O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi



Download 15,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/297
Sana20.02.2022
Hajmi15,44 Mb.
#460994
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   297
Bog'liq
10 VOLEYBOL-NAZARIYASI-VA-USLUBIYATI

 
Rasm 41.
33
.
1.
 
 
2.
O‘zining to‘p irg‘itishidan belgilangan nishonlarga zarbalar berish. 
3.
To‘r chegarasiga (antennaga) 3-nchi zonadan uzatilgan to‘plarga zarbalar berish. 
4.
SHu mashq, faqat to‘p uzatishlar 2 va 4-nchi zonalardan. 
5.
SHu mashq, faqat xujumchi sapchituvchi ko‘prikchadan debsinadi. 
6.
Xujumchi kutmagan holda 2. 3, 4-nchi zonalardan uzatilgan ikkinchi to‘pni xujum qilish. 
7.
Bir o‘yinchini turli zonalardan uzatiladigan to‘pni 4, 3, 2, 3, 4-nchi zonalardan ketma-ket 
zarbalarni bajarishi. 
8.
xujumchi 4-nchi zonadan. To‘p uzatish 6-nchi zonadan 3-nchi zonaga, 3-nchi zonadan 
to‘siqni taqlid qiladi – 2-nchi zonaga harakatlanadi, 3-nchi zonadan uzatilgan to‘pni xujum qiladi, 
keyin 3-nchi zonada to‘siq, xujum 4-nchi zonadan va h. 
1.
Past uzatilgan to‘pdan bog‘lovchi o‘yinchi oldidan va orqasidan zarbalar berish (birinchi 
to‘p maydon orqasidan uzatiladi). 
2.
Barcha to‘p uzatish turlaridan himoyachilardan bo‘sh qolgan zonalarga zarbalar berish 
(hujumchi harakatlanayotgan vaqtda, 1-2 ta himoyachi o‘zining dastlabki joylarini o‘zgartirib 
turadi). 
3.
3 (2, 4) zoan o‘yinchisi tomonidan uzatilgan ikkinchi to‘pdan zarbalar berish-bitta to‘siqqa 
qarshi maydonni himoyalanmagan joyiga (to‘siqchi faqat ma’lum zonani to‘sadi). 
4.
To‘siqdan “aut” ga zarba berish (birinchi to‘p uzatish maydon orqasidan). 
33
Teri Clemens, Jenny McDowell. The volleyball drill book//125 technical and tactical drills/American volleyball 
coaches association.2012.-239s 
 
 
(101bet) 


113 
 
Xujum zarbalari yoki raqibni chalg‘itib to‘pni qarshi maydonga tashlash (skidka) turli 
zonalardan amalga oshiriladi. Aynan mazkur xujum harakatlari integrallashtirilgan uslub bo‘lib, 
ularni ijro etish mahorati har bir o‘yin vaziyatida foydali natijaga erishish imkoniyatini yaratadi. 
Voleybol amaliyotida yuzaga keladigan o‘yin vaziyatlari va xujum harakatlari qaysi 
zonadan uyushtirilayotganiga qarab turli mazmun hamda usullarda ijro etiladi. 
O‘yinchining individual harakati jamoa harakatining hal qiluvchi qismi hisoblanadi. 
Bunday harakat to‘psiz va to‘p bilan amalga oshiriladi. 
O‘yinchining to‘psiz harakati. Bunday harakat joy tanlash, kiritilayotgan to‘pni qabul 
qilish, birinchi to‘pni uzatish, xujum zarbasi va boshqa xujum harakatlari bilan ifodalanadi. Bu 
harakatlar o‘yin davomida uzliksiz takrorlanib turadi. 
Ikkinchi to‘pni uzatish uchun joy tanlash quyidagicha amalga oshiriladi: 
1.
Bog‘lovchi o‘yinchini xujum zonasida harakatlanib qulay joyni tanlashi. 
2.
Bog‘lovchi o‘yinchini orqa chiziq zonalari o‘yinchisi ortidan oldingi zonalarga 
maqsadli chiqishi. Bunday vazifa kiritilayotgan to‘pni qabul qilishda bajariladi. 
3.
Orqa chiziq o‘yinchisini zonadan chiqishi; bunday harakat kiritilayotgan to‘pni qabul 
qilishda ham, o‘yin davomida ham qo‘llaniladi. 
4.
Aniq etkaziladigan to‘pga chiqish. Bu harakat to‘p noaniq qabul qilinganda yoki 
bog‘lovchi o‘yinchi turgan joydan qarama-qarshi tomonga yo‘naltirilganda qo‘llaniladi. 
Ikkinchi to‘pni uzatish uchun joy tanlashda bog‘lovchi o‘yinchi quyidagilarni bilishi lozim: 
1.
Bog‘lovchi o‘yinchining joyi 2-nchi zonada, yon chiziqdan 1,5-2m. oraliqda bo‘lishi 
kerak. 
2.
Orqa zonalardan ikkinchi to‘pni uzatishga chiquvchi to‘pniuzatishga chiquvchi 
o‘yinchi o‘z jamoadoshlariga halaqit bermasligi kerak. Ikkinchi to‘pni uzatishda kiritilayotgan 
to‘pga qarshi yoki raqib yo‘llagan zarba to‘piga tik chiqishi mumkin emas. 
3.
Ikkinchi to‘pni uzatadigan o‘yinchi to‘p yo‘nalishi va balandligini aniqlamaguncha 
keskin harakatlanishga yo‘l qo‘ymasligi kerak. 
O‘yinchini xujum zarbasini ijro etish uchun to‘psiz harakatlanishi va joy tanlashi 
quyidagi holatlar bilan belgilanadi: dastlabki holat, qulay joy tanlash, oldindan siljishi yoki 
harakatlanish va xujum zarbasiga chiqish.
Dastlabki joylashish holatini tanlashda har bir o‘yinchi o‘ziga qulay joyni egallashi 
lozim, masalan, 4-nchi zona – 3m.li xujum chizig‘i ortida yoki yon chiziq atrofida joylashish 
maqsadga muvofiq. Bu rejalashtirilgan taktik kombinatsiya turiga bog‘liq bo‘ladi. Keyinchalik 
o‘yinchi samarali harakatni amalga oshirish uchun u oldindan birmuncha orqaga va chap tomonga 
siljiydi. Xujum zarbasi uchun chiqish uch yo‘nalishda kechadi: to‘g‘ri to‘r o‘rtasi – 3-nchi zonaga, 
3-nchi va 4-nchi zona o‘rtasiga yoki to‘r chegarasiga (antennaga). 2-nchi zonadan o‘yinchi yon 
chiziqdan biroz uzoqroq va qisman orqaga siljigan holatda turishi mumkin. 3-nchi zoanadan, 3-nchi 
va 2-nchi zonalar o‘rtasidan va to‘rning o‘ng tomon chegarasidan xujum tashkil qilish uchun ham 
o‘yinchi muvofiq yo‘nalishda harakatlanadi, 2-nchi zoanadan 4-nchi zonaga ham xujum zarbasi 
uchun 
chiqish 
imkoniyati 
bo‘lishi 
mumkin. 
xujumchi o‘yinchi 3-nchi zonada quyidagicha joylashishi mumkin: 


114 
-
3m.li xujum chizig‘i atrofida – ikki yon chiziq o‘rtasida; 
-
O‘rtadan o‘ngroqda; 
-
O‘rtadan chaproqda; 
-
3-nchi zona atrofida to‘rdan 1-2m. oraliqda. 
SHunday xatolar uchraydiki, 3-nchi zonada turgan o‘yinchi oldindan 4 yoki 3-nchi 
zonaga xujum qilish uchun chiqish kerak. Bunday holatda u uch metrlik chiziq o‘rtasining chaproq 
tomonida yoki o‘ngroq tomonida joylashishi lozim bo‘ladi.
UZOQ ARG‘AMCHIQLAR.

Download 15,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish