Pedagogik nazoratning me’yoriy ko‘rsatkichlari O‘smirlar va katta yoshdagi sportchilarning tayorgar-ligini ko‘p yillik mashg‘ulot
jarayonida muntazam baholab borish katta ahamiyatga egadir. Umumiy va maxsus tayyorgarlikda
jismoniy me’yorlarni nazorat qilish o‘quv mashg‘uloti rejasini to‘g‘ri tuzishga aniq yo‘nalish
hisoblanadi.
Gandbolchilarning ko‘p yillik tayyorgarligi uslubiy nizom asosida tuziladi, ya’ni o‘quv-mashg‘ulot jarayonida qo‘yilgan kompleks
vazifalarni echish uchun.
Avvalo, bu yuqori malakali sportchilarni tayyorlashda yosh sportchilarni tayyorlashning
maqsadli yo‘nalishidir. Gandbol bilan shug‘ullanuvchilarni ko‘p qilib qamrib olishdir. Buning
uchun butun mavsum davomida istiqbolli bolalarni tanlab olinib va sportda yuqori natijalarga
erishish guruhlariga tavsiya etiladi.
Yuqori malakali sportchilarga erishish uchun ma’lum xajimdagi o‘quv-mashg‘ulot va
musoboqalarda ishtiroq etishni talab qiladi. O‘quv mashg‘ulotni shunday tuzish zarurki, uida
shug‘illanuvchi energo resurslarini sarflash va tiklanishi nisbatini saqlash lozim. Buning uchun
o‘quv mashg‘ulot jarayoni tizimini ratsional taqsimlash va har bir shug‘ullanuvchiga individual
yondoshish kerak.
Yuqori malakali gandbolchini o‘rgatish faqat mashg‘ulot va har taraflama jismoniy
rivojlanish vazifalarini kompleks echish orqali erishiladi. Dastlabki tayyorlov bosqichida u
muomolar oddiy darslarga kompleks yondoshish orqali erishiladi. Faqat iqtisoslashgan mashg‘ulot
va qisqa musobaqa siklini qo‘llash zarurdir.Yosh sportchilarni xar taraflama tayyorlashni bir xil
rivojlantirish bir tekis bo‘lavermaydi, chunki bir yoshdagilar bir sifat rivojlansa keyingilariga
boshqa sifat rivojlanadi. Shuning uchun asosiy jismoniy sifatlarni barobar rivojlantirish juda
muhimdir, bu jismoniy sifatlarning rivojlanishi darajasini saqlab turishga olib keladi. Buning uchun
murabbiy yosh uyinchilarning rivojlanishini o‘zga xos hususiyatlarini yaxshi bilishi talab etiladi.
Gandbol – jamoaviy sport turi. Musoboqalarda ishtiroq etish gandbolchilarning maxoratini
oshirishga yordam beradi. Ammo, sifatlarni tarbiyalash yosh farqi xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Gandbolda individuallik quyidagicha amalga oshiradi; yoshiga binoan, jinsi, o‘yin ampluasiga
qarab, antopometrik bioligik holat, tegishli yoshdagi bosqichga ta’luklisidan bolalardan ortiqcha
talab qilish mumkin emas. Ayniqsa texnik va taktika asosida tuzilgan musoboqa jarayonida.
Yosh uyinchilarni tayyorlashda jismoniy qobuliyatlarini rivojlantirish jarayonida
yuklamalarni ko‘paytirish xisobga olishi lozim. Bir hil yoshdagilarga bu davrda kuch ko‘payadi,
yana birida esa chidamlilik va boshqalar. Bu davr ta’lukli xarakat sifatlarini ta’komillashtirish
uchun qulay bo‘lishi mumkin va murabbiy maxsus yunalishdagi yuklamalarni berib rivojlanishga
qulaylik yaratadi.