O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti


Asosiy vositalarni qayta baholash muomalalarini hisobda aks



Download 5,72 Mb.
bet26/307
Sana28.01.2023
Hajmi5,72 Mb.
#904151
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   307
Bog'liq
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism.

15.8. Asosiy vositalarni qayta baholash muomalalarini hisobda aks ettirish.
Asosiy vositalarni qayta tiklash qiymati yoki qayta baholanishining ikkita tartibini berib o‘tish mumkin.

15.7-rasm Asosiy vositalarni qayta baholash tartiblari.
Asosiy vositalarni indeks usulida qayta baholanishi ularning amal qilib kelingan qayta baholashni tavsiflaydi, ya’ni yuqori organ tomonidan asosiy vositalarning turi va foydalanishga topshirilgan yillari bo‘yicha indekslari tushuniladi. Ushbu indekslar asosida asosiy vositalarning dastlabki qiymati qayta korrektirovka qilinadi. Asosiy vositalarning eskirish qiymatlari ham ushbu koeffitsentlar asosida qayta o‘zgartiriladi. Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashdan maqsad ularni o‘rnini tiklash hisoblanadi. Shunday ekan, asosiy vositalarni qayta baholashda ularni eskirish qiymatini qayta baholash koeffitsiyentlari bilan korrektirovka qilmaslik lozim. Negaki, o‘rtadagi eskirish sifatida aks ettirilgan tafovut xarajatlar tarkibida aks etmagan. Fikrimizga to‘liqroq sharx beradigan bo‘lsak, asosiy vositalarga hisoblangan amortizatsiya summalari xarajatlar tarkibiga kiritilib, mahsulot tannarxi bilan yoki davr xarajatlarini daromadlar orqali qoplanishi bilan pul ko‘rinishida qaytarib olinadi. Qayta baholash natijasida korrektirovka qilingan amortizatsiya summasi bilan shu kungacha hisoblangan amortizatsiya summasi o‘rtasidagi farq pul ko‘rinishida qaytarib olinmaydi, bu esa asosiy vositalarning o‘rnini qayta tiklash uchun boshqa aktivlardan foydalanishga, ya’ni haqiqiy hisoblangan amortizatsiya qiymati bilan asosiy vosita qiymati o‘rtasidagi qiymat boshqa mablag‘larni sarflash bilan qoplanadi.
Bozor bahosida va indeks usulida baholashlar hisobot yilining birinchi yanvar holatiga, ya’ni moliyaviy hisobot tuzish vaqtiga amalga oshirilishi mumkin. Asosiy vositalarni bozor bahosida qayta baholanishi hisobot tuzish sanasiga xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda mavjud bo‘lgan va foydalanishda bo‘lgan asosiy vositalarning haqiqiy bozordagi qiymatidan kelib chiqqan holda tuzatishlar kiritiladi. Asosiy vositalarning eskirish qiymatlarining oshirilishi ushbu farqlar foiziga o‘zgartiriladi.
O‘z o‘rnida, bozor bahosida baholash usulini amaliyotga joriy etishning huquqiy va tashkiliy mezonlari belgilanmog‘i lozim bo‘lib, shuning uchun hozirgi kunga kelib uni qaysi organ va tashkilot tomonidan amalga oshirilishi, uning tartib qoidalari belgilanmagan. Bu tartiblarni belgilashda yagona organ ochilishi yoki uning xizmat funksiyalarining boshqa organga berilishi bilan hal etilishi o‘z yechimini topishi mumkin bo‘lgan masala sifatida bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi.
Tiklangan qiymat - asosiy vositalarning qayta baholashni hisobga olgan holdagi qiymati. Asosiy vositalarning tiklash qiymati asosiy fondlarni qayta hosil qilish qiymati bilan, ya’ni ularning qurilishi yoki ularni muayyan muddatda joriy bozor narxida sotib olish bilan bog‘liq.
2002 yil 1 yanvardan mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘zlarining asosiy fondlarini har yili 1 yanvar holatiga qayta baholashlari kerak.
2009 yil 19-noyabordagi 1192-2 soni O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan (20.10.2009 y. 2 sonli O‘zbekiston respublikasi davlat statistika qo‘mitasining, 20.10.2009 y. N 2009-30 sonli, O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasining, 20.10.2009 y. N 98 O‘zbekiston respublikasi moliya vazirligining, 20.10.2009 y. N 90 O‘zbekiston respublikasi iqtisodiyot vazirligining qarori) 1 yanvar holati bo‘yicha asosiy fondlarni har yili qayta baholashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida qaror asosida qayta baholash o‘tkaziladi.
Ham o‘z asosiy vositalari, ham uzoq muddatga ijaraga olingan, shu jumladan uzoq muddatli lizing bo‘yicha olingan asosiy vositalar qayta baholanishi kerak. Shuningdek, o‘rnatilishi kerak bo‘lgan uskunalar va qurilishi tugallanmagan ob’ektlar ham qayta baholanadi.
Misol. Ishlab chiqarish uskunasi 800 ming so‘mlik dastlabki qiymatga va 460 ming so‘mlik jamlangan eskirishga ega. Uskuna qiymatini qayta baholash 5,6 koeffitsiyenti bo‘yicha amalga oshirilgan.
Asosiy vositalarning tiklash qiymati 4480 ming so‘mni tashkil qiladi. Eskirish summasi ta’kidlangan koeffitsiyent bilan tuzatilgan – 2576 ming so‘m, Asosiy vositalar qiymatidagi 3680 ming so‘mlik farq korxonaning zaxira hisobidagi kapitalini ko‘paytiradi, eskirishdagi – 2116 so‘mlik farq, esa kamaytiradi.
Asosiy vositalarni qayta baholash shuningdek, korxona mulk egasining qaroriga asosan asosiy vositalar boshqa korxonalarning ustav fondiga ulush sifatida kiritilayotganda ham amalga oshirilishi mumkin.
Misol. Korxona boshqa korxonaning ustav fondiga o‘zining ulushi sifatida 18600 ming so‘mlik dastlabki qiymatga ega bo‘lgan, 3162 ming so‘mlik eskirish hisoblangan kompyuterni kiritadi. Ta’sischilarning kelishuviga asosan kompyuter qiymati 22500 ming so‘mga baholangan.
Yuqorida nomi keltirilgan yo‘riqnomaga asosan qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadigan aylanma bo‘lib ulushning qiymati 25662 ming so‘m va qoldiq qiymati 18600 ming so‘m o‘rtasidagi farq, ya’ni 7062 ming so‘m hisoblanadi. QQS summasi 921.1 ming so‘mni tashkil qiladi (7062*15:115).




Download 5,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish