2. Jiddiylik darajasi, uni aniqlashda qo’llaniladigan asosiy
ko’rsatkichlar tizimini shakllantirish tartibi
№ 9 – «Jiddiylik va auditorlik riski» nomli AFMS ga muvofiq jiddiylik darajasi deganda moliyaviy hisobot-dagi xatoning, ushbu hisobotdan foydalanuvchi unga asosan to’g’ri xulosa va qaror qabul qilishiga monelik qiladagan chegarasi tushuniladi (8 bandi).
Ushbu standartga asosan auditorlik tashkilotlari jiddiylik darajasini aniqlash tartibini o’rnatadigan o’zlarining ichki ishchi standartlarini ishlab chiqishlari kerak. Ishchi standart yordamida esa asosiy ko’rsatkichlar tizimi shakllantiriladi va jiddiylik darajasi aniqlanadi. Lekin, №9-AFMSda jiddiylik darajasini aniqlash uchun tavsiya qiliznadigan asosiy ko’rsatkichlar, ularning xo’jalik yurituvchi sub’ektlar xususiyatlariga bog’liqligi va hisob-kitob qilib chiqarish tartibi tavsiya sifatida uslubiy jihatdan asoslab berilmagan.
Bizning fikrimizcha, standartning 9 bandida xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotining ishonchliligini tavsiflaydigan eng muhim ko’rsatkichlarni va ularga nisbatan qo’llaniladigan foiz (%) ko’rsatkichlarini keltirish zarur. Jiddiylik darajasining absolyut miqdorini topishda auditor audit qili-nadigan xo’jalik yurituvchi sub’ekt hisobotining ishonchliligini tavsiflaydigan eng muhim ko’rsatkichlarni asos qilib olishi zarur. Bunday ko’rsatkichlar keyinchalik shartli ravishda moliyaviy hisobotning asosiy ko’rsatkichlari deb ataladi. Ular aniqlanganidan so’ng tegishli tarzda hujjatlashtiriladi va tekshiruvda doimiy asos sifatida qo’llaniladi.
Auditorlik tashkilotlari eng muhim asosiy ko’rsatkichlarni, jumladan: buxgalteriya hisobi schyotlarining miqdor ko’rsatkichlari, balans moddalari yoki buxgalteriya hisoboti ko’rsatkichlaridan ma’lum bir ulushini olib, jiddiylik darajasini hisoblab chiqarishlari lozim.
Jiddiylik darajasi rejalashtirish bosqichida aniqlanadi va mijoz-korxonaning xususiyatlariga bog’liq. Jumladan, faoliyat tarmogi, tugallanmagan ishlab chiqarish, soliqqa tortilgungacha foyda summasi, balansning jami summasi, shartli majburiyatlarning mavjudligi, kreditorlik qarzlar, kapital summasi, hisobotda kutilmagan moddalarning paydo bo’lishi va boshqalar.
Lekin, ushbu ko’rsatkich (jiddiylik darajasi) auditor tomonidan nafaqat auditni rejalashtirish bosqichida – auditorlik amallarining mazmuni, hajmi va vaqt sarfini aniqlash paytida, balki butun auditorlik tekshiruvini o’tkazish va auditorlik xulosasini tuzish jarayonida ham hisobga olinishi lozim.
Yuqorida ta’kilanganidek, auditor audit o’tkazish chog’ida jiddiylikning ikkita ya’ni sifat va miqdor tomonini nazarda tutishi zarur. Sifat nuqtai nazaridan auditor xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan sodir etilayotgan muomalalarning O’zbekistonda amal qilayotgan me’yoriy hujjatlardan chetga chiqish hollari jiddiy yoki jiddiy emasligini aniqlash uchun o’zining professional fikr-mulohazalaridan foydalanadi. Miqdor nuqtai nazaridan, auditor aniqlangan tafovutlar har birining yoki jamlanmasining (belgilanmagan tafovutlarning taxminiy miqdorini ham hisobga olgan holda) miqdoriy mezon – jiddiylik darajasidan oshib ketmaganligini aniqlashi lozim.
Jiddiylik darajasini aniqlashda, odatda, ikkita omil hisobga olinadi: xatoning absolyut va nisbiy miqdori. Хatoning absolyut miqdori – bu auditorning sub’ektiv fikri bo’lib, ma’lum summadagi xato summaning ahamiyatliligiga ko’ra boshqa vaziyatlarga bog’liq bo’lmagan holda jiddiy deb tan olinishi mumkin. Nisbiy miqdor esa qabul qilingan te-gishli miqdoriy mezonga nisbatan foiz hisobida aniqlanadi.
Eng muhim ko’rsatkichlar sifatida quyidagilarni olish va ularga nisbatan qo’llaniladigan foizlarni tavsiya sifatida belgilash mumkin. Ushbu ko’rsatkichlar quyidagi jadvalga tushirilib (2-grafa), qabul qilingan jiddiylik darajasi (%) ga muvofiq (3-grafa) jiddiylik darajasining absolyut miqdori (4-grafa) hisoblab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |