O„zbekistоn respublikаsi оliy vа o„rtа mахsus tа‟lim vаzirligi sаmаrqаnd dаvlаt universiteti


O„zbek xonliklari va Rossiya imperiyasi munosabatlari



Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/173
Sana28.10.2022
Hajmi2,88 Mb.
#857879
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   173
Bog'liq
676f44ef7e4a9b46f704a6988b253d79 GEOSIYOSAT ASOSLARI (1)

O„zbek xonliklari va Rossiya imperiyasi munosabatlari. 
Markaziy Osiyo va 
Rossiya xalqlari o‗rtasidagi munosabatlar, savdo aloqalari tarixi uzoq o‗tmishga 
borib taqaladi. Volgabo‗yi orqali Rus savdogarlari ham, Markaziy Osiyo 
savdogarlari ham ikki mintaqa o‗rtasida savdo aloqalarini rivojlantirishda muhim 
rol o‗ynaganlar. XVI asrda jahondagi yirik davlatlar tomonidan dunyoni bo‗lib 
olish boshlangan davrda Rossiya Qozon, Astraxan, Sibir xonliklarini zabt etadi. 
Natijada Rossiya va O‗zbek xonliklari bir - biriga bevosita qo‗shni bo‗lib qoladi. 
Bu holat ularning o‗zaro munosabatlarini yanada rivojlantirishga imkoniyat 
yaratdi. Markaziy Osiyoning savdo - hunarmandchilik doiralari o‗z mahsulotlarini, 
ayniqsa, ipak, paxtadan to‗qilgan matolarni talab qilayotgan Rossiya bilan savdo - 
tijorat munosabatlarini rivojlantirishdan g‗oyat manfaatdor edi. Rossiyaning 


101 
movut, temir, mis, mo‗yna, charm va boshqa mollari o‗rta Osiyoda xaridorgir edi. 
Savdo - sotiq ishlari uchun qulay shart - sharoit yaratishda O‗zbek xonliklari va 
Rossiya o‗rtasidagi elchilik munosabatlari muhim o‗rin tutardi.
Rossiya va xonliklar o‗rtasida XVIII asrda olib borilgan elchilik munosabatlari 
ham muhim ahamiyat kasb etdi. 1619 - yilda Imomqulixonning elchisi Odambiy 
Moskvaga boradi va podsho Mixail Romanov qabulida bo‗ladi. Podsho Odambiy 
bilan birgalikda Buxoroga Ivan Xoxlov boshchiligida elchilarni yuboradi. I. 
Xoxlovni Imomqulixon qabul qiladi, rus podshosi iltimosiga binoan o‗z saroyidagi 
23 nafar rus asirlarini ozod qiladi. I. Xoxlov 1620–1622 - yillarda Buxoro 
xonligining ichki va tashqi siyosati haqida qimmatli ma‗lumotlar to‗playdi. U 
qimmatli sovg‗alar bilan Moskvaga kuzatiladi. Yozma manbalarga ko‗ra, XVI–
XVII asrlarda Buxoro va Xiva xonliklariga Rossiyadan 12 marta elchilar 
kelishgan. 1583–1600 - yillarda Moskvada 5 marta Buxoro elchilari, 2 marta Xiva 
elchilari bo‗lishgan. Bu misollar o‗rta Osiyo va Rossiya o‗rtasida savdo - 
diplomatik aloqalarning ancha faollashganligidan guvohlik beradi.
XVIII asrdan boshlab Rossiya imperiyasining O‗zbek xonliklari bilan 
bo‗lgan munosabatlarida tazyiq o‗tkazishi ustunlik qila boshladi. Bu Rossiya 
imperiyasining siyosatida Markaziy Osiyo xonliklarini savdo - sotiqda kamsitish, 
ularning tabiiy boyliklariga ko‗z olaytirish, strategik maqsadlarni ro‗yobga 
chiqarish kayfiyatining kuchayganligida yaqqol namoyon bo‗la boshladi. Pyotr I 
Buxoro va Xiva xonliklarini siyosiy jihatdan Rossiyaga teng davlatlar emas deb 
hisoblab, ularga tazyiq o‗tkaza boshladi. Bunga xonliklardagi ichki siyosiy ahvol 
ham qulay sharoit yaratib bergan edi. Masalan, Xiva xoni Shohniyoz 1700 - yilda 
Pyotr I huzuriga yashirincha elchi yuborib, Xivani Rossiya tobeligiga qabul 
qilishni so‗ragan. 1709 - yili toj - u taxt vorisi Muhammad ham shunday qilgan edi. 
Pyotr l Xiva xoniga jo‗natgan yorlig‗ida shunday gaplar yozilgan edi: «Shohona 
muruvvat ko‗rsatib, xonning qo‗l ostidagi jamiki narsalari bilan birga, abadiy 
tobeligimizga olamiz». Biroq bu niyat u davrda amalga oshmay qoldi. Xivada 
boshlanib ketgan ichki urushlar va chor Rossiyasining «Shimoliy urush» bilan 
bandligi bunga sabab bo‗ldi. 1713 - yili Astraxanga kelgan Xiva elchisi Xoja Nafas 
rus ma‗murlariga, Sankt - Peterburgga borgach, podsho Pyotr I ga Amudaryo 
sohillaridagi qumlar oltinga boyligini, sohilda istiqomat qiluvchi aholi ko‗p 
miqdorda oltin yuvib olayotganini aytadi. Ana shu ma‗lumotlar ta‗sirida Pyotr I 
O‗zbek xonliklariga kirib borish maxfiy rejasini tuzadi. U ikki harbiy ekspeditsiya 
tashkil etadi. Biriga Aleksandr Bekovich - Cherkasskiyni, ikkinchisiga kapitan 
Ivan Buxgolsni rahbar etib tayinlaydi. 
Bekovich - Cherkasskiy harbiy ekspeditsiyasi tarkibida katta harbiy qo‗shin 
bor edi. Ular 1717 - yilda Xiva xonligi hududlariga kirib keladi va harbiy 
to‗qnashuvlar bo‗ladi. Xiva xoni Sherg‗ozixon hiyla ishlatib Bekovich - 


102 
Cherkasskiyni qabul qiladi va uning qo‗shinlarini qirib tashlaydi. Pyotr I 
uyushtirgan ekspeditsiyaning halokati Xiva – Rossiya munosabatlarini 
keskinlashtirib yubordi. Buxgols «ekspeditsiyasiga» kelsak, uning qo‗shini 1715 - 
yili Toboldan Irtish bo‗ylab Yorkentga yo‗l oladi. Bu guruh Yamishchev ko‗lida 
bo‗lib, u yerda istehkom quradi. Biroq ular qalmoqlar hujumiga uchrab, orqaga 
chekinishga majbur bo‗ladilar. 
1717 - yili Buxoro xoni Peterburgga o‗z elchisini yuboradi. Elchi Qulibek 
Abulfayzxonning Pyotr I ga shvedlar ustidan qozongan g‗alabasi munosabati bilan 
yozilgan qutlov maktubini topshiradi. Abulfayzxon o‗z maktubida ayni paytda 
Buxoroga Rossiya elchisi yuborilishini so‗ragan edi. Bunga javoban Rossiya 
hukumati 1721 - yili Florio Benevenini elchi qilib jo‗natadi. Rossiya elchisiga 
Sharq mamlakatlariga olib boradigan suv va quruqlik yo‗llarini o‗rganish; rus 
savdosini kengaytirish imkoniyatlarini aniqlash; Buxoro xonini Rossiya bilan 
ittifoq tuzishga ko‗ndirish; xonga rus gvardiyachilarini taklif qilish; qayerda 
qancha oltin borligini aniqlash va ularni xaritaga tushirish; xonlikdagi qal‗a va 
qo‗shinlari ahvolini o‗rganish hamda xonlikning Eron va Xiva bilan o‗zaro 
munosabatlarini o‗rganish vazifalari yuklatilgan edi. F. Beneveni Buxoroga yetib 
keladi va Abulfayzxon qabulida bo‗ladi. F. Beneveni Buxoroda 3,5 yil turdi va o‗z 
oldiga qo‗yilgan masalalar bo‗yicha qimmatli ma‗lumotlar to‗plashga muvaffaq 
bo‗ladi.
XVIII asrning birinchi choragida Kichik, o‗rta, Katta juzga bo‗lingan qozoq 
sultonlari o‗rtasida o‗zaro kurash kuchaydi. Natijada ular nochor ahvolga tushib, 
tashqaridan yordam so‗rashga majbur bo‗ldilar. 1730 - yilda Kichik juz sultoni 
Abulxayr Rossiyaga elchi jo‗natib, Rossiya tobeligiga o‗tish istagini bildiradi. 
1732 - yilda Kichik juz, 1739 - 1740 - yillarda Semekexon boshchiligidagi 
O‗rtajuz, 1747 - yilda Katta juz ham Rossiya tobeligiga o‗tadi. Natijada Rossiya 
hukumati uchun o‗rta Osiyoni o‗z ta‗siriga bo‗ysundirish yo‗lida qulay imkoniyat 
yuzaga keladi. 1734 - yili senat kotibi Kirilov boshchiligida harbiy guruh 
tayinlanadi. U «Orol dengizida Rossiya bayrog‗ini ko‗tarish», «Buxoro va undan 
Hindistonga» boradigan yo‗lni ochishi, oltin konlarini izlashni davom ettirishi 
lozim edi. 1735 - yilda Kirilov guruhi Or daryosi bo‗yida Or qal‗asini qurdi 
(keyinchalik bu qal‗a atrofida Orenburg shahri vujudga keladi), Yoyiq va Irtish 
sohillari (Sibir)da istehkomlar barpo etdi. Xonliklar savdogarlari Rossiya bilan 
Orenburgda savdo - sotiq qiladigan bo‗lishdi. 
XIX asr oxiriga kelib jahonning yetakchi lider mustamlakachi davlatlari 
dunyoni bosib olishni yakunlashdi. Asosiy yirik mustamlakalar Buyuk Britaniya, 
Rossiya, Fransiya qo‗lida to‗plandi. Bu kurashga masalan Germaniya kech 
qo‗shildi. Natijada dunyoning bunday taqsimlanishidan norozi davlatlar paydo 
bo‗ldi, ularning manfaatlari turli joylarda to‗qnash kela boshladi. Natijada 1882 - 


103 
yilda Germaniya imperiyasi, Avstro - Vengriya imperiyasi, Usmoniylar imperiyasi 
ishtirokida Uchlar Ittifoqi tuzilgan edi. Bu ittifoq birinyai galda Buyuk Britaniya 
va Rossiya qarshi qaratilgan edi. Markaziy Osiyo xonliklarining Rossiyaga qarshi 
turishda Buyuk Britaniyaga suyanishi mumkinligi ehtimoli ham o‗zini oqlamadi. 
Bunga Rossiya – Buyuk Britaniya munosabatlarida o‗zgarish yuz berganligi sabab 
bo‗lgan edi. Afg‗onistonga qarshi urushda mag‗iubiyatga uchragan Buyuk 
Britaniya Rossiya bilan kelishishga qaror qiladi. Bu kelishuvga binoan Rossiya 
Markaziy Osiyo bilan cheklanadi, Hindistonga chiqish niyatidan voz kechadi. 
Buyuk Britaniya esa Rossiyaning Markaziy Osiyoda olib borgan siyosatiga 
qarshilik qilmaydigan bo‗ladi. Afg‗oniston esa Buyuk Britaniya va Rossiyaning 
Osiyodagi mustamlakalari o‗rtasida ularni ajratib turuvchi hudud sifatida e‗tirof 
etiladi. Markaziy Osiyo xonliklari endilikda yakkalanib qolib, ularni faqat o‗zaro 
ittifoqlarigina saqlab qolishi mumkin edi. Afsuski, ularning o‗rtasidagi o‗zaro 
ziddiyat shu darajada kuchli ediki, hatto tashqi hujum xavfi ham ularni birlashtira 
olmadi. Oqibati yomon bo‗ldi. 

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish