O‗zbеkistоn rеspublikasi оliy vа o‗rtа mахsus tа‘lim vаzirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot univеrsitеti


Firmaning ichki boshqaruvining usullari, tamoyillari, vazifalari



Download 3,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/158
Sana03.04.2022
Hajmi3,53 Mb.
#526810
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   158
Bog'liq
Turizm&Servis Kaf 04 RESTORAN SERVISINI TASHKIL ETISH 10ta

 
5.2. Firmaning ichki boshqaruvining usullari, tamoyillari, vazifalari. 
Restoranni boshqarish jarayoni ishchi kuchi, moddiy va moliyaviy resurslar 
optimal nisbatini ta‘minlashga yo‗naltirilgan harakatlar va o‗zaro aloqalar to‗plamini 
ifodalaydi. 


97 
Boshqaruv jarayoni mahsulot ishlab chiqarish va sotish, tovarlar xarid qilish sohasida 
normal sharoitlar yaratishga, Shuningdek, xizmat ko‗rsatish darajasining yuqori 
bo‗lishiga yo‗naltiriladi. 
Boshqaruv funksiyalari qatoriga quyidagilar kiradi: 
— ishlab chiqarishni xizmat ko‗rsatishga texnologik va texnik tayyorlash; 
— texnik-iqtisodiy rejalashtirish; 
— hisob va moliyaviy faoliyat; 
— texnik va oziq-ovqat ta‘minoti; 
— korxona ishlab chiqarish-moliyaviy faoliyatining iqtisodiy tahlili. 
Restoranni boshqarish strukturasi — belgilangan funksiyalarni bajaradigan o‗zaro 
bog‗liq tashkiliy birliklar yoki bo‗g‗inlar yig‗indisi va ularning bir-birga 
bo‗ysunishidir. 
Struktura elementi bo‗lib korxona ma‘muriyati timoslida boshqaruv organi xizmat 
qiladi. 
Ma‘muriyat – restoran direktori boshchiligidagi mansabdor shaxslar guruhi. U o‗z 
majburiyatlari va huquqlariga muvofiq jamoa faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi. 
Boshqaruv apparati strukturasi va korxona ma‘muriy-boshqaruv xodimlari soni 
korxona quvvatiga, ish sharoitlari va hokazolarga bog‗liq bo‗ladi. Boshqaruv 
apparati faoliyati restoran faoliyati ritmini uzluksiz ta‘minlashga yo‗naltiriladi. 
Korxonani boshqarishda muhim rol o‗ynaydigan ishlab chiqarish menejeri barcha 
ishlab chiqarish sexlarining ishi uchun javob beradi va sex boshliqlari orqali ularga 
rahbarlik qiladi. Sexsiz strukturada u supervayzerlar orqali alohida uchastkalarga 
rahbarlik qiladi. 
Menejment tamoyillariga binoan restoran xizmatlarining umumiy sifati har bir 
xodimning aniq ish sifatiga bog‗liq. Agar bitta xodim yomon ishlasa umumiy sifat 
daraja natijasi nolga teng bo‗lib qolishi mumkin. SHu tufayli sifatdagi muvaffaqiyat 
restoran xodimlarining butun ishni o‗zaro hamkorlikda bajarishiga bog‗liq. 
Kompaniya ishining sifati butun jamoaning harakatlarini qanchalik yagona natijaga 
va tizimga jalb etishga dahldor. Demak sifat - mahsulot va xizmatni yaratishda 
ishtirok etayotganlarning barchasi umumiy qoidalar bo‗yicha, yagona rahbarlik 


98 
ostida, jipslashgan jamoa bo‗lib ishlaganidagina ta‘minlanishi mumkin. Xizmatlar 
sifatini boshqarishda xalqaro tajribadan, ayniqsa, ilmiy tadqiqotlardan foydalanish 
lozim.
-chiziqli aloqalar
-vertikal aloqalar
-gorizontal aloqalar
- funksional aloqalar
Amerikalik olim E.Deming jamoaviy mehnatning sifatini ifodalovchi asosiy 
tamoyillarni tadqiq etgan va ular quyidagilardan iborat: 
Natijani mo‗ljallash, barcha xodimlar kompaniyaning yagona sifat siyosatiga 
bo‗ysunishi; 
Barcha xodimlar natijalardan manfaatdor bo‗lishi, sifatni obyektiv baholash 
qobiliyati mavjudligi; 
Rahbarning etakchilik va butun jamoani sifatni boshqarishga jalb qila olishi; 
Vakolatlar 
va 
javobgarlikni 
xodimlar 
orasida 
optimal 
taqsimlash 
va 
muvofiqlashtirish; 
Xodimlar savodxonligi va qobiliyatini inobatga olgan holda mehnat taqsimotini 
amalga oshirish; 
Sifatni boshqarishga jarayonli va tizimli yondoshish, muntazam rejalashtirish va 
nazorat qilish; 
Sifat ko‗rsatkichlarini ehtiyotkorlik bilan boshqarish; 
Xodimlarni ogohlantiruvchi harakatlarning tartibga soluvchi harakatlardan 
ustivorligi; 
Mahsulot yoki xizmat sifatini nazorat qilishni boshqarish (testdan o‗tkazish); 
Kompaniya ichida muvaffakiyatli tajribani o‗zaro almashtirish; 
Xodimlarning o‗zaro muloqat qilishi va muvafiqlashtirishni sozlash; 
Sifatni yaxshilanishini o‗zluksiz kuzatish va monitoring qilish. 
Bu tamoyillarni restoran menejmentida foydalanish mumkinligi ayrim 
korxonalar misolida tasdiqlandi. Sanab o‗tilgan tamoyillardan foydalanishda 
jamoaning haqiqiy kuchi va uning iqtidorli yakka shaxslari guruxiga nisbatan 


99 
afzalligi tizimning integrativ xususiyati sifatida namoyon bo‗ladi. Jamoaning jipsligi 
nisbatan barqaror maqsadiy tashkiliy shakllar (loyiha guruhlari va mutaxassislarni 
tayyorlashni ta‘minlovchi xizmat tuzilmalari) ni birlashtirish orqali erishiladi. 
Zamonaviy menejment fanida xalqaro tajribani inobatga olish va sifat formulasini 
qo‗llash katta ahamiyatga ega. Mashhur formula sifat darajasini buyurtmachi 
kutishlariga nisbati sifatida talqin etadi.
Talablarning o‗zgarishlari (buzilishlari) o‗zun zanjirini hisobga olgan holda, 
sifat darajasi testdan o‗tkazilishi zarur. Aynan testdan o‗tkazish, amalda faqat 
sotishdagi xatolarni bartaraf qilishga imkon beradi. Har qanday muhim boshqaruv 
qarori tashkiliy va texnik-iqtisodiy ko‗rsatkichlar, ehtimol bo‗lgan qo‗shimcha 
samaralar (xavfsizlik, jamoachilik, sotsial omillar va boshqalar)ni dastlabki 
diagnostikasiga 
asoslanishi 
kerak. 
Ishlab 
chiqarish 
jarayonida 
yangi 
texnologiyalardan cheklanmagan holda foydalanish muayyan o‗lchovning yo‗qligi 
tufayli muvoffakiyatsizlikka olib kelishi mumkin. Masalan, aniq vaqtda tizimdan 
foydalanish omborxonalarini shubhasiz tugatish bilan emas, balki pasaymaydigan 
zahiralarni radikal (hisobli) kamaytirish va omborxona maydonlarini qisqartirish 
orqali yuz bermog‗i lozim. 
Demak, sifatni boshqarishda optimal o‗lchov orqali tadbirlarni hujjatlashtirish, 
jarayonlar va mahsulotlarni standartlashtirish, xodimlarni qayta tayyorlashga mablag‗ 
ajratish, o‗zgarishlar va tahlil, nazorat va testdan o‗tkazish mumkin.
Ammo tizimli yondashuv foydali harakatlarni amalga oshira olmaydi, Chunki ulardan 
har biri cheksiz miqdordagi tadbirlarni bajarish va cheksiz resurslarni iste‘mol qilish 
zarurligini keltirib chiqaradi. Restoran biznesida jarayonlar va mahsulotlar 
ta‘riflarining me‘yoriy miqdorlarini olish uchun nafaqat tadqiqotlar, balki o‗lchash 
natijalaridan, marketing usullaridan oqilona foydalanish zarur. Restoranni 
boshqarishda axborotni tahlil qilish, standartlashtirish, axborotni qayta ishlash va 
saqlash orqali katta tajriba jamlanadi. Ammo buni faqat xodimlarni boshqarishga 
ko‗proq jalb qilgan holda amalga oshirish mumkin. 
Loyixaviy 
yechimlar 
tajribasini 
ommaviylashtirish 
shaxsiy 
nisbiy 
ko‗nikmalarni ommaviylashtirishdan tubdan farq qiladi. Oxirgi variant muhim bo‗lsa 


100 
ham, ammo uni amalga oshirish uchun maxsus tashkiliy harakatlar talab qilinmaydi. 
Tadqiqotlar shuni ko‗rsatadiki, restoran biznesida muvaffakiyatli loyixaviy 
tajribaning qiymati shaxsiy kasbiy tajriba qiymatiga nisbatan ancha yuqoridir. 
Jarayonlar va mahsulotlar sifatini doimo, o‗zluksiz yaxshilash umuman 
restoranning tizimli faoliyat ko‗rsatishiga ijobiy tasir etadi va iqtisodiy foyda 
darajasini oshishiga zamin yaratadi. 

Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish