O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti



Download 5,72 Mb.
bet28/307
Sana28.01.2023
Hajmi5,72 Mb.
#904151
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   307
Bog'liq
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism.

3 YIL UChUN QAYTA BAHOLAShGA MISOL  



Asosiy vositalar nomi

Xarid qilingan sanasi

1.01.2020 yilga dastlabki (tiklanish)
qiymati

1.01.2020 yilga jamlangan eskirish

1

2

3

4

1

Metall kesuvchi dastgoh

2003 y.

510 000

510 000

2

Kompyuter

1 kv.
2019 y.

6 000 000

900 000

3

Mebel to‘plami

2014 y.

1 150 000

862 500







baholash indekslari



Qayta baholangan qiymat
(3-ust. x 5-ust. x 6-ust. 7-ust.)

Qayta baholangan eskirish
(4-ust. x 5-ust. x
6-ust. x 7-ust.)

1.01.2018 yilga



1.01.2019 yilga

1.01.2020 yilga




5

6

7

8

9

Metall kesuvchi dastgoh

1,463

1,012 

1,040 

785 287

785 287

Kompyuter



1,000 

6 000 000 

900 000 

Mebel to‘plami

1,144

1,080

1,039

1 476 261

1 107 196

Qayta baholash natijasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
asosiy vositalar (0100), moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar (0300), kapital qo‘yilmalar (0800), o‘rnatiladigan asbob-uskunalarni (0700) hisobga olish schyotlari debeti - asosiy vositalar ob’ektlarining dastlabki (tiklanish) qiymatini qo‘shimcha baholash summasiga;

  • asosiy vositalar eskirishini hisobga olish schyotlari krediti (0200) - asosiy vositalarning va moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning jamlangan eskirishini qo‘shimcha baholash summasiga;

  • 8510-«Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» schyoti krediti - asosiy fondlar ob’ektining dastlabki (tiklanish) qiymatini qo‘shimcha baholash va jamlangan eskirishi summalari o‘rtasidagi farq summasiga.

Misolimizda keltirilgan ma’lumotlar bo‘yicha buxgalteriya yozuvlari quyidagicha bo‘ladi:

Asosiy fondlar nomi 

Summa,
so‘m

Debet

Kredit

Metall kesuvchi dastgoh

275 287
(785 287 - 510 000)

0130- «Mashina va asbob-uskunalar»

0230-«Mashina va asbob-uskunalarning eskirishi»

Kompyuter

-

-

-

Mebel to‘plami

244 696
(1 107 196 – 862 500)

0140-«Mebel va ofis jihozlari»

0240-«Mebel va ofis jihozlarining eskirishi»

81 565
(1 476 261 – 1 150 000 – 244 696)

8510-«Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar»

Balansda qanday aks ettiriladi? 
1 yanvar holatiga ko‘ra qayta baholash natijalarini qayta baholash o‘tkazilgan joriy davr uchun moliyaviy hisobotda aks ettiring. Bu 2020 yil yanvarda o‘tkazilgan qayta baholash natijalari 2020 yil uchun hisobotda uni tuzish chog‘ida (2020 yil I choragi uchun hisobotda uni tuzuvchilar uchun) aks ettirilishi kerakligini anglatadi. Ular 2019 yil uchun hisobotda aks ettirilmaydi.
Shu tariqa, 2019 yil uchun moliyaviy hisobotda asosiy fondlar qiymati yil oxiriga qayta baholashsiz aks ettiriladi. 2020 yil uchun moliyaviy hisobotda ushbu qiymat yil boshiga qayta baholash natijalarini hisobga olgan holda ko‘rsatiladi. O‘tgan yil oxiridagi va hisobot yili boshidagi ma’lumotlarning bunday nomuvofiqligi 2020 yil uchun moliyaviy hisobotga tushuntirish xatida tushuntirib berilishi lozim.


15.9. Asosiy vositalarni hisobdan chiqarilishini hisobga olish

Quyidagi xo‘jalik operatsiyalari natijasida asosiy vositalar ob’ektlarining qiymati xo‘jalik yurituvchi sub’ekt aktivlari tarkibidan chiqib ketadi:


sotilganda;

  • undan buyon foydalanish maqsadga muvofiq emasligi sabablariga ko‘ra hisobdan chiqarilganida;

  • chet xo‘jalik yurituvchi sub’ekt va shaxslarga bepul berilganida;

  • boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav kapitaliga ulush sifatida qo‘shilganida;

  • moliyaviy lizing shartnomasiga ko‘ra topshirilganida;

  • kamomad yoki yo‘qotish aniqlanganida.

Asosiy vositalar chiqib ketganida ularning dastlabki qiymati asosiy vositalarni hisobga olishning tegishli schyotlari kreditidan 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» schyoti debetiga hisobdan chiqariladi. Asosiy vositalarni chetga sotishdan tushgan tushum 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» schyoti krediti bo‘yicha 4890-«Boshqa shaxslarning qarzlari-joriy qismi» va 0990-«Boshqa uzoq muddatli debitorlik qarzlari» schyotlari bilan korrespondensiyada aks ettiriladi.
Asosiy vositalar chiqib ketganida ular bo‘yicha hisoblangan eskirish summasi 0210-0290-schyotlari debetidan 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» schyoti kreditiga hisobdan chiqariladi.
To‘liq amortizatsiya qilinmagan asosiy vositalarning sotilishidan ko‘rilgan foyda (zarar) asosiy vositalarning boshlang‘ich (tiklash) qiymati, QQS (faqat QQS to‘lovchilari uchun) hamda sotish xarajatlari va tushumlariga to‘g‘rilangan, oyning 1-sanasiga hisoblangan eskirish o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Misol.
«MALIKA» hissadorlik jamiyatida may oyida asosiy vosita hisobdan chiqarildi: balans qiymati 120000 so‘m, eskirish qiymati 30000 so‘m.
Asosiy vositaning sotish qiymati 80000 so‘m. Moliyaviy natijani aniqlab, muomalaga quyidagicha provodka beramiz:
♦ dasturiy ta’minotning sotish qiymatiga:
D-t 4890-«Boshqa shaxslarning qarzlari-joriy qismi» - 200000 so‘m
K-t 9210-«Asosiy vositalarning sotishsi va boshqacha chiqib ketishi» - 200000 so‘m.
♦ balans qiymati hisobdan chiqarildi:
D-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 120000 so‘m
K-t 0130-«Mashina va jihozlar» -120000 so‘m.
♦ eskirish qiymati hisobdan chiqarildi:
D-t 0230-«Mashina va jihozlarning eskirishi» - 30000 so‘m K-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 30000 so‘m.
♦ QQS hisoblab yozildi. QQS summasi asosiy vositalarning
shartnomaviy qiymati va qoldiq qiymati o‘rtasidagi farqdan
aniqlanadi. Soliqqa tortiladigan oborot 200-(120-30)=110000
so‘mdan iborat.
QQS= 110000*20/100=18300 so‘m;
D-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 18300 so‘m
K-t 6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» -18300 so‘m.
♦ Asosiy vositani sotishdan foyda olindi (200000+30000-
120000-18300)=91700so‘m:
D-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 91700 so‘m.
K-t 9310-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan foyda» - 91700 so‘m.
To‘liq amortizatsiya qilingan asosiy vositalarni bepul berishdan ko‘rilgan zararlar mazkur asosiy vositalarning boshlang‘ich (tiklash) qiymati hamda berilgan oydan oldingi oyning 1-sanasiga hisoblab yozilgan va berayotgan taraf tomonidan to‘lanadigan QQS summasiga ko‘paytirilgan eskirish o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Misol.
Boshlang‘ich qiymati 70000 so‘m bo‘lgan stanok boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektga bepul berilgan, eskirish summasi-30000 so‘m.
Bunda asosiy vositalarning qoldiq qiymati QQSga tortish ob’ekti bo‘lib hisoblanadi, ya’ni 70000-30000=40000 so‘m.
Hisoblab yozilgan QQS summasiq40000*20/100=6700 so‘m.
Asosiy vositani bepul berishdan ko‘rilgan zarar summasi quyidagiga teng: 70000-6700-30000=33300 so‘m. Ushbu muomalalarga quyidagicha provodka beramiz:
♦ balans qiymati hisobdan chiqarildi:
D-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 70000 so‘m
K-t 0130-«Mashina va jihozlar» - 70000 so‘m.
♦ eskirish qiymati hisobdan chiqarildi:
D-t 0230-«Mashina va jihozlarning eskirishi» - 30000 so‘m K-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 30000 so‘m.
♦ QQS hisoblandi:
D-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 6700 so‘m
K-t 6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» - 6700 so‘m.
♦ Stanokni bepul berishdan zarar ko‘rildi (70000-6700-
30000)^33300 so‘m:
D-t 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» - 33300 so‘m
K-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 33300 so‘m.
Mol-mulkni bepul berishdan ko‘rilgan zararlar teskari hisoblash yo‘li bilan berayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektda soliqqa tortiladigan bazaga kiritiladi.
Asosiy vositalar boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ustav kapitaliga badal sifatida kiritilishi mumkin.
Misol.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ustav kapitaliga boshlang‘ich qiymati 350000 so‘m bo‘lgan, 500000 so‘m shartnoma bahosiga ega bo‘lgan hamda eskirishi 140000 so‘m bo‘lgan stanokni ulush sifatida kiritdi. Ushbu muomalalarga quyidagicha provodkalar beriladi:
♦ Boshlang‘ich qiymatni hisobdan chiqarish:
D-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 350000 so‘m
K-t 0130-«Mashina va jihozlar» - 350000 so‘m.
♦ eskirish qiymati hisobdan chiqarildi:
D-t 0230-«Mashina va jihozlarning eskirishi» -140000 so‘m K-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 140000 so‘m.
♦ shartnomaviy bozor bahosi bo‘yicha uzoq muddatli investitsiyal ar:
D-t 0620-0690-«Uzoq muddatli investitsiyalar» - 500000 so‘m K-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 500000 so‘m.



Download 5,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish