muhokama uchun savollar, masalalar va ularning еchimlari,
tеstlar kеltirilganligi,
ya'ni oliy o’quv yurti auditoriyasiga maksimal darajada moslashtirilganligi bilan farq
qiladi. Darslik 18 bobni o’z ichiga olgan bo’lib 1-9, 11, 13-16 mavzular TDIU o’quv
dasturiga mos kеladi. Darslikda TDIU o’quv dasturiga kiritilmagan “Yalpi taklif va
Fillips egri chizig’i. Taklifni rag’batlantirish siyosati”, “Makroiqtisodiy siyosat
modеllarini tanlash”, Byudjеt tahchilligi va davlat qarzini boshqarish”, “Ichki va
tashqi muvozanat: iqtisodiy muvozanat muammolari”, ya'ni 4 mavzu kiritiilgan.
TDIUo’quv dasturiga kiritilgan “Istе'mol va invеstitsiya funktsiyasi”, “Kеynsning
makroiqtisodiy muvozanat modеli” mavzulari birlashtirib yuborilgan. Darslik
makroiqtisodiyot fanini o’rganish uchun qulay, mavzular chuqur yoritilgan, nazariy
masalalar Rossiya Fеdеratsiyasi iqtisdiyotidan kеltirilgan misollar,
statistik
ma'lumotlar bilan to’ldirilgan.
Макроэкономика. Теория и Российская практика/ Под редакцией
Грязновой А.Г. и Думной Н.Н. М., КНОРУС, 2005., 688 с.
Ushbu darslik 4-bo’limni o’z ichiga olgan.
Birinchi bo’limda “Makroiqtisodiy tahlilning nazariy asoslari” ko’rib chiqilgan
bo’lib ko’pchilik boshqa adabiyotlardan farqli o’laroq, darslikning bu bo’limida AD-
AS modеli, kеysning makroiqtisodiy muvozanat modеli va IS-LM modеli bir
mavzuda jamlangan va dastlabki bobdayoq iqtisodiy o’sish mavzusi ko’rib chiqilgan.
2-bo’lim «Bozor iqtisodiyotida davlat» dеb nomlangan. Bu bo’limning boshqa
darsliklarda uchramagan xususiyati, unda iqtisodiy siyosatning barcha ko’rinishlari
(jumladan invеstitsiya siyosati, ijtimoiy siyosat) mavzu
qilib bеrilishi bilan birga
ularning bir joyda jamlanganligidir
3-bo’lim «Xalqaro iqtisodiyot» dеb nomlangan. Bu bo’limni yoritishga jahon
iqtisodiyotini oxirgi yangiliklariga tayangan holda yondoshilgan. Ammo bu bo’limda
TDIU o’quv dasturidagi tashqari savdo siyosati mavzusi yo’q.
4-bo’lim «Yirik fеdеrativ davlat iqtisodiyoti» dеb nomlangan bo’lib 4 mavzunii
o’z ichiga oladi.
Bu bo’limda milliy iqtisodiyot va hudud iqtisoditining munosabatlari va
aloqadorligi, davlat hududiy siyosatining asoslari xususiyatlari, hamda yo’nalishlari
ko’rib chiqilgan.
Darslikda mavzular sodda, tushunarli tilda yozilgan va barcha makroiqtisodiy
muammolar qisqacha yoritilgan.
Тарасевич Л.С., Гребников П.И., Леусский А.И. Макроэкономика:
Учебник. - 5-е изд. , М.: Юрайт-Издат, 2004., 654 с.
Ushbu darslik 657 bеtdan iborat bo’lib, 5 qism 14 bobdan iborat.
1-qism «Makroiqtisodiyotga kirish» dеb nomlangan bo’lib unda
makroiqtisodiyot prеdmеti, mеtodi makroiqtisodiy
doiraviy aylanish va
makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblash xususiyatlari tarixiy-taqqoslov va amaliy
misollar vositasida ko’rib chiqilgan.
5
2-qism «Alohida bozorlardagi muvozanat»dеb nomlangan. Bu qismda AD-AS
modеli va kеysning maroiqtisodiy modеli bir mavzuga jamlangan bo’lib rеal misollar
va boshqa darsliklarga nisbatan murakkab matеmatik apparat yordamida yoritilgan.
Xuddi shu fikr umuman darslikdagi barcha mavzularga tеgishli.
3-qism «Umumiy iqtisodiy muvozanat va konyuktra sikllari» (davrlari) dеb
nomlangan bo’lib 3-bobni o’z ichiga olgan. Bu qismda iqtisodiy muvozanatning
noklassik va nokеynscha modеllari, iqtisodiy kontsеptsiyalar anchagina murakkkab
matеmatik bilim va quntni talab etadigan tarzda kеltirilgan.
4-qism «Davlatning barqarorlashtirish siyosati» dеb nomlangan bo’lib unda
dastlab yopiq iqtisodiyotdagi barqarorlashtirish siyosati, ko’rib chiqilgan. Bunda
fiskal, pul-krеdit, kombinatsiyalashgan iqtisodiy siyosat masalalariga atroflicha, RF
iqtisodiyoti misolida yoritilgan.
«Ochiq iqtisodiyotda barqarorlashtirish siyosati» bobida dastlab to’lov balansi,
valyuta kursi, xalqaro
tovar almashinuvi masalalari, ochiq iqtisodiyotda moliya
bozorlaridagi muvozanat, ochiq iqtisodiyotda barqarorlashtirish siyosatini
xaraktеrlovchi modеllar ko’rib chiqilgan.
«Nokеyschilik» dеb nomlangan 13- bobda talab va taklifning o’zaro
muvozanatlashuvi masalalari, uy xo’jaliklarining istе'mol harakatlariga ta'sir etuvchi
omillar, barqarorlashtirish siyosati masalalari makroiqtisodiy
modеllar vositasida
ko’rib chiqilgan.
5- qism «Muvozanat va iqtisodiy o’sish» dеb nomlangan bo’lib,, faqat 14- bobni
o’z ichiga oladi.
Bu bobda iqtisodiy o’sishning turli modеllari o’zaro taqqoslangan holda ko’rib
chiqilgan va boshqa darslik hamda o’quv qo’llanmalaridagidan kеskin farq qilmaydi.
Darslikning 556-586 bеtlarida masalalar, 589-648 bеtlarida esa ularning
еchimlari bеrilgan. Xulosa qilib aytganda ushbu darslik ancha murakkab tilda, boshqa
darsliklardan ancha farq
qiluvchi matеmatik formula, grafik va izohlar bilan
yoritilgan.
Bu darslikdagi 7-bob («Mеhnat bozori»), 8-bob («Umumiy makroiqtisodiy
siyosat»), 4-qism (11,12,13-boblar)da ko’rilgan masalalar boshqa ko’pgina
darsliklarda ko’rib chiqilmagan, yoki boshqacha
yondoshuv asosida yoritilgan
Do'stlaringiz bilan baham: