Geosiyosat ob„yekti
sifatida jahonning geosiyosiy xaritasi turishi birinchi
navbatda, dunyoning ko‗p qutbli dunyoga aylanishi bilan va xalqaro
munosabatlarning yangi bir transformatsiya – davlatlarning o‗z ta‗sir doiralari
uchun kurash bosqichiga ko‗tarilishi bilan bog‗liq bo‗lsa, ikkinchidan, xalqaro
maydonda ko‗pqirrali global dunyoviy siyosat tushunchasining shakllanishi bilan
ham bog‗liqdir. Mazkur masalalar geosiyosat ob‗yektida yaxlit holatda turishi
mumkin, biroq geosiyosat ularni tahliliy jihatdan o‗rganishni bir qator bosqichlarda
ko‗radi. Geosiyosatning tarixiy - tadrijiy taraqqiyotiga e‗tibor bersak, uning
predmeti ham zamonga mos tarzda takomillashib, o‗zgarib borganligiga amin
bo‗lamiz. Chunki jamiyatdagi geosiyosiy jarayonlar mavjud davlatlar manfaatlari
bilan bog‗liq bo‗lgan real voqelikni o‗zida aks ettiradi. Shu boisdan har bir davrda
geosiyosat predmeti sifatida jamiyatdagi ustuvor sohalar va xalqaro siyosatga
daxldor bo‗lgan strategik masalalar namoyon bo‗lgan.
Geosiyosat predmeti
. Xalqaro va mintaqaviy muammolarni hal etishda
geosiyosiy sub‗yektlar va tabiyat o‗rtasida, shuningdek geosiyosiy sub‗yektlarning
o‗zaro munosabatlari, jamiyatda kechayotgan har xil darajadagi ijtimoiy - siyosiy
jarayonlar, ularning yuzaga kelishi, harakatlanishi va o‗zgarib borishini o‗zida aks
ettiruvchi voqealar rivoji geosiyosat predmeti sifatida olindi. Zamonaviy
geosiyosatning asosiy muammolari bo‗lib kelayotgan quyidagi masalalarni
geosiyosiy tadqiqotlarning predmeti sifatida ko‗rish mumkin: ilmiy - texnika
inqilobi rivojining samarasi bo‗lgan harbiy - texnikaviy vositalar va ular turlarining
ko‗payib va takomillashib borayotganligi; o‗z navbatida davlatlarning harbiy -
texnika vositalaridan foydalanish, ularni ishlab chiqarish yoki chiqarmaslikka
nisbatan munosabatlari; shuningdek, insoniyatning ommaviy qirg‗in qurollarini
ishlab chiqarishga kirishishi bilan bog‗liq jarayonlar.
XXI asrda harbiy va moliyaviy axborot oqimi, axborot texnologiyalari va
yangiliklari, maʼnaviy-madaniy ehtiyojlar va boshqa omillar birinchi qatorga
chiqdi. Bularning hammasi davlat, uning harbiy tizimi, iqtisodiy boshqaruv global
kompьyuter sistemalarida ishlatiladigan axborot-kompyuter texnologiyalariga
yuqori darajada bogʼliq boʼlib qolganini bildiradi.
Oʼtmishda ham, hozirgi vaqtda ham, odatda, jahon va mintaqa
muammolarini hal etishda geosiyosiy subʼektlarning oʼzaro munosabatlarini ham
geosiyosat predmeti sirasiga kiritishadi.Hozirgi bosqichda, shuningdek, axborot
urushi, subʼektlararo axborot-psixologik taʼsir, jamoatchilik fikrini shakllantirish
va boshqa masalalarni ham geosiyosat predmeti qatoriga kiritish lozim boʼladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |