I-BO„LIM
6
♦ geografik joylashuvi, ya'ni davlatning qit'adagi joylashuvi;
♦ chegaralarning uzunligi, ularning tabiiy yoki sun'iy chegaralardagi o‗rni;
Geosiyosatni asosiy tushunchasi va predmeti bu:
♦ suv to‗siqlari va aloqa yo‗llari sifatida daryolarning mavjudligi;
♦ mamlakatning dengizga nisbatan pozitsiyasi, qirg‗oq chizig‗ining uzunligi
va suvga chiqish shartlari;
♦ iqlim (sovuq, mo‗tadil, issiq, quruq va boshqalar);
♦ tuproqlar (ular qishloq xo‗jaligi, infratuzilma, sanoat rivojiga qay darajada
ko‗maklashadi);
♦ mineral resurslar, ularning boyligi, aholining iqtisodiy o‗sishini va ijtimoiy
ehtiyojlarini ta'minlash qobiliyati;
♦ aholi, uning miqdori, zichligi, ijtimoiy tarkibi va boshqa xususiyatlari
1
.
Geosiyosat fan sifatida XIX asr oxirlari - XX asr boshlarida vujudga keldi.
Uning vujudga kelishi yirik mustamlakachi davlatlarning vujudga kelishi, dunyoni
bo‗lib olishga intilish, jahon savdosining yuksalishi, sanoat inqilobining
tugallanishi, sanoat va moliya kapitalining rivojlanishi, jahon bozori uchun
kurashning avjiga chiqishi, yangi bozorlarga, mustamlakalarga ega bo‗lishga
intilish va uning ustiga qurilgan siyosatning hosilasi sifatida kechdi. Geografik
kashfiyotlar davri tugab ―geo-grafiya‖ atamasi siyosat predmetiga aylanib ulgurgan
edi. Aynan o‗sha davrlarda ―geo‖ atamasini ildizi ikkinchi ma'nosi tez-tez
ishlatiladigan bo‗lgan. U tobora siyosatning ―sayyora‖, ―global‖ o‗lchovi sifatida
talqin qilinib, super kuchlar yoki harbiy bloklar (AQSh va SSSR, NATO va
Varshava shartnomasi) o‗rtasidagi munosabatlarni ―sivilizatsiyalar to‗qnashuvi‖
(A. Toynbi, S. Xantington) yoki o‗zgarish sifatida tavsiflanadi. Bu atama dunyo
tizimining
umumiy
konfiguratsiyasi,
masalan,
bipolyar
tizimdan
to
monopolitsentrikgacha o‗z ichiga olgan edi.
Atamaning ikkinchi qismi – ―siyosat‖ - bu mazmunda hukmronlikni amalga
oshirish, hokimiyatni egallash, makon va uning rivojlanishini anglatadi. So‗nggi
paytlarda u zamonaviy geosiyosat sub'ektlari yangi hududlarni egallash va
rivojlantirishni juda istamasliklari, chunki ular mumkin bo‗lgan bo‗shliqlarni
boshqarishga intilishlari va bu zamonaviy geosiyosatning o‗ziga xos xususiyati -
umuman hududni emas, balki aksariyat hollarda ushbu hududlar va ulardan
o‗tuvchi savdo oqimlarning aloqa yo‗nalishlari (moliyaviy, tovar, ishchi kuchi va
boshqalar), shu bilan ularning rivojlanishi va farovonligi uchun eng qulay
sharoitlarni qo‗llab-quvvatlaydi.
Shunday bo‗lsada bugungacha uning shaklu shamoyiliga, tadqiqot doirasiga,
ob‗yektiga aniq bir ta‗rif berilmadi. Bu bir tomondan yangidan shakllangan har bir
1
Исаев Б. А.Геополитика: Учебное пособие.— СПб.: Питер, 2006. — C.6.
7
fan uchun o‗ziga xos xususiyat bo‗lsa, ikkinchi tomondan geosiyosiy
jarayonlarning naqadar murakkabligi bilan izohlanadi. Ikkinchi jahon urushidan
keyingi davrda, ayniqsa sovuq urushi tugashi arafasida «Geosiyosat» atamasi
ommabop atamaga aylandi. Fransuz olimi Iv Lakostning e‗tirof etishicha
geosiyosat atamasi 1980 - yillardan boshlab, ayniqsa «sovuq urush» davri
tugaganidan keyin nihoyatda keng qo‗llanila boshlandi. ―Geopolitikani o‗ziga xos
muammoli ilmiy yo‗nalish sifatida ta'riflash mumkin, uning asosiy vazifasi asosan
turli darajadagi (harbiy, iqtisodiy, siyosiy, sivilizatsion, ekologik) kuch
maydonlarining fazoviy chegaralarini belgilash va prognoz qilishdir‖
1
. N.A
Nartovning. ta'rifiga ko‘ra geosiyosat - bu fan, yerdagi makonni boshqarish
haqidagi bilimlar tizimidir
2
. Yana uning fikricha geosiyosat oraliq fan bo‗lib,
maxsus o‗ziga xos tadqiqot maydoniga ega emas. Siyosatga, siyosiy hodisalarga
ko‗proq e‗tiborini qaratsada, ularni geografik omillar, aspektlar asosida
umumlashtiradi. O‗z navbatida geosiyosat davlatning ichki, tashqi siyosatini
tushuntirishda, asoslab berishda bir qator geografik omillardan keng foydalanadi:
chegara tafsifi, tabiiy va qazilmalar resurslarga boyligi, u joylashgan orol yoki
quruqlikning qulayligi, iqlimi, relefi va boshqalar. Uzoq yillar davomida
geosiyosatda hal etuvchi omil metropoliyaning geografik makonda kengayib
borishi asosiy ahamiyat kasb etib kelgan edi. Vaqt o‗tishi bilan bu omil o‗z
ahamiyatini davlatlar o‗rtasidagi hamkorlikka, tenglikka asoslangan o‗zaro
hamkorlikka asoslangan munosabatlarga bo‗shatib bera boshladi.
K. Xausxofer unga quyidagicha ta'rif beradi: geosiyosat geogragik kenglikni
davlat nuqtai nazaridan o‗rganadigan fandir. A.Dugin geosiyosatni dunyoqarash
deb biladi va quyidagi majoziy ta'riflarini beradi:
- geosiyosat bu hokimiyat dunyoqarashidir, hokimiyat uchun fan;
- siyosiy elita intizomi;
- hukmdor haqida qisqa qo‗llanma, kuch egalik qilish darsligi;
Geosiyosat- bu g‗oliblik haqidagi fandir
3
.
Аmerikalik geosiyosatchi Kolin Filint oʼzining 2006 yilda nashr etilgan
―Geosiyosatga kirish‖ kitobida Geosiyosat - bu tasavvurlarni uyg‗otadigan so‗z.
Bir ma'noda, bu so‗z urush, imperiya va diplomatiya g‗oyalarini qo‗zg‗atadi.
geosiyosat - bu hududlarni boshqarish va raqobatlashadigan davlatlarning
amaliyotidir. Geopolitika obrazlarni yaratishni nazarda tutadigan yana bir ma'no
bor: geosiyosat, nazariya, til va amaliyotda hududlar va odamlar massasini
tasniflaydi. Masalan, Sovuq Urush - bu hududni boshqarish ustidan ziddiyat bo‗lib,
1
Колосов В.А., Мироненко Н.С. Геополитика и политическая география: Учебник для вузов. – М.: Аспект
Пресс, 2001 C.18.
2
Нартов Н.А. Геополитика: Учебник для вузов / Под ред. Проф. В.И. Староверова . –2-е изд. – М.: ЮНИТИ-
ДАНА, Единство, 2004.C.12.
3
Макошев А.П. Политическая география и геополитика: Учебное пособие. – Горно –Алтайск, 2005, - C.53.
8
u ―temir parda‖ va ―erkin dunyo‖ va kommunizmning ―tahdidi‖ ning geografik
asosidagi tasvirlari orqali qo‗zg‗atilgan va oqlangan
1
.
Bugungi kunda bu atama barcha davlatlarning OAV larida jurnalistlar
nafaqat Yevropa davlatlari o‗rtasidagi hududiy raqobatchilikni, ayni damda unga
qarshi jamoatchilik fikridagi e‗tirozlarni ham ko‗tarib chiqishmoqda. Ba‗zan esa
geosiyosat atamasi turli hodisalarga, jumladan hech qanday aloqasi yo‗q
hodisalarga nisbatan ham ishlatilmoqda. «The Economist» jurnalida e‗tirof
etilishicha geosiyosat atamasi fundamental hodisa hisoblansada, uni shunday bir
yorliqqa qiyoslash mumkinki, bu yorliqni istalgan hodisaga ilib q o‗yish mumkin.
O‗zida iqtisodiy va siyosiy geografiyani umumlashtirgan geosiyosat harbiy
yoki diplomatik tarixga shunchaki qo‗shilgan oddiy hodisa emas. Geosiyosiy uslub
ularni o‗zlashtirgan holda namoyon bo‗ladi. Alohida tadqiqot, masho‗ulot sohasi
sifatida, dunyoga nazar tashlash uslubi sifatida geosiyosat asoslari fanining
istiqbollari quyidagi holatlar bilan o‗z dolzarbligini namoyon qiladi:
1) jamiyatning demokratik, fuqarolik siyosiy madaniyatini shakllantirishda,
aholii tafakkurini qaramlik tafakkur tarzidan xalos bo‗lishida, radikal geosiyosiy
hatti - harakatlar mohiyatini anglab yetishda geosiyosatning asoslarini o‗rganish
muhim ahamiyat kasb etadi;
2) geosiyosiy paradigmalar, alohida faoliyat turi sifatidagi geosiyosat
shakllanayotgan ko‗p qutbli dunyoda, jahon hamjamiyatida munosib o‗rin
egallashida muhim ahamiyat kasb etadi;
3) endigina shakllanayotgan geosiyosat fani oldida g‗arb geosiyosati
erishgan yutuqlarni o‗zlashtirish, uning asosiy tendensiyalarini, hozirgi zamon
geosiyosiy jarayonlarining rivojlanish xusiyatlarini o‗rganish kabi masalalar
turibdiki, ularning yechimi O‗zbekistonning Markaziy Osiyoda, jahon
hamjamiyatida tutgan maqomini belgilab olishda o‗ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Fransuz geosiyosatchisi Mishel Fushe ingliz va nemis geosiyosati xususida
fikr yuritib, jahonda iqtisodiy va siyosiy hukmronlikni qo‗lga kiritish ustida kurash
natijasidagi ehtiyoj natijasida yuzaga kelganligini ta‗kidlaydi. Uning fikricha
geosiyosat faqatgina uslub hisoblanmasdan, ayni damda tasavvur va amaliyot ham
hisoblanadi
2
. Negaki dastlabki geosiyosatchilar sifatida turli davrlarda turli
hukmdorlar maydonga chiqishgan. Geosiyosatni tasavvur sifatida shu ma‗noda
e‗tirof etiladiki qator geosiyosiy maktablar ilgari surgan nazariy muhokamalar
dunyo haqidagi tasavvurlarni inikos ettirgan, u yoki bu davlatning olib borayotgan
siyosatini belgilab bergan. Geosiyosat metod sifatida ilmiy, pedagogik ahamiyatga
ega bo‗lgan bilimlar mohiyatini ifoda etgan.
1
Colin Flint. Introduction to Geopolitics. Madison Ave, New York,2006 P-13.
2
Дугин А. Основы геополитики. Арктогея. – Москва. 1997-С.35.
9
Insоniyatning kеlаjаgi to‗g‗risidа hаr хil fаrаzlаrni o‗rtаgа qo‗yayotgаn turli
siyosiy vа ilmiy dоirаlаr – siyosаtshunоslаr, tаriхchilаr, fаylаsuflаr, futurоlоglаr,
аstrоlоglаr vа bоshqаlаr ХХI аsrdа insоniyatning tаqdiri qаndаy bo‗lishi hаqidа
hаr kuni turli-tumаn fаrаzlаrni ilgаri surmоqdаlаr. Glоbаl dunyo tаrtibоtini,
zаmоnаviy gеоsiyosiy vа хаlqаrо munоsаbаtlаrni yaхshilаsh uchun аyrim
tаdqiqоtchilаr libеrаl-dеmоkrаtik qаdriyatlаrni rivоjlаntirishni tаklif qilsаlаr,
bоshqаlаr insоniyatgа tаhdid sоlаyotgаn milliy-etnik vа shu аsоsdа kеlib
chiqаdigаn etnik ziddiyatlаr, mаdаniyatlаrаrо kоnfliktlаr, ijtimоiy, iqtisоdiy,
mоliyaviy vа ekоlоgik vа hоkаzо оfаtlаrgа qаrshi turishning kеskin yo‗llаrini
izlаmоqdаlаr. Birоq, gеоsiyosаtchi оlim V.А.Dеrgаchеvning so‗zlаri bilаn
аytgаndа, insоniyatgа хаvf tug‗dirаyotgаn jаdаl rivоjlаnаyotgаn, o‗zgаruvchаn vа
glоbаllаshib bоrаyotgаn jаhоn hоdisа vа jаrаyonlаri chuqur gеоsiyosiy tаfаkurgа,
jiddiy glоbаl yondаshuv vа prоfеssiоnаl tаdqiqоtlаrgа аsоslаngаn jаvоblаrgа
ehtiyoj sеzаyotgаni ulаrning hаmmаsigа birdаy хоs хususiyatdir. Uning fikrichа,
ХХ аsrdа, gаrchi ilmiy-tехnikа tаrаqqiyoti tаntаnа qilgаn bo‗lsа-dа, yer kurrаsi vа
hаr bir mаmlаkаtdа sоdir bo‗lаdigаn glоbаl o‗zgаrishlаrning оqibаtlаri to‗g‗risidа
mаntiqiy vа mаlаkаli fikr yuritish hаmdа хulоsаlаr chiqаrish imkоnini bеrаdigаn
fаn аsоslаri yarаtilgаni yo‗q
.
Do'stlaringiz bilan baham: |