Farmakoterapevtik guruhi: Me‘da-ichak yo‘llari funksional buzilishlarida qo‘llanadigan vositalar. Spazmolitik va antixolinergik vositalar boshqa preparatlar bilan majmuada.
ATX kodi: A03ED
Farmakologik xususiyatlari
Bekarbon – majmuaviy preparat bo‘lib, analgetik, spazmolitik ta‘sir ko‘rsatadi, shuningdek me‘da shirasining erkin xlorid kislotasini neytrallaydi, shu sababli me‘da shilliq qavatiga himoyalovchi ta‘sirga ega.
Qo‘llanilishi
Me‘da-ichak yo‘llarining funksional buzilishlari (qorindagi funksional og‘riq);
me‘da-ichak yo‘llari a‘zolari silliq mushaklarining spazmlari;
o‘t chiqarish yo‘llarining spazmlarida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga ovqatlanishdan 30-40 minut oldin, 1 tabletkadan sutkada 2-3 marta ichga qo‘llanadi. Tabletkani chaynamasdan va yetarli miqdordagi suv bilan yutib yuborish kerak.
Eng yuqori bir martalik doza 5 tabletkani tashkil qiladi.
Bekarbon simptomatik qisqa muddatli qo‘llash uchun mo‘ljallangan, shuning uchun davolash davomiyligini shaxsiy ravishda tanlash kerak.
Agar kasallik simptomlari 3-5 kun davomida o‘tib ketmasa, davolash sxemasini qayta ko‘rib chiqish va preparatni keyinchalik qo‘llash bo‘yicha shifokorga murojaat qilish kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Nerv tizimi: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, asabiylik, uyquchanlik, qo‘zg‘alish (ayniqsa yoshi katta pasientlar guruhida), holsizlik, uyquni buzilishi, ataksiya (harakat koordinasiyasini buzilishi), nutqni buzilishi.
Siydik chiqarish tizimi: siyishni qiyinlashishi va tutilishi.
Ovqat hazm qilish yo‘llari: og‘izni qurishi, chanqoqlik hissi, ta‘m bilishni buzilishi, kekirish, disfagiya, meteorizm, qorinda spazm/og‘riq, ichak motorikasini atoniyagacha susayishi, qabziyat, o‘t chiqarish yo‘llari va o‘t qopi tonusini pasayishi; preparatni yuqori dozalarda qisqa muddat ichida qabul qilinganda me‘da shirasini kompensator gipersekresiyasi qayd qilinishi mumkin.
Ko‘rish a‘zolari: qorachiqni kengayishi, yorug‘likdan qo‘rquv, akkomodasiya falaji, ko‘rishni noaniqligi, ko‘z ichki bosimini oshishi.
Yurak-qon tomir tizimi: yuzni qizarishi, qizib ketish hissi, yurak urishini his qilish, aritmiyalar (shu jumladan ekstrasistoliya, taxikardiya), miokard ishemiyasi, arterial bosim oshishi mumkin.
Nafas tizimi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari: qiyin ajraladigan, yopishqoq balg‘am paydo bo‘lishiga olib keluvchi bronxlar sekretor faolligini va tonusini kamayishi.
Immun tizimi: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarining ko‘rinishlari, shu jumladan anafilaktik reaksiyalar, anafilaktik shok.
Teri va teri osti kletchatkasi: teri toshmasi, giperemiya, eshakemi, eksfoliativ dermatit.
Boshqalar: ter ajralishini kamayishi, teri va shilliq qavatlarni qurishi, dizartriya, shishlar, mavjud gipokaliemiyani kuchayishi.
Har qanday salbiy reaksiyalar paydo bo‘lgan hollarda, pasient preparatni keyinchalik qo‘llashi yuzasidan shifokor bilan albatta maslahatlashishi kerak!
Do'stlaringiz bilan baham: |