Skelet mushaklar .
Mushak to’qimasi mushak tolalari, birlashtiruvchi asab va tomir
elementlaridan tashkil topgan. Mushak tolalari ikki turga bo’linadi:
–qizil tolalar, sekin qisqaradilar(SQ), glikiogen to’planganiga va kapillyarlarning katta
miqdori tufayli , davomli yuklamalarga chidamli;
–tez qisaradigan(TQ),ular ikki guruxchaga bo’linishadi:
a) TQa-oraliq tolalar , deb, nomlanishadi , kul rang,qisqarish qobiliyati va toliqishga
qarshiligi katta.Chidamlilikka yo’naltirilgan mashg’ulotlarga yaxshi bo’ysunadi; b) TQb- oq tolalar
deb , nomlanishadi, juda tez,kislorodsiz(anaerobik) energiya manbaalaridan foydalanadilar
.(1-
jadval)
Hozirgi kunda barcha turdagi tolalarning miqdoriy nisbatlariga ikki xil fikr mavjud.
Avvalgi tadqiqotchilarning fikricha,barcha turdagi tolalarning nisbatlari DNK darajasida ,ularning
miqdori butun umr mobaynida o’zgarishsiz qoladi, biroq uzluksiz mashg’ulotlar tufayli TQa tolalari
tor chegarada modifikasiyalanishi mumkin. Barcha odamlarda t 52 do 55% SQ-tolalaar (ayniqsa,
tolalarning markaziy qismida), 30-35% TQa tolalar, ancha kam TQb tolalar mavjud. Oxirgi yilarda
shu narsa isbotlandiki, zo’riqishli davomli katta og’irliklar bilan olib borilgan mashg’ulotlar TQ
tolalarning ko’payishiga (masalan , kulturizmda – 9%) olib keladi. Taxminlarga ko’ra, tolalarning
miqdori o’zgarmaydi, bor uzunligi bo’yicha bo’linish sodir bo’ladi. Uzoq davom etgan kuchlanishli
ishlash davomida , odam mushaklari aralash bo’lishiga va barcha turdagi tolalarga ega bo’lishiga
qaramay, TQb tolalarni ajratib olishning imkoni bo’lmaydi, chunki chidamlilikka mashg’ulotlar
olib borilganda , ular TQa tolalarga aylanishar ekan. Bunday o’zgarishlar mushaklarning tezkorlik
imkoniyatlarini keskin kamaytirib yuboradi. TQb tolalarning tiklanish(tezlikning ortishi)
imkoniyati mavjud, biroq , juda murakkab, buning uchun , xozirgi vaqtda qanday vositalar
samaraliroq ekanligi ma’lum emas. Barcha tez tolalar yuqori darajadagi qo’zg’olish imkoniyatiga
ega, shuning uchun, har kunlik mashg’ulotlarda, maxsus mashg’ulot va musobaqa faoliyatida
ushbu tolalar kam qatnashadilar.Biroq, chidamlililkka hyech qanday maxsus mashg’ulotlar bilan
TQ tolalarida SQ tolalariga xos o’zgarishlarga erishib, bo’lmaydi. Boshqa shunday sharoitlarda,
sekin tolalarga ega sportchilar uzoq davomlm yuklamalarda ustunlikka ega bo’ladilar. Lekin, kuch
mashg’ulotlari natijasida yuzaga kelgan gipertrofiya (mushak va to’qimalarning ko’ndalang
kesimining ortishi), barcha turdagi tolalarga ta’sir etadi, biroq, tanlash xususiyatiga ega, ko’roq TQ
tolalarda sodir bo’ladi. Masalan, 6 oy mobaynida mutloq kuchni oshirishga o’tkazilgan
mashg’ulotlardan so’ng, TQa va TQb tolalar 50% gacha, SQ tolalar esa 5-10% o’sishi mumkin.
Mushak tolasining strukturasiko’p jihatdan , sportchining malakasi va mutaxasisligiga
bog’liq. Ayniqsa – ushbu sport turida asosiy yuklamani ko’taradigan mushaklardagi tolalar nisbati,
kuchli yuguruvchi-sprinterlarda ikraoyoqli mushaklarda 92% TQ- tolalar, stayerlarda esa, 93-99%
SQ –tolalardan tashkil topgan. Har bir mushak tolasini orqa miya bilan asab tizimining ipi(tola)
birlashtirib turadi, ular birgalikda xarakat birligini tashkil etadilar.
Asab tolasi 13-20 ta , tez , nozik ish bajaruvchi mushak tolasini, yoki 1500-2500 ta yirik
mushak tolalarini (dumba, ikraoyoq) birlashtiradi,
Asab tizimining neyronlari ham , tezkorlik impulsasiyasi tiplariga ko’ra– daqiqasiga 5dan
50ta impuls yuboradi. Bir mashqni turli sur’atda bajarilganda , turli miqdordagi xarakatlanuvchi
mushaklarni ishga solish mumkin. Mashg’ulotlarda, MAT va mushak tizimining ushbu o’zaro
ta’sirlashuv qobiliyati tufayli , mashg’ulotlarda monoton ishlashdagiga ko’ra, turli xil ko’pmaqsadli
vazifalar hal etiladi. Agonchi mushaklar (xarakatning bajarilishini ta’minlaydi), sinergchi
mushaklar(xarakatning
bajarilishiga
imkon
yaratadi),
antogonchi
mushkalar(xarakatning
bajarilishiga to’sqinlik qiladi) mushaklar aro koordinasiyani yaxshilashni, yoddan chiqarmaslik
48
kerak. Ularning muvofiqlashtirilgan ishi yuqori tezlikni , xarakat bajarilgandagi aniqlikni va ish
jarayonidagi tejamkorlikni shartlaydi.
1-
jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |