135
Masalan, taekvondoda hujum qiluvchi tomonidan frontal tepadan pastga yo’naltiriluvchi
zarba (
neryo chagi
) amalgaoshirilishida hujumni qabul qiluvchi himoyaga o’tishi
davomida
qo’llarini ko’taradi, bunda qo’l bilan frontal zarbanibajarish yoki qisqa ko’rinishdagi yonlama zarba
bajarilishi uchun qulay vaziyatni vujudga keltiradi; raqib qandaydir hujumni amalgaoshirishi
davomida o’zida qoniqish hosil qilishida ma’lum bir lahza davomida hushyorligini yo’qotishi
mumkin. Bundan tashqari, raqib himoyaga o’tish harakatlarini bajarishda kuchlanishidan keyin
biroz kuchsizlanadi. Agar, muvaffaqiyatsiz urinish amalgaoshirilgandan keyin tezda hujum harakati
takrorlansa, u holda bu hujum kutilmagan ko’rinish oladi va muvaffaqiyatli
tugallanishi mumkin;
ko’pginahimoya harakatlarini amalgaoshirishda sportchilar o’z tanasi (tana qismlarini) holatini
sezilarli darajada o’zgartirishlari qayd qilinadi. Odatda, raqib hujumni qaytarishi
amalgaoshirilishidan keyin yana qaytadan boshlang’ich holatga qaytadi. Ushbu lahzada unda
nafaqat hushyorlik darajasi kuchsizlanadi, o’zini hujum qilish uchun ochib beradi.
Hujumga o’tuvchi sportchining hujum harakatlaridan keyin raqibning javob ko’rinishida
himoyaga o’tish harakatlarini amalgaoshirishi holatida jang davomida
vujudga keluvchi qulay
vaziyatlar odatda tahdid solish, muvozanatldan chiqarish va turtish ko’rinishdagi maxsus
tayyorgarlik usullaridan foydalanish yo’li bilan ham vujudga keltirilishi mumkin.
Har qanday hujum (qarshi hujum) harakatlari ham sportchining o’z raqibi ustidan sof
g’alabaga erishishi imkonini bermaydi. Agar hujumni qabul qiluvchi mudofaaga o’tsa, birinchi
lahzada u juda turli xildagi turish holatlarini egallashi mumkin, bunda hujum qiluvchiga u yoki bu
usullarni amalgaoshirish uchun qulay vaziyat vujudga keladi. Bu ko’rinishdagi
vaziyatlardan
unumli foydalanish, raqibning qulay va barqaror holatni egallashi va jangni davom ettirishi uchun
vaqt qoldirmasdan, hujumga o’tishni amalgaoshirish talab qilinadi.
Qandaydir usuldan foydalanib, amalgaoshirilgan hujumni
qabul qilib oluvchi raqib, o’z
navbatida, dastlab oyoq va qo’llarinig joylashish holati harakatlarida qandaydir sarosima va
tartibsizlikka yo’l qo’yishi qayd qilinadi. Agar ushbu lahzada uning o’ziga kelib olishi uchun imkon
bermasdan usullarni (yoki usullar seriyasini) amalgaoshirish bajarilsa, u holda hujumni olib borish
oson kechadi, bu vaziyatda hujum qiluvchi hech qanday ortiqcha zo’r berishlarni amalgaoshirmaydi
va. o’z navbatida bu holat muvaffaqiyatgaolib kelishi mumkin. Agar ushbu lahzada nafaqat
raqibning turish holati hujumga o’tish uchun qulay vaziyatni vujudga keltirishi, balki uning psixik
holati ham hujum samaradorliga ko’maklashishi mumkin.
Qulay vaziyatlarda turli xil turish holatlarida (joyida turgan holatda, yon tomonga vaorqaga
qochish asosida)
birin-ketin, uzluksiz ko’rinishda amalgaoshiriluvch