O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti


-rasm. Korxonalarda foydani taqsimlash yo‘nalishlari



Download 5,72 Mb.
bet142/307
Sana28.01.2023
Hajmi5,72 Mb.
#904151
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   307
Bog'liq
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism.

19.11-rasm. Korxonalarda foydani taqsimlash yo‘nalishlari

Aksiyadorlik jamiyatlari shaklidagi korxonalar ixtiyorida qolgan sof foydaning taqsimlanadigan qismi, avvalo, foyda hisobidan to‘lanadigan majburiyatlarga, xususan muomaladagi aksiyalarga dividendlar to‘lashga sarflanadi. Foydani taqsimlash to‘g‘risidagi qarorni korxonaning mulkdorlari qabul qiladi. Odatda bunday qaror hisobot yilidan keyingi yilning boshida qabul qilinadi.


Aksiyadorlar o‘rtasidagi taqsimlanishi lozim bo‘lgan majburiy to‘lovlar va barcha soliqlar to‘langandan keyin korxonada qoladigan foydaning bir qismi dividend hisoblanadi. Odatda dividendlar hisobot yili yakunlari bo‘yicha hisoblanadi. Biroq har chorakda va yarim yilda bir marta, agar bu jamiyat ustavida ta’qiqlanmagan bo‘lsa, joylashtirilgan aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli. Yillik dividendlarni to‘lash sanasi aksiyadorlik jamiyati ustavida yoki aksiyadorlar yig‘ilishi qarori bilan belgilanadi. Korxona raxbariyati tomonidan dividendlarni to‘lash e’lon qilinganidan so‘ng, agar ular kelgusi yil uchun to‘lanadigan bo‘lsa, joriy majburiyatlar sifatida hisobda aks ettiriladi.
Dividendlar:
- pul mablag‘lari;
- aksiyalar;
- boshqa mol-mulk bilan to‘lanishi mumkin.
Dividendlarni pul mablag‘lari bilan to‘lashda pul mablag‘lari va majburiyatlarni qayta taqsimlash sodir buladi. Hisoblab yozilgan dividendlardan soliq dividendlarning to‘lov manbaida, ya’ni aksiyadorlik jamiyati yoki MChJ tomonidan ushlab qolinadi va budjetga to‘lanadi.
Ana shunday jarayonlar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
D-t 8710 – “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (zarari)”
K-t 6610 – “To‘lanadigan dividendlar”
Taqsimlangan foydadan dividendlar hisoblansa 8710-schet debetlanib 6610- «To‘lanadigan dividendlar» scheti kreditlanadi.
Dividendlar to‘langanda 6610 «To‘lanadigan dividendlar» scheti debetlanib quyidagi schetlar kreditlanadi:
Kredit 5010, 5110, 5210- schetlar - pul mablag‘lari bilan to‘lansa;
Kredit 9010 «Tayyor mahsulot sotishdan olingan daromadlar» scheti sotish bahosida ishlab chiqarilgan mahsulot bilan to‘lansa. Shu bilan birga natura shaklida to‘langan mahsulotning haqiqiy tannarxiga 9110 «Sotilgan tayyor mahsulotlar tannarxi» scheti debetlanib 2810 «Ombordagi tayyor mahsulot» scheti kreditlanadi.
Kredit 4610 «Ustav kapitali (fondi)ga badallari bo‘yicha ta’sischilarning qarzi» scheti - dividendlar aksiyalar bilan to‘lansa.
9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schetining sintetik va analitik hisobi 15-jurnal - orderida yuritiladi. Bu jurnal orderga yozish uchun asos bo‘lib buxgalteriyaning ma’lumotnomasi, bankning hisob - kitob scheti va bosho‘a schetlardan bergan ko‘chirmasi va bosho‘a hujjatlar hisoblanadi.
Sof foydaning jamg‘arma qismi aksiyadorlar umumiy yig‘ini qaroriga binoan maxsus jamg‘armalar va zaxiralar tashkil qilishga yo‘naltiriladi. Taqsimlanmagan foydadan rezerv kapitalini shakllantirish uchun ajratiladi. Bunda quyidagicha provodka beriladi:
D-t 8710 «Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)»
K-t 8520 «Rezerv kapitali».
Aksiyadorlik jamiyatlari shaklidagi korxonalar va qo‘shma korxonalarda foyda taqsimotining asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, ular boshqa korxonalardan farqli o‘laroq, rezerv kapitalini tashkil qilishlari lozim.
O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 34-moddasida belgilanganidek, ushbu fond: “ustav kapitali hajmining 15% dan kam bo‘lmagan miqdorda tashkil qilinadi.
U har yilgi sof foydadan kamida 5% ini belgilangan miqdorga yetmaguncha ajratmalar hisoblash ko‘rinishida shakllanadi va xo‘jalik faoliyatida vujudga kelgan zararni qoplash, jamiyat obligatsiyalarini muomaladan chiqarish, imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash va ushbu Qonunga muvofiq, aksiyalarni sotib olish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlarning talabiga binoan aksiyalarni sotib olish uchun mo‘ljallanadi.
Zaxira fondidan boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin emas”. Bu ajratmalar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
D-t 8710 – “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (zarari)”
K-t 8520– “Rezerv kapitali”.
9900-“Yakuniy moliyaviy natija” hisobvarag‘ining debet va kredit oborotlarining farqi korxonaning hisobot yilidagi moliyaviy natijasini, ya’ni soliq to‘langunga qadar bo‘lgan foydasidan soliqlarni ayirgandan keyingi summani aks yettiradi. Hisobot yilining oxirida 9810-“Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar”, 9820-“Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha xarajatlar” hisobvaraklarida foyda (daromad)dan hisoblangan umumiy summa aks yettiriladi. Hisobot davrida hisoblangan soliq va yig‘imlar summasi quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali chegirib tashlanadi:
D-t 9900-“Yakuniy moliyaviy natija”
K-t 9810-“Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar”
D-t 9900-“Yakuniy moliyaviy natija”
K-t 9820-“Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha xarajatlar”.
Hisobot yilining yakunlari bo‘yicha korxona foyda olsa, ya’ni 9910- schyotning kredit tomonidagi qoldiq (saldo), faoliyati zarar bilan chiqsa, 9910-schyotning debet tomonidagi qoldiq (saldo) qoladi.
Foydani taqsimlash to‘g‘risidagi qarorni korxonaning mulkdorlari qabul qiladi. Odatda bunday qaror hisobot yilidan keyingi yilning boshida qabul qilinadi. Aksiyadorlar o‘rtasidagi taqsimlanishi lozim bo‘lgan majburiy to‘lovlar va barcha soliqlar to‘langandan keyin korxonada qoladigan foydaning bir qismi dividend hisoblanadi. Odatda dividendlar hisobot yili yakunlari bo‘yicha hisoblanadi. Biroq har chorakda va yarim yilda bir marta, agar bu jamiyat ustavida ta’qiqlanmagan bo‘lsa, joylashtirilgan aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli. Yillik dividendlarni to‘lash sanasi aksiyadorlik jamiyati ustavida yoki aksiyadorlar yig‘ilishi qarori bilan belgilanadi.
Dividendlarni pul mablag‘lari bilan to‘lashda pul mablag‘lari va majburiyatlarni qayta taqsimlash sodir buladi. Hisoblab yozilgan dividendlardan soliq dividendlarning to‘lov manbaida, ya’ni aksiyadorlik jamiyati yoki MChJ tomonidan ushlab qolinadi va budjetga to‘lanadi.
Aksiyalar ko‘rinishidagi dividendlar kapitallashtirishda taqsimlanmagan foyda sifatida ifodalanuvchi, aksiyadorlar uchun qo‘shimcha aksiyalar chiqarishdir.
Misol 150000 so‘mlik nominal qiymatdagi 20000 dona aksiyaga ega aksiyadorlik jamiyati amaldagi 4% miqdorida aksiyalar ko‘rinishidagi dividendlar to‘lovi xaqida e’lon qiladi.
Ushbu davrda aksiyalarning bozor qiymati – 550(170000) so‘m:
Nominal qiymati 500(150000) so‘mlik 20000 dona aksiya oddiy aksiyalar - 5000000(3000 000 000);
ya’ni, Ustav kapitali – 3 000 000 000
Emission daromad – 400 000 000 so‘m;
Taqsimlanmagan foyda -5 696 550 000 so‘m;
Jami xususiy kapital – 9 096 550 000 so‘m.
Qaror: dividentlar to‘lash uchun yangi aksiyalar chiqarildi -4% (20000 dona=800 dona)
Kichik miqdorda aksiyalar chiqarilgani uchun ular bozor baxosida, ya’ni 550 (170000) so‘mdan hisobga olinishi lozim.
Chiqarilgan aksiyalarning bozor qiymati - 550(170000) so‘m (800 ta aksiyaning nominal qiymati (800*150000)=120 000 000 so‘mni tashkil etgan, bozor qiymatidan farqi (800*20000) =16 000 000 so‘mni tashkil etib, bu esa emission daromad hisoblanadi)
Ushbu muomilalarga quyidagicha buxgalteriya yozuv qilinadi:
Hisoblab yozish paytida:
Debet-8710 "Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) – 136 000 000 so‘m.
Kredit-6610 "To‘lov uchun dividendlar" -136 000 000 so‘m.
Aksiyalar bilan to‘lash paytida:
Debet-6610 "To‘lov uchun dividendlar" -136 000 000 so‘m.
Kredit-8310 "Oddiy aksiyalat" - 120 000 000 so‘m
Kredit-8410 "Emission daromad" - 16 000 000 so‘m
Dividendlar aksiyalar bilan to‘langanidan keyin xususiy kapital quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi.
- Nominal kiymati 150000 so‘mlik 20800 dona oddiy aksiya - 3120 000 000 so‘m; ya’ni:
-Ustav kapitali -3120 000 000 so‘m;

  • Emission daromad - 416 000 000 so‘m;

  • Taqsimlanmagan foyda – 5 560 550 so‘m.

  • Jami xususiy kapital – 9 096 550 000 so‘m.

Aksiyalar bilan dividendlar to‘langanda aksiyadorlik jamiyatining majburiyatlari yoki aktivlarida o‘zgarish yuz bermaydi, chunki dividendlar pul mablag‘lari ko‘rinishida to‘lanadigan xolatdagi kabi korxona mablag‘lari taqsimlanmaydi. Ya’ni dividentlar aksiyalar bilan to‘langanida xususiy kapital xajmi o‘zgarmaydi, faqat uning tuzulmasi o‘zgaradi. Bundan tashqari, aksiyalar ko‘rinishida olingan dividendlar jismoniy shaxslarda solqqka tortishdan ozod qilinadi.
Misol. “Guliston” MChJ 5 696 550 ming so‘m sof foyda ko‘rdi. Foydani taqsimlash to‘g‘risidagi qarorni korxona mulkdorlarining umumiy yig‘ilishida qabul qilingan. Umumiy yig‘ilishida qabul qilingan qarorga binoan foydaning 42,5% dividendlar tarzida to‘lanishi belgilangan. Demak, hisob yilida olingan foydaning 2 421 033,75 ming so‘mi dividendlar tarzida to‘lanadi. Taqsimlanmagan foydadan dividendlar tarzida to‘lovlar hisoblanganda quyidagicha provodka beriladi:
D-t 8710 – “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (zarari)”- 2 421 033,75 ming so‘m
K-t 6610 – “To‘lanadigan dividendlar”-2 421 033,75 ming so‘m
8520 “Rezerv kapitali (fondi)” schyoti korxona tomonidan ta’sis hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tashkil etiladi. Rezerv kapitali aksiyadorlik jamiyatlari, qo‘shma korxonalar va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun xujjatlarida hamda ta’sis hujjatlarida rezerv kapitalini shakllantirish ko‘zda tutilgan boshqa xo‘jalik yuriguvchi sub’ektlar tomonidan shakllantiradi.
Misol. “Guliston” MChJ 5 696 550 ming so‘m sof foyda ko‘rdi. Foydani taqsimlash to‘g‘risidagi qarorni korxona mulkdorlarining umumiy yig‘ilishida qabul qilingan. Korxonaning Nizomi va umumiy yig‘ilishida qabul qilingan qarorga binoan foydaning 12,5% rezerv kapitali (fondi)ga zahira sifatida shakllantirish belgilangan. Demak, hisob yilida olingan foydaning 712 068,75 ming so‘mi rezerv kapitali (fondi)iga ajratiladi. Taqsimlanmagan foyda summasidan qonunchilikda belgilangan tartibda rezerv kapitalini (fondini) shakllantirish uchun foydalanish mumkin, bunda taqsimlanmagan foydadan rezerv kapitalini shakllantirish uchun ajratilganda quyidagicha provodka beriladi:
Debet 8710 “Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)” schyoti -712 068,75 ming so‘m
Kredit 8520 “Rezerv kapitali (fondi)” schyoti -712 068,75 ming so‘m
19.5- jadval

Download 5,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish