O„zbekistоn respublikаsi оliy vа o„rtа mахsus tа‟lim vаzirligi sаmаrqаnd dаvlаt universiteti



Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/173
Sana28.10.2022
Hajmi2,88 Mb.
#857879
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   173
Bog'liq
676f44ef7e4a9b46f704a6988b253d79 GEOSIYOSAT ASOSLARI (1)

chegaraviy maydon
- bunday maydonda ma‗lum bir milliy jamoa 
istiqomat qilsada, davlatning u yerda nazorat qilish funksiyasi rasmiy xarakterda 
bo‗lib, yashayotgan odamlar turmush tarzi chegaradosh davlatga yaqinroq bo‗ladi. 
Masalan, Shimoliy Qozog‗istondagi rus millati vakillarining Rossiya davlati 
turmush tarzi bilan, Shimoliy Tojikistondagi, Qirg‗izistonning O‗sh viloyatidagi 
yoki Janubiy Qozog‗istondagi o‗zbeklarning O‗zbekistondagi xalqlar turmushi 
bilan nafaqat tarixan, balki ham milliy, ham umuminsoniy qadriyatlar asosida bir - 
biri bilan uyg‗unlashgan. Ular yashayotgan makonni chegaraviy maydonga 
aylantirgan omil - ularning turli davlatchilikka oidligi bilan izohlanadi; -
chorrahaviy maydon
– turli milliy jamoalarning yashashidan qat‗iy nazar, 
ikki yoki undan ko‗proq davlatlar da‗vogar bo‗lgan geosiyosiy borliq. Biroq u 
chegaraviy maydondan milliy jamoaning atrofida emas, endemik maydon 
ichkarisida joylashgan bo‗lishi bilan (Tog‗li Qorabog‗), mintaqadagi jamoaning 
etnik va diniy tarkibi tarixan o‗sha jamoaga mansub bo‗lsada, borliqning bugungi 
davlatlar chegarasida chorrahaviy xarakter kasb etayotganligi bilan farqlanadi. 
Masalan, Turkiya, Eron, Iroq va Suriya davlatlarining geografik jihatdan tutashgan 
muayyan kengliklarida - chorrahaviy maydonda 40 mln.ga yaqin kurd xalqining 
yashab kelayotganligi va bunday geosiyosiy bo‗shliqdan chiqish uchun milliy 
mustaqillik yo‗lida olib borayotgan harakatlarini eslashimiz mumkin;
geosiyosiy mintaqa
– geostrategik mintaqaning bir qismi. U siyosiy, 
iqtisodiy, madaniy, savdo va boshqa aloqalar uchun qulay imkoniyatlarga va 
istiqbollarga ega bo‗lganligi bilan ajralib turadi. Masalan, Janubiy - Sharqiy Osiyo, 
Yevropa, Xitoy va b.
Geostrategik mintaqa
– o‗zining geografik joylashuvi, turmush tarzi, 
xarakteri, savdo va madaniy - mafkuraviy aloqalarining yo‗nalishi bilan qo‗shni 
yirik xorijiy davlatlar tashqi siyosatida munosabatlar o‗rnatish uchun ustuvor 
yo‗nalishda ko‗rilayotgan makon. Shuningdek, geostrategik mintaqa – bu davlat 
yoki chegaradosh davlatlar (mintaqa) hududlari ham bo‗lishi mumkin. Uning 
geostrategik ahamiyati muhim transkommunikatsion yo‗llarga tutashganligida b 
o‗ladi. Dengizga chiqishga qulay hududda joylashganlikda va boshqa shu kabi 
ko‗rinishlarda namoyon bo‗lishi mumkin.
Siyosiy borliq
- bu geosiyosatning asosiy kategoriyalaridan biri 
hisoblanadi. Davlat geosiyosatning markaziy tushunchalaridan biri hisoblansa, 
siyosiy borliq davlatning siyosiy holati va hayotiy mazmunini ko‗rsatib beruvchi 
muhim omildir. Siyosiy borliq davlat turmush tarzini ko‗rsatib turuvchi dastlabki 
nishona ham hisoblanadi. Shuning uchun geosiyosatda davlatlar o‗rtasidagi 
borlig‗iy (makoniy) munosabatlarga katta e‗tibor beriladi. Chunki borliq 


19 
tushunchasi geosiyosat nazariyasining asosini tashkil etadi. Har qanday davlatning 
siyosiy borlig‗i chegaralangan, ya‗ni u muayyan chegaralar doirasida bo‗ladi. 
Chegara esa davlat xavfsizligini ta‗minlovchi, siyosiy borliqni ko‗rsatib 
turuvchi geosiyosiy funksiyani bajaradi. Siyosiy borliqda chegaraning bajaradigan 
funksiyalari: a) siyosiy; b) suverenitetni himoya qilish; v) harbiy - strategik 
bo‗lishi mumkin; d) fuqarolik, soliqlar, boj va shu kabilar. Geosiyosatda chegara 
muammosiga ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi. Chunki qachon borliq uzra nazorat 
boshlansa siyosiy borliqlar chegarasi buziladi. Yoki biror kuchning borliq uzra 
nazoratni o‗rnatishi, siyosiy borliqlar chegaralarini inkor etish, buzish evaziga 
bo‗lishi mumkin.

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish