapitalning bir qismidir;
5. Daromadlar - hisobot davrida aktivlarning ko‘payishi yoxud majburiyatlarning kamayishidir;
6. Xarajatlar - hisobot davrida aktivlarning kamayishi yoxud majburiyatlarning ko‘payishidir;
7. Moliyaviy natijalar - xo‘jalik yurituvchi sub’ektning foyda yoki zarar shaklida ifodalangan faoliyatining yakuniy iqtisodiy yakunidir.
Baholash - aktivlar va majburiyatlar e’tirof etiladigan va moliyaviy hisobotlarda qayd etiladigan pul o‘lchovining usulidir.
Moliyaviy hisobotlarda baholashning quyidagi usullaridan foydalaniladi:
1. Boshlangich qiymat. Aktivlar sotib olti vaqtida erishilgan tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra belgilangan joriy qiymati bo‘yicha aks ettiriladi. Majburiyatlar majburiyatni bajargunga qadar to‘lanadigan pul mablaglari summasi bo‘yicha majburiyatlarga almashib olingan mablaglar summasida aks ettiriladi.
2. Joriy qiymat. Aktivlar ana shu yoki shunga o‘xshash aktiv endigina sotib olingan bo‘lgandagi holatda to‘lanishi kerak bo‘lgan pul mablaglari summasi bo‘yicha hisobotda aks ettiriladi. Majburiyatlar majburiyatni to‘lash uchun talab etiladigan pul mablaglarining diskontlanmagan summasida aks ettiriladi.
3. Sotish qiymati. Aktivlar sotishdan olinishi mumkin bo‘lgan pul mablaglari summasi bo‘yicha aks ettiriladi. Majburiyatlar ularni to‘lash qiymati bo‘yicha aks ettiriladi, bunday qiymat esa majburiyatlarni to‘lash uchun talab etiladigan pul mablaglarining diskontlanmagan summasidir.
4. Diskontlangan qiymat. Aktivlar xo‘jalik yurituvchi sub’ektning oldin faoliyati davomida aktivlarni ko‘paytirishi lozim bo‘lgan bo‘lgusi pul mablaglari tushumining diskontlangan qiymati bo‘lgan joriy qiymat bo‘yicha aks ettiriladi.
Majburiyatlar kelgusida o‘tkaziladigan pul mablaglarining diskontlangan qiymatidan iborat bo‘lgan, xo‘jalik yurituvchi sub’ektning oddiy faoliyati davomida majburiyatlarni to‘lash uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan joriy qiymat bo‘yicha aks ettiriladi.
5. Balans qiymati - hisobot sanasida buxgalteriya balansida aktivlar va majburiyatlarni aks ettirish qiymatidir.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda boshlangich qiymatni baholash uchun asos qilib oladilar. Undan odatda baholashning boshqa asosiy tushunchalari bilan birgalikda foydalaniladi.