O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti


Biznes tarkibini o‘zgartirish bo‘yicha qarorlar qabul qilishda boshqaruv samaradorligini baholash



Download 5,72 Mb.
bet281/307
Sana28.01.2023
Hajmi5,72 Mb.
#904151
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   307
Bog'liq
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism.

32.5. Biznes tarkibini o‘zgartirish bo‘yicha qarorlar qabul qilishda boshqaruv samaradorligini baholash

Korxonalarda biznes tarkibini o‘zgartirish bo‘yicha oqilona boshqaruv qarorlari qabul qilish boshqaruv tizimi samaradorligini tahlil qilishga bevosita bog‘liq.


Bozor munosabatlari sharoitida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar boshqaruvi samaradorligini oshirish mamlakat iqtisodiyotini istiqbolli rivojlantirishning muhim omili hisoblanadi. Mazkur holatda korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati ichki va tashqi omillar ta’sirida takomillashadi. Ular oldiga o‘z faoliyatlarini bozor tamoyillaridan kelib chiqqan holda tashkil etish talabi qo‘yiladi.
Bu kabi talablar korxonalarga xaridorlar ehtiyojlarini optimal darajada qondirish, sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan hamda tashqi muhit o‘zgarishlariga moslashuvchan boshqaruv tizimini vujudga keltirishni taqozo etadi.
Ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlashda boshqaruv samaradorligi alohida o‘rin egallaydi, chunki har bir iqtisodiy tizim va jarayon samarali boshqarishni talab qiladi. Iqtisodiyotning boshqarish samaradorligi deyilganda, avvalombor, boshqarish jarayonining natijaviyligi tushuniladi.
Agar korxona boshqaruv faoliyatining natijaviyligi xodimlar faoliyatining pirovard natijaviyligi bilan to‘g‘ri kelsa, boshqarishda murakkab, ko‘p qirrali ob’ektni baholash bo‘yicha to‘liq (umumiy) yoki shaklan samaradorlik yuzaga keladi (32.7.-rasm).


32.7-rasm. Korxonada boshqaruv samaradorligining turlari
Samaradorlik ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya sifatida boshqaruvning barcha tomonlarini qamrab oladi va iqtisodiy, tashkiliy, marketing hamda boshqa munosabatlarni ifodalaydi.
Boshqaruv samaradorligi boshqaruvning o‘ziga emas, balki ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qilishi zarur. Bu holat boshqaruv va ishlab chiqarishni bir-biridan ajratib bo‘lmasligi, biroq bu yaxlitlikda ishlab chiqarish ustuvor hisoblanishi lozimligi bilan izohlanadi.
Ikkinchidan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish faqat ishlab chiqarishni emas, balki korxona faoliyatining boshqa jihatlari, xususan, bozorlarni o‘rganish, xodimlar va moliyani boshqarish kabilarning samaradorligini oshirishni ham talab etadi. Shu sababali, boshqaruv samaradorligi deganda pirovard natijada ob’ektni yaxlit tizim sifatida oqilona faoliyat ko‘rsatishi va uning rivojlanishini ta’minlaydigan boshqarishni tushunish zarur.
Korxona boshqaruvi samaradorligini ta’minlashda uning uslubiy jihatdan mezon va ko‘rsatkichlari aniqlanishi alohida ahamiyatga ega. Bu ko‘rsatkichlarni aniqlash uchun boshqaruv tizimi samaradorligining tahlilini o‘tkazish lozim. Chunki o‘tkaziladigan tahlil qanchalik chuqur va sifatli bo‘lsa, boshqaruv samaradorligining ob’ektiv baholanishiga shunchalik ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur tahlil jarayonida aniqlangan mezon va ko‘rsatkichlardan foydalanib boshqaruv samaradorligiga baho beriladi. Quyidagi rasmda boshqaruv tizimi samaradorligini tahlil qilish modeli keltirilgan (32.8.-rasm):




Download 5,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish