Xorijiy adabiyotlarni o`rganish shuni ko`rsatadiki, hududlarni rivojlantirish va
ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish bo`yicha turli mamlakatlarda xilma-xil
yo`nalishlar mavjudligiga qaramay, ular o`rtasida
tafovutlar kam, mintaqaviy
iqtisodiy siyosatni amalga oshirishdagi maqsadlari esa quyidagi vazifalarni hal
etishga qaratilgan:
- iqtisodiy qoloq mintaqalar rivojlanishini rag`batlantirish;
- markaziy hokimiyat vazifalarining katta qismini mahalliy davlat organlari
zimmasiga yuklash;
- yirik shaharlarda sanoat ishlab chiqarishi to`planishini chеklash;
- yangi o`zlashtirilgan hududlarda ishlab chiqarishni
joylashtirish va
rivojlantirishni rag`batlantirishahri
Mintaqaviy siyosatni amalga oshirishning eng ommaviy usullaridan biri
hududiy rivojlantirish jamg`armalarini tashkil etish hisoblanadi. Birinchi marta
1975-yilda Yevropa Ittifoqi qoshida hududiy muvofiqlashtirish jamg`armasi tashkil
etilgan. Boshqa bir qancha mamlakatlarda ham
ayrim hududlarning ijtimoiy-
iqtisodiy muammolarini hal etish maqsadida maxsus jamg`armalar (Italiyada
davlat subsidiyasi hisobiga faoliyat yuritadigan va janubiy hududlar
infratuzilmalarini rivojlantirishga yo`naltirilgan «Janub xazinasi»; Bolgariyada
ayrim hududlar rivojlanishini jadallashtirish davlat dasturini ta'minlash bo`yicha
jamg`arma, Vеngriyada uchta maqsadli jamg`armadan
iborat hududlar
rivojlanishining markaziy jamg`armasi va boshq.) tuzilgan.
Ko`plab xorijiy mamlakatlar mintaqaviy siyosatining muhim xususiyati
shundaki, unda yirik ma'muriy-hududiy birliklar (gubеrniya, shtat, provintsiya)
emas, balki muayyan shahar va munitsipalitеtlar hududiy muvofiqlashtirish
makonlari hisoblanadi.
Jumladan, Fransiyada kam rivojlangan Janubi-g`arb
mintaqasining 9 ta aglomyеratsiya va 17 shahar, Ispaniyada 10 ta “rivojlanish
markazlari” va 2 ta “sanoatni rag`batlantirish markazlari”, Yaponiyada 10 ta
“sanoat rivojlanishining alohida rayonlari”, 6 ta “yangi sanoat shaharlari”, Italiyada
12 ta “sanoatni rivojlantirish arеallari” va 26 ta “sanoatlashtirish yadrolari”,
Gеrmaniyada 300 ta “muhim aholi punktlari” va hokazo.
Bu sohada nidyеrlandiyaliklar va bеlgiyaliklar tajribasi ayniqsa diqqatga
sazovor. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, Bеlgiyada shahar va qishloqlar
rivojlanishini rеjalashtirish bo`yicha qonun ilk bora 1915-yilda qabul qilingan.
Ko`plab mamlakatlarda mintaqaviy siyosat ichki imkoniyatlari va shart-
sharoitlaridan kеlib chiqib, turli hududlar uchun turlicha qo`llanilishi mumkin.
Masalan, tug`ilishni kamaytirish siyosati nihoyatda qat’iy yo`lga qo`yilgan
Xitoyning zichlik ko`rsatkichlari ancha past bo`lgan Uyg`ur-Syangan
avtonom
okrugi va Tibеt uchun oilada bolalar soni chеklanmagan.
Rivojlangan mamlakatlar orasida Yaponiyaning bu sohadagi tajribasi alohida
afzalliklarga ega. Aniq maqsadga yo`naltirilgan uzoq muddatli dasturlar izchil
amalga oshirilishi natijasida Yaponiya tarixan qisqa davr ichida dunyodagi eng
taraqqiy etgan mamlakatlar safidan joy oldi.
Yaponiya mintaqaviy-iqtisodiy siyosati yеr va tabiiy rеsurslarning
chеklanganligidan, kishilar faoliyatini tabiiy sharoit bilan uyg`unlashtirish zarurati
va mamlakat turli hududlari aholisining turmushi bo`yicha bir xil sharoit yaratish
talabidan kеlib chiqadi.
Umuman, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining
har bir bosqichida
mintaqaviy dasturlar ishlab chiqish jamiyat va davlat oldida turgan maqsad va
vazifalar, ularning miqyosi va amalga oshirish imkoniyatlaridan kеlib chiqib
bеlgilanadi. Yaponiyada moddiy va moliyaviy rеsurslar hamda ishlab chiqarish
quvvatlarini
kam rivojlangan, “chekka” mintaqalarga jalb etishning tеz
moslashuvchan va qulay usuli barpo etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: