BMBYga qo‘shilish orqali O‘zbekiston hukumati savdo yo‘llarini
diversifikatsiya qilish imkoniyatini qo‘lga kiritishi mumkin. Ayniqsa, «Ipak yo‘li»
Iqtisodiy makonining uchta trans Evroosiyo iqtisodiy yo‘laklari orasida Xitoydan
Markaziy Osiyoga, keyin Rossiya orqali Evropaga (Boltiq dengiziga qadar) olib
boradigan iqtisodiy yo‘lagi va Xitoydan Markaziy Osiyo va G‘arbiy Osiyo orqali
Fors ko‘rfazi va O‘rta Er dengizga qadar cho‘zilgan yo‘llar ahamiyatlidir.
«Bir makon, bir yo‘l» tashabbusi doirasida qurilgan Qamchiq tunneli:
1. Infratuzilma. O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy temir yo‘l loyihasi
O‘zbekiston Respublikasi 2016 yilda Xitoy Eksimbankidan 455 million
AQSH dollari miqdorida infratuzilma kreditini jalb qilgan holda sharqiy
O‘zbekistonning tog‘li qismida 19,2 km uzunlikdagi Kamchiq tunnelini qurishga
muvaffaq bo‘lgandi. 2016 yil iyunida O‘zbekiston va
XXR rahbarlari ishtirokida
Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo‘li va Qamchiq tunnelining ochilish
marosimi o‘tkazildi. Uni XXRning China Railway Group kompaniyasi amalga
oshirgan. Ish bu bilan to‘xtamagan, O‘zbekiston qo‘shni Qirg‘iziston bilan birga
XXRga «O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy» temir yo‘l
loyihasini BMBY doirasida
qurish taklifi bilan
chiqdi
.
Ta’kidlash joizki, ushbu loyiha Xitoy tomonidan emas, balki O‘rta
Osiyo
davlatlari tomonidan, BMBY e’lon qilinishidan oldin taklif
qilingan
. O‘zbekiston-
Xitoy o‘rtasidagi qo‘shma bayonotga ushbu loyihaning qo‘shilishi Prezident
Mirziyoevning diplomatik yutug‘i sifatida ko‘rilishi mumkin. Biroq Xitoy va sobiq
sovet ittifoqi respublikalari temir yo‘llari relslari enining turliligi ushbu temir yo‘li
liniyasi qurilishi 20 yilga kechiktirilishiga sabab bo‘lmoqda.
Yuqoridagi
loyihalardan tashqari, davlatimiz Osiyo Infratuzilma va
investitsiya bankiga o‘tgan yili boshida Buxoro-Urganch-Xiva temir yo‘li
elektrlashtirilishi
bo‘yicha
loyihani
moliyalashtirish
uchun
ariza
topshirgan
. Loyiha 3 bosqichdan iborat bo‘lib, Buxoro-Miskan, Miskan-
Urganch va Urganch-Xiva yo‘nalishlari uchun jami 340
million AQSH
dollari
so‘ralgan
. Agar u amalga oshsa, ushbu shaharlar orasidagi qatnov
tezlashadi, turistlar harakati engillashadi va yuk tashish ishlari osonlashadi.
Hozircha ushbu loyihani bank kengashi qachon tasdiqlanishi noma’lumligicha
qolmoqda. Bundan tashqari, Xitoy tomonidan o‘rtaga tashlangan va O‘rta Osiyo
davlatlari ham qo‘llab-quvvatlagan Xitoy-O‘rta Osiyo gaz quvurining 4-liniyasi
bo‘lgan D-liniyasini qurish so‘nggi yillarda ortga surilmoqda. Tojikistonlik
do‘stlarimiz bu liniyaga katta umid bilan qarashayotgan bo‘lsa-da, ba’zi bir noaniq
sabablarga ko‘ra ushbu katta loyiha amalga oshmay turibdi.
Nima bo‘lganida ham, taklif etilayotgan loyihalarimiz iqtisodiy jihatdan
o‘zini oqlashi, uzoqni ko‘zlashi, loyiha amalga oshiriladigan hududlardagi aholi
turmush
sharotini yaxshilashi, barqaror rivojlanishni (sustainable development)
yuzaga keltiradigan bo‘lishi shart. Yo‘qsa loyihalar Afrika o‘lkalaridagi kabi
ko‘pchilik tomonidan ishlatilmaydigan yoki atrofdagi aholi uchun foydasi
tegmaydigan infratuzilmadan iborat bo‘lib qoladi. Bunday bo‘lmasligi
uchun xalqimiz, ayniqsa hududlardagi manfaatdor fuqarolarimiz va ekspert-
mutaxassislarimiz BMBY loyihalari haqida etarlicha ma’lumotga ega bo‘lishlari
lozim. Xitoy bilan tuzilayotgan barcha shartnomalar iloji boricha oshkor etilishi,
izohlanishi, ekspertizadan o‘tkazilib, ommaga taqdim etilishi darkor. SHundagina
Xitoy bilan bo‘ladigan xalqaro aloqalarimiz o‘zini oqlashi, har ikki tomon uchun
manfaatli bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: