O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti



Download 5,72 Mb.
bet153/307
Sana28.01.2023
Hajmi5,72 Mb.
#904151
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   307
Bog'liq
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism.

Nomoddiy aktivlar balansda alohida modda sifatida aks ettiriladi.
Balansda nomoddiy aktivlar «Boshlang‘ich qiymati» (020-satr) moddasi bo‘yicha tabiiy resurslardan, yer maydonlaridan foydalanish huquqi, patentlar, litsenziyalar, savdo belgilari, tovar belgilari, sanoat namunalariga bo‘lgan huquqlar, mualliflik huquqlari va boshqalar sifatida nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati bo‘yicha aks ettiriladi va ularning hisobi nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlarda (0400)amalga oshiriladi. Bu modda bo‘yicha hisobot davri uchun amalga oshirilgan hisobdan chiqarishlarni chegirgan holdagi gudvill (firma narxi) summasi ham aks ettiriladi. Buxgalteriya hisobida gudvill (firma narxi) nomoddiy aktivining summasini hisobdan chiqarish alohida hisobda amortizatsiya summasi sifatida jamlanmasdan, bevosita 0480 «Gudvill»hisobi saldosini kamaytirishga olib boriladi.
Balansda alohida «Amortizatsiya summasi» (021-satr) moddasi bo‘yicha nomoddiy aktivlar bo‘yicha hisoblangan amortizatsiya summasi aks ettiriladi va ularning hisobi nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi hisoblarda (0500) yuritiladi. «Qoldiq (balans) qiymati» (022-satr) moddasi bo‘yicha 020 «Boshlang‘ich qiymati» va 021 «Amortizatsiya summasi» satrlari farqi aks ettiriladi.
Xalqaro qoidalarga ko‘ra jamg‘arilgan amortizatsiyaning summasi kamdan-kam hollarda balansda alohida ko‘rsatiladi, chunki nomoddiy aktivlarning boshqa uzoq muddatli aktivlardan farqi, unda nomoddiy aktivlarning balans qiymati jamg‘arilgan amortizatsiya summasiga darhol kamayishidir. Amortizatsiya schyotlarida saqla-nadigan axborotlar ma’lumotnoma tavsifiga ega.
Investitsiyalar va qo‘yilmalar. Investitsiya va qo‘yilmalarning turkumlanishi o‘z ichiga uzoq muddatli sarmoyalar va ehtiyoj tug‘il-ganda uzoq muddatda ishlatish uchun maxsus maqsadli jamg‘arma-lardagi pul mablag‘larini oladi. Ushbu bo‘limga quyidagi uzoq mud-datli aktivlar kiritiladi:

  • Yil davomida sotishga mo‘ljallanmagan boshqa kompaniya-ning aksiyalariga yo‘naltirilgan uzoq muddatli investitsiyalar.

  • Boshqa kompaniyaning obligatsiyalariga yo‘naltirilgan uzoq muddatli investitsiyalar. Har qanday amortizatsiya qilinmagan usta-malar investitsiyalarga qo‘shiladi va amortizatsiya qilinmagan har qanday chegirmalar ayiriladi.

  • Sho‘‘ba korxonalarining uzoq muddatli olinadigan hisob-varaqlarini qo‘shgan holda, ularga yo‘naltirilgan investitsiyalar.

  • Maxsus maqsadlar uchun tuzilgan jamg‘armalarga yo‘nalti-rilgan investitsiyalar.

  • Kompaniyalar sug‘urta polislarining sotib olinish baho-si.

  • Xo‘jalik faoliyatida ishlatilmaydigan yer maydonlari va binolar (investitsion mulk) kabi moddiy aktivlarga yo‘naltirilgan uzoq muddatli investitsiyalar.

Joriy aktivlar va uzoq muddatli investitsiyalar o‘rtasida quyi-dagi muhim farqlar mavjud:

  • Uzoq muddatli investitsiyalar korxonaning asosiy faoliya-tida va xo‘jalik muomalalarida qatnashmaydi.

  • Uzoq muddatli investitsiyalar balans sanasidan bir yil-dan ortiq yoki bir operatsiya jarayondan ortiq bo‘lgan muddatda (qaysi biri uzun bo‘lsa) foyda olish uchun mo‘ljallangan.

Uzoq muddatli investitsiyalar buxgalteriya hisobida sotib olish qiymati (tannarxi) yoki sof sotish qiymati bo‘yicha ko‘rsatiladi. Agar investitsiyaning bozor bahosi tannarxidan past bo‘lsa uni bozor bahosiga tenglashtirish maqsadida qayta baholash amalga oshiriladi.
Balansda «Uzoq muddatli investitsiyalar, jami» (030-satr)moddasi bo‘yicha 040, 050, 060, 070, 080-satrlarda ko‘rsatilgan qimmatli qog‘ozlarga, sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga, chet-el kapitali mavjud bo‘lgan korxonalarga va boshqa uzoq muddatli investitsiyalarga qo‘yilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Investor dividendlar olish huquqiga ega bo‘lgan va ushbu qo‘yilmalar bo‘yicha to‘liq mas’uliyatni zimmasiga olgan hollarda qimmatli qog‘ozlar balans aktivida ularning to‘la xarid qiymatida aks ettiriladi, ular bo‘yicha qoplanmagan summa balans passivida kreditorlar moddasiga taalluqli bo‘ladi. Qolgan hollarda xarid qilinadigan qimmatli qog‘ozlar hisobiga kiritilgan summalar balans aktivida debitorlar moddasi bo‘yicha ko‘rsatiladi.
Balansning «Qimmatli qog‘ozlar» (040-satr) moddasida 0610 «Qimmatli qog‘ozlar» hisobida hisobga olinadigan obligatsiyalar, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarga kiritilgan summa (sho‘‘ba va qaram jamiyatlarining qimmatli qog‘ozlari bundan mustasno) aks ettiriladi.
Balansning «Sho‘‘ba xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar» (050-satr) moddasida 0620 «Sho‘‘ba xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar» hisobida hisobga olinadigan sho‘‘ba xo‘jalik jamiyatlarining aksiyalari, obligatsiyalari va boshqa investitsiyalariga kiritilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Balansning «Qaram xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar» (060-satr) moddasida 0630 «Qaram xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar»hisobida hisobga olinadigan qaram xo‘jalik jamiyatlarining aksiyalari, obligatsiyalari va boshqa investitsiyalariga kiritilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Balansning «Chet el kapitali mavjud bo‘lgan korxonalarga investitsiyalar» (070-satr) moddasida 0640 «Chet-el kapitali mavjud bo‘lgan korxonalarga investitsiyalar»hisobida hisobga olinadigan chet el kapitali mavjud bo‘lgan korxonalarning aksiyalari, obligatsiyalari, ustav kapitaliga ulushlari va boshqa investitsiyalariga kiritilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Balansning «Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar» (080-satr) moddasi bo‘yicha yuqorida sanalgan moddalarda hisobga olinmagan va 0690 «Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar»hisobida hisobga olinadigan uzoq muddatli investitsiyalarga kiritilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.

Download 5,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish