Солиқ ҳисобининг объекти ва предмети



Download 0,97 Mb.
bet88/198
Sana16.01.2017
Hajmi0,97 Mb.
#475
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   198
eksport qilinadigan - 15 100 ming so’m, QQS - 3 020 ming so’m.

Hisobot davrida quyidagi tarzda hisobga qabul qilinadi:

ichki bozorda realizatsiya qilingan mahsulot ishlab chiqarishda foydalanilgan import xom ashyo bo’yicha QQS summasi - 3 600 ming so’m;

eksport qilingan mahsulot ishlab chiqarishda foydalanilgan, olib kirilgan xom ashyo bo’yicha QQS summasi (kelib tushgan valyuta tushumidan ulushda) - 1 208 ming so’m (3 020 x 40%).

QQS 20 foiz stavka bo’yicha to’lanadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi tomonidan belgilanadigan ro’yxat bo’yicha ijtimoiy ahamiyatga molik ayrim ozik-ovkat tovarlari bo’yicha QQS 10 foiz stavkada to’lanadi.

O’zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksining 71 va 72-moddalarida QQS bo’yicha imtiyozlar berilgan.

Byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan QQS realizatsiya qilingan tovarlar uchun hisoblab chiqarilgan QQS summasi bilan qiymatni ishlab chiqarish va muomala harajatlariga quyiladigan tovarlar uchun to’lanishi lozim bo’lgan QQS summasi o’rtasidagi farq sifatida belgilanadi.

Import qilinadigan tovarlarga QQS summasi quyidagi formula bilan hisoblanadi:

SQQS = (St + Pip + As)/N, bunda

St - import qilinayotgan tovarlarning bojxona qiymati;

Pip – bojxona to’lovi mikdori;

As – aksiz solig’i mikdori;

N - QQS - stavkasi foiz hisobida.

Soliq to’lovchi QQS bo’yicha tasdiqlangan shakldagi hisob-kitoblarni ortib boruvchi yakun bilan soliq yuzasidan har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay va yil yakuni bo’yicha yillik moliyaviy hisobotini topshirish muddatida takdim etadi.

Soliq to’lovchi soliqni hisob-kitoblar takdim etiladigan kundan kechiktirmay tegishli davr(oy) uchun realizatsiya bo’yicha amaldagi oborot asosida to’laydi.

Тovarlarni import kilish chogida QQS bojxona deklaratsiyasi kabul qilinishidan oldin yoki bir vaktda to’lanadi. Iport qilinayotgan ishlar va hizmatlar bo’yicha QQS ishlar va hizmatlar bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida hisoblab chiqariladi va import kiluvchi tomonidan yozilgan to’lov kog’ozi asosida to’lanadi.

Hisobga kiritiladigan summa hisoblab yozilgan soliq summasidan oshib ketganda (bundan keyin - QQS bo’yicha oshib ketish) QQSni hisobga kiritish va qaytarish tartibi Soliq kodeksi ning 41-bobida belgilangan. Unda:

- hisobga qabul qilingan QQS summasi 20%lik stavkada soliq solinadigan oborotlar bo’yicha hisoblab yozilgan QQSdan ko’p bo’lgan hollarda;

- soliqning nol darajali stavkasini qo’llash natijasida.

20%lik stavka bilan soliq solinadigan oborotlar bo’yicha hisoblab yozilgan qo’shilgan qiymat solig’i bobida oshib ketgan summani hisobga kiritish va qaytarish tartibini belgilaydigan boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar mavjud emas.

QQSning nol darajali stavkasini qo’llaydigan korxonalar uchun nazarda tutilgan QQSni hisobga kiritish va qaytarish tartibi Soliq to’lovchilarga nol darajali stavkani qo’llash natijasida hosil bo’lgan qo’shilgan qiymat solig’ining ortiqcha summasini qaytarish to’g’risidagi nizomda (MV va DSQning AV tomonidan 2008 yil 16 mayda 1807-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan qarori bilan tasdiqlangan) batafsil tushuntirilgan.

Хatlarga qaraganda, sizlarni nol darajali stavkani qo’llash bilan bog’liq bo’lmagan QQS bo’yicha oshib ketishni hisobga kiritish yoki qaytarish mumkinligi qiziqtiradi. Bunday hollarda, SKning 227-moddasiga ko’ra, hisobga olinadigan QQS summasining navbatdagi hisobot davri uchun hisoblab chiqarilgan soliq summasidan ortgan summasi qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha navbatdagi to’lovlar hisobiga o’tkaziladi. Ya’ni korxonada 2010 yil I-choragi yakunlari bo’yicha (hisobot davri - chorak) hosil bo’lgan QQSning oshib ketgan summasi birinchi yarim yil, 9 oy, yil yakunlari bo’yicha QQS bobidagi to’lovlar hisobiga kiritiladi. Agar hisobga olinadigan qo’shilgan qiymat solig’i summasining soliq davri - yil (sizning holatda - 2010 yil) yakunlariga ko’ra hisoblangan soliq summasidan ortiqchaligi saqlanib qolsa, ushbu summa keyingi yilga (2011 yil) qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha kelgusi to’lovlar hisobiga o’tkaziladi yoxud korxonaga qaytariladi.

QQSning oshib ketgan summasi quyidagi navbat bilan qaytariladi:

1) soliq to’lovchida O’zbekiston norezidentidan olingan ishlar (xizmatlar) bo’yicha QQS bobida mavjud bo’lgan qarzni so’ndirish;

2) boshqa soliqlar bo’yicha qarzlarni so’ndirish. Shuni e’tiborda tutish lozimki, QQS bo’yicha oshib ketgan summa majburiy to’lovlar bo’yicha, ularga, SKning 23-moddasiga ko’ra, Pensiya va Respublika yo’l jamg’armalariga majburiy ajratmalar ham kiradi, qarzni so’ndirishga yo’naltirilmaydi;

3) mablag’larni soliq to’lovchining hisob-kitob raqamiga o’tkazish (SKning 227-moddasi).

QQS summasini qaytarish uchun soliq hisobiga olingan joydagi DSIga quyidagi hujjatlarni (4 nusxada) ilova qilgan holda yozma ariza taqdim etiladi:

- korxonaning soliqlar bo’yicha qarzini solishtirish dalolatnomasi;

- qo’shilgan qiymat solig’i hisob-kitobi;

- agar korxonaga ilgari QQS bo’yicha summa qaytarilgan bo’lsa, qaytarish summalari va sanalari to’g’risida ma’lumotlar.

Тegishincha, agar sizda 2010 yil yakunlariga ko’ra hisob-kitobda QQS bo’yicha oshib ketish summasi saqlangan bo’lsa, ushbu hujjatlar taqdim etilayotganda avval oshib ketgan summa norezidentning ishlari (xizmatlari) bo’yicha QQS to’lash hisobiga, so’ngra boshqa soliqlar bo’yicha qarzlarni so’ndirish hisobiga hisobga kiritiladi (o’tkaziladi), faqat shundan keyingina hisob-kitob raqamingizga qaytariladigan summa aniqlanadi.

QSni to’g’ri hisoblash va o’z vaktida to’lash uchun javobgarlik soliq to’lovchi (deklarant) zimmasiga yuklanadi.

QQSning buxgalteriya hisobi 6412 «QQSning byudjetga to’lovlari bo’yicha qarzdorlik» schyotida olib boriladi. Mazkur soliq turi bo’yicha ho’jalik jarayonlarini buxgalteriya hisobga olib borishni aniq misollar asosida ko’rib chikamiz.

Ishlab chiqarish korxonasi yanvar oyida quyidagi harajatlarni amalga oshiradi:

Mol yetkazib beruvchilardan 280000 so’mga hom ashyo va materiallar olindi, shundan QQS summasi 56000 so’mni tashkil etgan.

Debet 1010 «Hom ashyo va materiallar» - 280000 so’m.

4410 «Soliqlar bo’yicha bo’nak to’lovlar» -6000 so’m.

Kredit 5110 «Hisob-kitob schyoti» - 336000 so’m.

Ijara harajatlari uchun 20000 so’m ko’chirib berildi, shundan QQS 4000 so’mni tashkil etadi.

Debet 2510 «Umumishlab-chiqarish harajatlari» -20000 so’m.

4410 «Soliqlar bo’yicha bo’nak to’lovlar» - 4000 so’m.

Kredit 5110 «Hisob-kitob schyoti» -24000 so’m.

3. Avtomobil xizmatlaridan foydalanganlik uchun 5000 so’m ko’chirib berildi, shundan QQS 1000 so’mni tashkil etadi.

Debet 2510 «Umumishlab-chiqarish harajatlari»- 5000 so’m.

4410 «Soliqlar bo’yicha bo’nak to’lovlar» -1000 so’m.

Kredit 5110 «Hisob-kitob schyoti» - 6000 so’m.

4. Kommunal hizmat harajatlari uchun 3000 so’m berildi, shundan QQS 600 so’mni tashkil etadi.

Debet 2510 «Umumishlab-chiqarish harajatlari» - 3000 so’m.

4410 «Soliqlar bo’yicha bo’nak to’lovlar» - 600 so’m.

Kredit 5110 «Hisob-kitob schyoti» 3600 so’m.

Shaxsiy ho’jalikdan yordamchi materiallar sotib olindi 8000 so’m.

Debet1090 «Boshqa materiallar» -8000 so’m.

Kredit5010 «Milliy valyutadagi pul mablaglari» -8000 so’m.

Тayyor mahsulotlarni sotishdan 480000 so’m daromad olindi.

QQS = 480000/20 = 80000 so’m.

100+20

Hisoblangan QQS summasiga buxgalteriyada quyidagi buxgalteriya yozuvi kayd etiladi.



Debet 9010 «Тayyor mahsulotni sotishdan olingan daromadlar» -80000 so’m.

Kredit 6412 «QQS ning byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik»80000 so’m

Byudjetga to’lanadigan yoki byudjetdan olinadigan summa o’zaro hisob-kitob yo’li bilan aniqlanadi.

4410 schyot bo’yicha 5600 + 4000 + 1000 + 600 = 61600 so’m.

6412 schyot bo’ycha 80000 so’m, farq 80000 – 616000 = 18400 so’m byudjetga to’langach quyidagi buxgalteriya yozuvi beriladi.

Debet 6412 «QQS ning byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik» - 18400 so’m.

Kredit 5110 «Hisob-kitob schyoti» - 18400 so’m.

Material sotib olinganda QQS summasi:

Debet 4410-«Soliqlar bo’yicha bo’nak to’lovlari»

Kredit 6010-«Mol yetkazib beruvchilarga to’lanadigan schyotlar»

Hisobot ohirida QQS summasi 6410 hisobvaraq debitiga o’tkaziladi:

Debit 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qazdorlik»

Kredit 4410-«Soliqlar bo’yicha bo’nak to’lovlari»

Sotilgan mahsulot qiymatiga:

Debit-4010 «Haridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»

Kredit 9010-«Realizatsiya» schyoti.

QQS byudjetga o’tkazilganda:

Debit 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik»

Kredit 5110-«Hisob-kitob» schyoti.


Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish