Qadimgi davlatlar
. O‗zbekistonda qadimgi mahalliy davlatchilik tarixi
Qang‗, Dovon, Xorazm davlatlari rivoji bilan uzviy bog‗langan. Qang‗ davlati
miloddan avvalgi III asrning boshlarida paydo bo‗ldi. Uning dastlabki davrlardagi
hududlari Toshkent vohasidan iborat bo‗lgan. Qang‗ davlatining tashkil topishi
asosiy sabablaridan biri tashqi harbiy hujumlardan himoyalanish zaruriyati
bo‗lgan. Miloddan avvalgi 329 - yilda Makedoniyalik Aleksandr qo‗shinlari
Bekobod va Xo‗jand oralig‗ida Sirdaryodan kechib o‗tib, bosqinchilik qilganda
mahalliy aholi unga qarshi qattiq qarshilik ko‗rsatgan. Bundan natija chiqara
olmagan Aleksandr ortga qaytishga va Xo‗jand yaqinida Aleksandriya Esxata
shahriga asos soladi. Miloddan avvalgi II va milodiy I asrda Qang‗ davlatining
hududi kengayib, Toshkent vohasi, O‗rta Sirdaryo yerlari, Talas vodiysi va Chu
daryolarining quyi oqimidagi yerlarni o‗z tarkibiga kiritadi. Qang‗ davlatining
ikkita poytaxti bo‗lib, biri Qang‗diz (Oqqo‗rg‗on) va ikkinchisi O‗tror bo‗lgan.
Qang‗ davlati aholisi tarkibini asosan dehqonlar va chorvadorlar tashkil
etadi.
O‗troq aholi shaharlarda va vodiylarda yashab, dehqonchilik,
hunarmandchilik va sado bilan mashg‗ul bo‗lgan. Dasht tumanlarida esa
chorvachilik rivojlangan. Miloddan avvalgi II sarda qang‗ qabilalari eng qudratli
davlat birlashmasiga aylandi, uning hukmdorlari o‗z nomlaridan tangalar zarb
qildiradi. Qang‗ davlatining iqtisodiy taraqqiyotiga Buyuk Ipak yo‗lining davlat
hududlaridan o‗tgan shimoliy tarmog‗i vatta ta‗sir o‗tkazdi.
78
Shi - szi solnomasiga ko‗ra, Qang‗uy dastlab kuchsizgina davlat bo‗lgan
paytda, Hukmdor oqsoqollar orasidan tanlangan va u oqsoqollarning birlashgan
qo‗shinlariga tayangan. Ko‗chmanchilarda har bir oila boshlig‗i jangchi
hisoblangan. Shuning uchun Qanguy qo‗shinlarining soni ulardagi oilalar soniga
teng bo‗lgan. Qang‗uy qudratli davlatga aylangan vaqtda 120 ming qo‗shinga
(demak, shuncha oilaga ham) ega bo‗lgan. O‗sha paytda aholisi taxminan 600000
kishidan iborat bo‗lgan. Xitoy elchilari o‗z hukmdorlariga qang‗uylar haqida
―mag‗rur, qo‗rs‖ - deb ma‗lumot berganlar. Bu davlatning siyosiy tarixi haqida
ma‗lumotlar asosan Xitoy manbalarida uchraydi. Jumladan, Xitoy qo‗mondoni Li
Guan - li qo‗shinlari mil. avv. 101 y. Dovonga bostirib kirganida qanguy
dovonliklarni qo‗llab quvvatlagan. Solnomalar Qang‗uyni ko‗chmanchilar davlati
deb atasalarda, unda shaharlar bo‗lganligi haqida ham ma‗lumot beradilar. Xalqi
―Tuproqdan qilingan devor ichida yashaydigan Yansay shaharlari shular
jumlasidandir. Qanguy poytaxtini juda qadim zamonlarda Qangxa joylashgan
Sirdaryo deltasi hududida deb hisoblaydilar. Manbalarda ko‗rsatilgan jug‗rofiy
o‗rinlarga uncha to‗g‗ri kelmasada mamlakat poytaxti bo‗lgan Bityan shahri
Toshkent viloyati Oqqo‗rg‗on tumani o‗rnida bo‗lgan degan fikrlar mavjud.
Qanguy davlati bir - biriga teng bo‗lgan o‗troq - xo‗jalik hududlaridan iborat
beshta kichik hokimiyatni o‗z ichiga olgan. Ular Qang‗uy ittifoqi ishtirokchilariga
qaram bo‗lgan Suse, Fumu, Yuni, Gi, Yuegyan hududlaridan iboratdir.
A.N.Bernshtamning fikricha Yuni-Toshkent vohasida, Suse –Sirdaryo va Arisning
o‗rta oqimida, Fumu - Yangiqo‗rg‗on atroflari, Gi - Sirdaryo etaklarida, Yuegyan
esa - Xorazmda joylashgan. Bu ittifoqning umumiy chegaralari Xorazm, Shosh,
Sug‗d viloyatlari bilan bir qatorda Sirdaryo etaklari va Orol dengizi shimolidagi
hududlarni o‗zida birlashtirgan. Shuning uchun ham o‗lkaning janubida joylashgan
boshqa davlatlar ( jumladan, Parfiya, Kushon va b.)dan farqli o‗laroq Qang‗uy
davlatida ko‗chmanchilar davlatiga xos belgilar saqlanib qolgan.
O‗zbek xalqi davlatchiligi tarixi bo‗yicha kam o‗rganilgan masalalardan biri
Dovon davlati tarixidir. Xitoy manbalarida Dovon nomi bilan atalgan davlat
boshqa manbalarda Parkana nomi bilan yuritilgan. Dovon davlati taxminan
miloddan avvalgi III asrda paydo bo‗lgan. Manbalarga ko‗ra, Farg‗ona - Dovon
davlatida 300 ming aholi yashagan katta - kichik shaharlar mavjud bo‗lgan.
Shaharlar orasida Ershi shaxri aloxida ahamiyatga ega bo‗lgan va davlat poytaxti
xisoblangan.
Miloddan avvalgi 104-101 chi yillarda Xitoy qo‗shinlari jang qilib, Ershini
bosib olgan vaqtda davonliklarga Qang‗ davlati qo‗shinlari yordamga yetib keldi
va ikki o‗rtada tuzilgan sulx shartnomasiga ko‗ra, xitoyliklar Dovon davlati
hududidan chiqib ketdilar. Farg‗ona vodiysi hududlaridan qadimgi davrga oid
ko‗plab uy - qo‗rg‗onlar, qishloqlar, shaharlar xarobalari topib o‗rganilgan. Dovon
79
davlatining aholisi asosan dehqonchilik, savdo - sotiq bilan shug‗ullangan. Dovon
dehqonlari arpa, sholi, bug‗doy va beda yetishtirishda mashhur bo‗lganlar.
Farg‗ona - Dovon davlatining o‗ziga xos boyliklaridan biri uning ―samoviy
ot‖ lari bo‗lgan. Manbalarga ko‗ra Xitoy imperatorlarining dovonga bosqinchilik
uyushtirishlarining asosiy sabablaridan biri ham ana shu ―samoviy ot larni qo‗lga
kiritish bo‗lgan. Dovon davlati Xitoy, Xindiston va boshqa Sharq mamlakatlari
bilan olib boriladigan xalqaro savdoda muxim o‗rin egallaganlar. Dovon davlati
milodiy II asrgacha mavjud bo‗lgan. Miloddan avvalgi IV-II asrlarda Qadimgi
Xorazm mustaqil davlat bo‗lib, Aleksandr, Salavkiylar, Yunon - Baqtriya
davlatlari tarkibiga kirmagan. Kirmasligining sabablaridan yana biri u Qizilqum va
Qoraqum sahrolari o‗rtasida joylashganligi bo‗lib unga harbiy yurish qilishning
murakkabligi bilan belgilanadi. Bunday siyosiy qulaylik Xorazmda o‗ziga xos
mahalliy davlatchilik tizimiga ega bo‗lgan davlatning shakllanishida maxsus omil
bo‗ldi. Aleksandr Markaziy Osiyoning janubiy hududlarida hukmronlik qilgan
vaqtda Xorazmda Farasman ismli odam podsholik qilgan. Yunon tarixchisi Arrian
Farasmanning Aleksandr bilan bitimi tuzilganlagi haqida ma‗lumot qoldiradi.
Xorazmdan topib o‗rganilgan qadimgi shahar xarobalaridagi xususiyatlar bu yerda
mustahkam davlatchilik tizimi barpo qilinganligidan dalolat beradi. Shunday
shaharlardan biri Jonbosqal‗adir. Bu shahar tuzilishiga ko‗ra to‗g‗ri burchakli
bo‗lib ikki qator mudofaa devorlari bilan o‗rab olingan va devorlarda shinaklar
mavjud bo‗lgan. Jonbosqal‗a ikki qismdan iborat bo‗lib, bir qismida ―olov uylari‖
- ibodatxonalar, ikkinchisida aholi turar joylari bo‗lgan. Qo‗yqirilganqal‗a shaxri
xarobalari boshqa shaharlardan farqli o‗laroq asosiy inshoati aylana shaklida
bo‗lib, inshoatning markazidagi bino ikki qavatli bo‗lgan va shu binoning o‗zi ayni
vaqtda rasadxona vazifasini bajargan
Tuproqqal‗a shahri to‗g‗ri burchakli mudofa devorlari bilan o‗rab olingan
bo‗lib, devorlar ham g‗ishtdan ishlangan unda shinaklar bilan birga minorlar ham
bo‗lgan. Tuproqqal‗a Xorazm hukmdorlari qarorgoxi vazifasini bajargan. Bu
yerdan Xorazm davlati shoxlari boshqaruviga oid bir qancha moddiy manbalar
hamda hukmdorlarning arxivlari xujjatlaridan na‗munalar ham topilgan. Xorazm
davlati xo‗jalik hayotida dehqonchilik va hunarmandchilik asosiy o‗rin egallagan.
Milodning dastlabki asrlaridayoq bu yerda mis tangalar zarb qilingan. Shuningdek
Xorazmdan O‗rta Osiyodagi eng qadimgi yozuv namunalari ham topilgan bo‗lib,
ular miloddan avvalgi 5 – 4 asrlarga oid oromiy yozuvlari asosida shakllangan
Qang‗, Davon va Xorazm davlatlarida mavjud davlatchilik tizimi, xo‗jalik
hayotining taraqqiy etib borishi keyingi davrlarda O‗zbekistonda yuzaga kelgan
davlatlarning yuksalishiga ham o‗z ta‗sirini o‗tgazgan va ularning keyingi
bosqichlarga ko‗tarishida muhim omillardan bo‗lgan.
80
Do'stlaringiz bilan baham: |