O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus тa’lim vazirligi o’zbekisтon respublikasi davlaт soliq qo’miтasi soliq akademiyasi



Download 1,35 Mb.
bet250/275
Sana11.01.2017
Hajmi1,35 Mb.
#120
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   275
Ko’rsatkichlar

Hisob

narxi

Haqiqiy

tannarxi

Farq


Oy boshiga ombordagi tayyor maxsulot qoldig’i

245

210

35

Ishlab chiqarishdan hisobot oyida qabul qilingan tayyor mahsulot

2800

2900

100

Jami

3045

2810

235

Хaqiqiy tannarxini hisobdagi narxiga nisbati, %







2,28

Mahsulot qiymati

2700

2492

208

Oy oxiriga tayyor mahsulot qoldig’i

345

318

27

Bunday hisob kitoblarga aniqlik kiritish maqsadida jadval tayyor mahsulotning guruhlari bo’yicha tuziladi.

9010 schetning debetidagi oborotlarni to’g’ri hisoblanishini aniqlash uchun auditor sotilgan mahsulotni haqiqiy tannarxi hisob-kitobi tekshiradi.
Sotilgan maxsulotni haqikiy tannarxini hisoblash. (ming so’m)


Ko’rsatkichlar

Hisob narxi

Haqiqiy tannarxi

Farqi

(+:-)

Jo’natilgan mahsulotni oy boshida qoldig’i

4412

400

-12

Hisobot oyida jo’natilgan mahsulot

2700

2492

-208

Jami:

3112

2892

-220

Haqiqiy tannarxini hisobdagi na ishlab chiqarishga nisbat %







92,92

Hisobot oyida sotilgan mahsulot

2640

2453

-187

Jo’natilgan mahsulotning oy oxiriga qoldig’i

472

439

-33

Auditor jo’natilgan mahsulot bo’yicha xaridorlardan pul kelib tushishi tekshiriladi. Хaridorlarni korxona oldidagi qarzlar muddati bo’yicha ko’rib chiqiladi.


6. Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarni tekshirish.

Хo’jalik yurituvchi sub’ektlar asosiy faoliyatlari bo’yicha boshqa daromadlarni ham olishi mumkin. Bu daromadlarni moddalari va turlari «xarajatlar tarkibi to’g’risida»gi Nizomga muvofiq quyidagi elementlardan tashkil topgan.

-shartnoma talablarini bajarmaganligi uchun olingan jarima, penya va boshqa mablag’lar;

-hisobot yilida aniqlangan o’tgan yillarda olingan foyda summasi;

-mahsulotni ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq bo’lmagan boshqa muomalalar va faoliyatdan olingan daromadlar;

-idishlar bo’yicha amalga oshirilgan muomalalardan olingan daromadlar;

-moddiy vositalarni va boshqa mulklarni tugatish va sotishdan olingan daromadlar;

-da’vo muddati o’tgan kreditor qarzlar va deponent qarzlarni hisobdan chiqarish natijasida olingan daromadlar;

-tovar moddiy boyliklarni va tayyor mahsulotlarni qayta baholash natijasida olingan daromadlar;

Ushbu muomalalarni amalga oshirish natijasida tushgan daromad summalarining buxgalteriya hisobi quyidagi schyotlarda yuritidadi:

9310 "Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimidan olingan foyda"

9320 "Boshqa aktivlarni sotish va turli chiqimidan olingan foyda"

9330 "Penya, jarimalar va boshqa to’lovlarni undirish"

9340 "O’tgan yillar foydalari"

9350 "Qisqa muddatli ijaradan olingan daromadlar"

9360 «Kreditorlik va deponentlik qarzlarni hisobdan chiqarishdan tushgan daromad»

9370 «Хizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarning daromadlari»

9380 «Beg’araz moliyaviy yordam»

9390 «boshqa operatsion daromadlar»

Bular tranzit schyotlar bo’lib, passiv schyotlarga mansub. Yuqoridagi schyotlarning kredit oboroti tegishli manbalar hisobidan foydaning ko’payishi, debet oboroti esa ularning hisobdan chiqarilishini ko’rsatadi va hisobot davri boshiga qoldig’i qolmaydi.

9310 "Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimidan olingan foyda" schyotida asosiy vositalarni sotish va boshqa ko’rinishdagi hisobdan chiqarishlardan olingan foyda hisobga olinadi. Bu vaqtda quyidagicha provodka beriladi:

Dt 9210 «Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi»

Kt 9310 "Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimidan olingan foyda"

9320 "Boshqa aktivlarni sotish va turli chikimidan olingan foyda" schyotida nomoddiy aktivlar, immatli qog’ozlar va shunga o’xshagan boshqa aktivlarni sotishdan olingan foyda summas kuyidagi provodka bilan aks ettiriladi:

Dt 9220 «Boshqa aktivlarning sotilishi va turli chiqimi»

Kt 9320 "Boshqa aktivlarni sotish va turli chiqimidan olingan foyda"

9330 "Penya, jarimalar va boshqa to’lovlarni undirish" schyotida shartnoma shartlarini buzganligi uchun undirilgan yoki qarzdor tomonidan e’tirof etilgan jarimalar, boqimandalar, vaqtida to’lanmagan qarzlar va boshqa xil jazo jarimalari, shuningdek yetkazilgan zararlarni undirish bo’yicha daromadlar aks ettiriladi.

Bunday jarima va boqimandalar undirib olinsa 5110 yoki pul mablag’larini hisobga oladigan boshqa schyotlar debetlanib, 9330 "Penya, jarimalar va boshqa to’lovlarni undirish" schyoti kreditlanadi. Lekin bunday jarima aybdor tomonidan tan olinib hali puli o’tkazib berilmagan bo’lsa, 4800 «Da’volar bo’yicha olinadigan schyotlar» schyoti debetlanib 9330 "Penya, jarimalar va boshqa to’lovlarni undirish" kreditlanadi.

9340 "O’tgan yillar foydalari" schyotida hisobot yilida aniqlangan oldingi yillarga tegishli foyda aks ettiriladi. Bunga xususan, oldingi yillarda olinib sarflab yuborilgan materiallar bo’yicha qaytadan hisoblash natijasida mol yuboruvchilardan olingan summa, xaridorlarga oldingi yillarda jo’natilgan maxsulot, ko’rsatilgan xizmatlar bo’yicha qaytadan hisoblash natijasida hisobot yilida olingan summa kiradi.

Bunday summa o’tkazib berilsa, pul mablag’larini hisobga oladigan schyotlar debetlanib 9340 "O’tgan yillar foydalari" schyoti kreditlanadi. Agar bunday foyda hali o’tkazib berilmagan bo’lsa, 4010 «Хaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti debetlanib 9340 "O’tgan yillar foydalari" schyoti kreditlanadi.

Ishlab chiqarish va mahsulot (ish, xizmat)larni sotish bilan bevosita bog’liq bo’lmagan operatsiyalardan renta daromadi, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar huzuridagi oshxonalardan tushumlar, yordamchi xizmatlardan daromadlar va shunga o’xshash boshqa daromadlar 9390 schyotida hisobga olinadi.

Bunday tushumlar kirimga olinganda 9390 «Boshqa operatsion daromadlar» schyoti kreditlanib quyidagi schyotlar debetlanadi:

2010 «Asosiy ishlab chiqarish», 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»- tugallanmagan ishlab chiqarishdagi ortiqcha chiqqan materiallar qiymatiga; 2510 «Umumishlab chiqarish xarajatlari» -umumishlab chiqarish omborlarida ortiqcha chiqqan materiallar qiymatiga;

9450 «Yordamchi xo’jaliklar» schyoti — kommunal xo’jaligidan olingan foyda summasiga;

1060 «Idish va idishbop materiallari» schyoti — idish va idishbop materiallari bo’yicha olingan foyda summasiga.

1010-1090 schyotlar-inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan materiallar kirimga olinadi.

5010 «Milliy valyutadagi pul mablag’lari» schyoti inventarizatsiya natijasida kassada ortiqcha chiqqan pul mablag’lari kirimga olinsa.

9360 «Kreditorlik va deponentlik qarzlarni hisobdan chiqarishdan tushgan daromadlar» schyotida da’vo muddati o’tgan kreditorlik va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar hisobga olinadi.

Bunday tushumlar kirimga olinganda 9360 «Kreditorlik va deponentlik qarzlarni hisobdan chiqarishdan tushgan daromadlar» schyoti kreditlanib quyidagi schyotlar debetlanadi:

6720 «Deponentlangan ish haqi» schyoti - da’vo bildirish muddati o’tgan deponentlik qarzlari hisobdan chiqarilsa;

6990 «Boshqa majburiyatlar» schyoti-da’vo bildirish muddati o’tgan aliment qarzlari hisobda chiqarilsa;

6960 «Da’volar bo’yicha to’lanadagan schyotlar» schyoti-undirib olish muddati o’tgan da’volar bo’yicha to’lanadigan qarzlar summasi hisobdan chiqarilsa;

5010 «Milliy valyutadagi pul mablag’lari» yoki 5110 «Hisob-kitob schyoti», 5210 «Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari» schyotlari-zararga o’tkazilgan to’lashga qobiliyatsiz debitor qarzlar undirib olinsa. SHu bilan birga balansdan tashqari 007-«Тo’lashga qobiliyatsiz debitorlarning zararga o’tkazilgan qarzi» schyotidan chiqariladi.

9350 "Qisqa muddatli ijaradan olingan daromadlar" schyotida operativ ijaraga berilgan mulkdan olingan daromad hisobga olinadi.

9380 «Beg’araz moliyaviy yordam» schyotida pul mablag’lari va pul ekvivalentlari tarzida qaytarib bermaslik sharti bilan olingan daromadlar hisobga olinadi. Bunday pul mablag’lari kirimga olinganda 5110 «Hisob-kitob schyoti» va 5210 «Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari» debetlanib 9380 «Beg’araz moliyaviy yordam» schyoti kreditlanadi.

Bu xil daromadlar hisobot davri oxiridagi quyidagi provodkalar bilan yakuniy moliyaviy natijaga o’tkaziladi:

Dt 9310 "Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimidan olingan foyda"

Dt 9320 "Boshka aktivlarni sotish va turli chiqimidan olingan foyda"

Dt 9330 "Penya, jarimalar va boshqa to’lovlarii undirish"

Dt 9340 "O’tgan yillar foydalari"

Dt 9350 "Qisqa muddatli ijaradan olingan daromadlar"

Dt 9360 «Kreditorlik va deponentlik qarzlarni hisobdan chiqarishdan tushgan daromadlar»

Dt 9370 «Хizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarning daromadlari»

Dt 9380 «Beg’araz moliyaviy yordam»

Dt 9390 «Boshqa operatsion daromadlar»

Kt 9900 «Yakuniy moliyaviy natija».



Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish