144
Odatda, jang davomida qulay dinamik vaziyat shu darajadagi sur’at bilan kechadiki,
ya’ni bunda ushbu vaziyatga nisbatan ko’proq darajada mos keluvchi texnik harakatlarni
tanlash va ularni faqat avtomatik tarzda bajarishga harakat qilinadi.
Sparring davomida usulni bajarish shart
– sharoitlari sportchilarning o’zlari tomonidan
vujudga keltiriladi, bunda u ushbu vaziyatning oldindan belgilangan harakatlarga to’liq
holatda javob berishini ta’minlashga intiladi.
Agar qulay vaziyatlar tasodifiy holatda vujudga kelib qolsa, ushbu haqiqiy vujudga kelgan
vaziyatda sportchi hujumni muvaffaqiyatli amalgaoshirish imkoniyatidan to’liq holatda
foydalanish imkonini beruvchi usulni tanlay olishi talab qilinadi.
Dastlab hujum qilish uchun qulay vaziyat qanday qilib (tasodifiy
holatda vujudga kelishi
yoki maxsus tayyorlanishi) yuzaga kelganligidan qat’iy nazar, usulni amalgaoshirishda
navbatdaggi lahza davomida vaziyat davomida o’zgarishi va hujum harakatining davom
ettirilishiga halaqit berib qolishi ham mumkin. Odatda, bu ko’rinishdagi vaziyat raqibning
himoyaga o’tish javob reaksiyasi amalgaoshirilishi va qarshi hujum ko’rinishida
hujumga
o’tishni boshlashi yoki sportchining pozitsiyasi maydon chekkasidan joy olib qolishinatijasida
yuzaga kelishi mumkin. Har doim ham turish holatini maqsadga muvofiq holatda doimiy
yaxshilashga erishilmaydi. Bundan tashqari, ayrim vaziyatlarda usulning
bajarilishi davomida
taktik jihatdan maqsadga muvofiq bo’lmagan o’zgarishlar bu ko’rinishdagi holatgaolib kelishi
mumkin. Bu vaziyatlarda hujumni samarali yakunlash uchun yo’lda uchrovchi to’siqlarni
bartaraf etish, qiyinchiliklarni engib o’tish uchun usulning tizimiga tegishli o’zgartirishlarni
kiritish talab qilinadi. Bunda eslatib o’tish kerakki, bu barcha o’zgarishlar faqat usulning alohida
qismlariga (tezkorlik, harakatlar yo’nalishlari vaamplitudasi) tegishli bo’lishi mumkin.
Vujudga kelgan dinamik vaziyatga nisbatan to’liq holatda mos keluvchi usullar
variantlarini tanlashda o’larni o’z vaqtidaamalgaoshirishga kirishish va ushbu usullarning texnik
tizimiga uni amalgaoshirish jarayoni davomida maqsadga muvofiq ko’rinishda o’zgartirishlar
kiritish talab qilinib, sportchi bunda yaxshi darajada chaqqonlik, tezkorlik va qat’iy qaror qabul
qilaolish, qat’iyatga ega bo’lishi, yetarlicha darajada tajribaga ega bo’lishi, jang davomida
yuzaga kelgan vaziyatlarni bir zumdaanglay olishi va to’g’ri baholay
olishni bilishi talab
qilinadi. Texnik harakatlarni bajarish malakalari mustahkam va egiluvchan tavsiflarga ega
bo’lishi talab qilinadi, bunda sportchilar turli xil dinamik vaziyatlarda usullarni qo’llashni bilishi
uchun vujudga kelgan vaziyatdaavtomatik tarzda javob reaksiyasi ko’rsataolishi talab qilinadi
(bu haqda«Mashg’ulotlar» bobida batafsil ma’lumotlar berilgan).
145
Agar raqib maydonning chekka qismidaorqasi bilan turgan holatda jangni olib borish san’atini
egallamagan bo’lsa, uni aynan ushbu holatga kirishga majburlash talab qilinadi. Maydonning
chekka qismigaorqasi bilan turish holatida raqib o’zini sarosimaga tushgan vaziyatda his qiladi, u
manyovrlarni amalgaoshirishga qiynaladi.
Bu lahzada sportchi uning zo’r berishlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi, ya’ni
raqibning maydonda qulay urish holatini egallay olmasligiga yo’naltirilgan holatda o’z
qulay
vaziyatni egallashi amalgaoshiriladi. Bu turish holati ko’pgina samarali usullar va
kombinatsiyalarni amalgaoshirish uchun qulay hisoblanadi.
Sportchi maydonning chekkasidaorqasi bilan turish holatida ham turli xilda hujum qilish
imkoniyatlaridan mahrum hisoblanmaydi. Bu turish holatidan hujumga o’tish uchun
amalgaoshiriluvchi usulning tizimiga o’zgartirish
kiritish, ya’ni maydon chekkasida emas, balki
maydonda joylashgan raqibga nisbatan ushbu usulni qo’llay olishni bilish talab qilinadi. Bu
ko’rinishda usulni bajarishni egallay olgan sportchi boshlang’ich holatda raqibning uni havfsiz deb
o’ylashi yoki bu hujumning muvaffaqiyatli chiqmasligiga ishonch hosil qilishi vaziyatida
bajaraolishi kuzatiladi.
Shunday qilib, kutilmagan harakat omili vujudga keladi, bu hujum
qiluvchini muvaffaqiyatga erishishga sabab bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: