O„zbekistоn respublikаsi оliy vа o„rtа mахsus tа‟lim vаzirligi sаmаrqаnd dаvlаt universiteti



Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/173
Sana28.10.2022
Hajmi2,88 Mb.
#857879
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   173
Bog'liq
676f44ef7e4a9b46f704a6988b253d79 GEOSIYOSAT ASOSLARI (1)

Gnoseologik funksiyasi
. Gnoseologiya – bilish nazariyasi, bilish haqidagi 
fan demakdir. Bilish nazariyasi borliqni, uning aniq bir holatlari, manbalari va 
shakllarini o‗rganishga qaratilgandir. Aniqroq aytadigan bo‗lsak, gnoseologik 
funksiya davlatlar va xalqlarning geosiyosiy joylashuvi, turmush tarzi hamda ular 
hayotining rivojlanish tendensiyalarini o‗rganish bilan bog‗liq. Dunyoning 
mafkuraviy manzarasini, xalqaro munosabatlarning rivojlanish tendensiyalarini, bu 
jarayonning asosiy ishtirokchilarini, ularning tub manfaatlarini, shuningdek bu 
manfaatlarni amalga oshirishga asoslangan hattiharakatlarni, insoniyat rivojining 
bugungi darajasi va istiqbollarini tahlil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Va 
olingan natijalar, xulosalar har bir davlatning istiqboldagi rejalarida o‗z aksini 
topadi. Albatta, gnoseologik funksiya amaliyotida geosiyosatning davlatlar va 
xalqlar turmushini o‗rganishda qo‗llaydigan bir qator uslublari – taqqoslash, 
ekstrapolyatsiya (narsa va hodisaning bir qismini kuzatish asosida olingan 


26 
xulosalarni uning boshqa qismiga yoyish yoki tatbiq etish), empirik (tajriba qilish) 
va shular singari uslublarining o‗rni kattadir.
Bashorat qilish funksiyasi
. Geosiyosatning prognoz qilish funksiyasi 
bevosita gnoseologik funksiya asosida olingan natijalari asosida shakllanadi. 
Chunki insoniyatning ertangi kuniga daxldor har bir muammo xususida bashorat 
qilish uchun o‗sha muammoni yuz berishi bilan bog‗liq jihatlar obdon 
o‗rganilmog‗i lozim. Ob‗yektda turgan masalaning qanchalik chuqur 
o‗rganilganlik darajasi tadqiqotchi uchun tegishli xulosalarni chiqarish hamda 
uning kelajakdagi kechmishi haqida ham muayyan prognozlarni aytish imkonini 
beradi. Bashorat qilish funksiyasining ahamiyati qachonki olib borilayotgan 
geosiyosiy tadqiqotlar quyidagi jihatlarni o‗zida namoyon etsagina bo‗ladi, ya‗ni:
muammoga nisbatan bildirilgan fikr - mulohazalarning qanchalik darajada ilmiy 
tomondan isbotlanganligi bilan; bildirilgan sharhlarning xalqlar, davlat va 
mintaqalarning geosiyosiy turmushiga qanchalik darajada o‗zgarishlarni olib 
kelishi bilan; bashoratlarning yaqin yoki uzoq muddatga mo‗ljallanganligi bilan; 
bashoratning ob‗yektivligi va h. Prognoz qilish – siyosiy jarayonlarning rivoji va 
ko‗rinishlari, ular amalga oshishining muqobil yo‗llari va muddatlari haqida ilmiy 
asoslangan mulohazalarni ishlab chiqish jarayonlari, shuningdek, ularning o‗sha 
voqeliklar sharoitida amalga oshishi uchun aniq tavsiyalarni berish demakdir.
Prognoz qilish funksiyasi bir qator tamoyillarga asoslanadi, ya‗ni batartiblik, 
muvofiqlik, uzluksizlik, muqobillik va rentabellik. Tabiiyki, ushbu prinsiplar 
jamiyatning iqtisodiy - siyosiy, ijtimoiy - siyosiy, siyosiy - mafkuraviy va harbiy - 
siyosiy doiralarini o‗rganishda qo‗l kelishi mumkin. Bundan tashqari, amaliy 
jihatdan geosiyosatning prognoz qilish funksiyasi quyidagi bosqichlardan iborat:
mavjud ijtimoiy - siyosiy vaziyatni tahlil qilish; olingan ma‗lumotlarni o‗rganish, 
tahlil etish; tayanch andazalarni ishlab chiqish; qidiruv modellarini tanlash;
qiyosiy taqqoslash; tahlilning aniqligi va ishonchliligini baholash; Borliqdagi 
geosiyosiy jarayonlar kelajagi va ularning qay ko‗rinishda rivojlanishini oldindan 
prognoz qilish qanchalik murakkab bo‗lmasin, prognoz qilish funksiyasi 
tadqiqotchilar nigohidan chetda qolayotgani yo‗q. Balki unga qiziqishning ortishi 
orqasida geosiyosiy tadqiqotlarni o‗rganish va tahlil qilish mazmun va ma‗no 
jihatidan takomillashib bormoqda.

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish