71
Psixodagnostik metodlarning ilmiyligini tekshirish va
ularni yaratish jarayonlari
qanday amalga oshadi?
Ikkinchisi, “Psixodiagnostika” – psixologik tashxisning amaliy jihati bilan bog’liq bo’lgan
psixologning maxsus faoliyat doirasini o’z ichiga qamrab oladi.
Psixologning
psixodiagnostik
metodlarni
muvaffaqiyatli
va
malakali
o’zlashtirilishidagi ayrim amaliy shart-sharoitlarni yaratish hamda ularga rioya qilish zarurati;
Psixodiagnostik doirada faoliyat ko’rsatadigan psixologni amaliy jihatdan tayyorlash
hamda uning kompetentligini baholashda dastur, metod va usullarni ishlab chiqish masalalari tashkil
etadi.
Yuqoridagi nazariy va amaliy masalalar bir-biri bilan o’zaro chambarchas bog’liq bo’lib,
ushbu sohadi yetuk mutaxassis bo’lish uchun psixolog, psixodiagnostikaning har ikkala asoslari
bilan yaxshi qurollangan bo’lishi kerak. Faqatgina nazariy, amaliy yoki
barcha metodlarni ilmiy
asoslarini tushuna bilmasdan mutaxassis sifatida ushbu sohada professionalizmga erishib
bo’lmaydi.
sixodiagnostika – psixologik fan sohasi bo’lganligi bois, u yoki bu darajadagi
psixologiya tarmoqlari bilan o’zaro bog’liq bo’ladi. Ma’lum ma’noda, o’z mustaqilligiga qaramay,
psixodiagnostika umumpsixologik nazariyaning rivojlanishiga ham bog’liqdir. Biroq
tadqiqotlarning shunday yo’nalishlari
mavjudki, ular bilan psixodiagnostika ko’proq aloqada
bo’ladi. Xorij va mahalliy adabiyotlarda bu tushunchaning boshqalarga nisbatan o’xshashligi
mavjud bo’lganligi sababli, aynan shu muammo to’g’risida ushbu mavzuda fikr yuritiladi.
Psixodiagnostika fanining amaliy vazifalari psixolog faoliyatining maxsus sohasiga taalluqli
bo’lib, amaliy psixologik tashxis qo’yish bilan bog’liqdir. Bunda muammo, nafaqat, nazariy jihatdan,
balki psixodiagnostik tadqiqotni tashkil qilish va o’tkazishning amaliy jabhalarini qamrab oladi hamda
quyidagi vazifalardan iboratdir:
1.
Psixologiya psixodiagnostga mutaxassis sifatida qo’yiladigan kasbiy talablarni
aniqlashtirish;
2.
Psixolog haqiqatdan ham u yoki bu psixodiagnostik metodlarni
mutaxassis sifatida
muvaffaqiyatli o’zlashtirib olgani haqida minimal amaliy shartlar, ya’ni kafolat sifatida;
3.
Psixodiagnostika sohasida o’z ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun psixologning
o’zida mujassamlashtirishi shart bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar;
4.
Psixologning psixodiagnostika sohasida malakali mutaxassis ekanligini hamda amaliy
jihatdan tayyorgarligini baholash mezonlarini hamda dasturlarini ishlab chikish.
Chet el adabiyotlarida ta’kidlanishicha individual farq nazariyasining muammosi, ya’ni
maxsus soha tadqiqotlarini ustuvorligi – differentsial psixologiyadir.
XIX–XX asrlarda mashhur nemis psixologi bu tushunchani “Psixik funksiya va uning
xossalaridagi mavjud farq” to’g’risidagi fikrni ifodalash uchun kiritgan.
V.Shtern
davridan beri
differentsial psixologiya tushunchasida unchalik ko’p narsa o’zgarmadi. U ayni paytda ham tarqoq
holda inson (shaxs) ning psixik holati va xossasini o’rganish bilan shug’ullanadi.
Differensial psixologiya predmetini tashkil etuvchi manbalar to’g’risida so’z
borganda,
hamma tadqiqotchilar bir ovozdan test metodi asoschilari
F.Galton, J.Kettell, A.Bine
va boshqa
olimlarning dalillarini qabul qilishdi. Psixodiagnostika va differentsial psixologiya sohalarining
tadqiqotlar mavzusi bir-biriga o’xshash. Lekin soha vakillari ularni:
o’ziga xos farqlikni o’lchashga mo’ljallangan;
farqlashning kelib chiqish sabablarini anglab yetishga qaratilgan sifatida bo’lib
o’rganishadi.
Zamonaviy psixologiyada psixodiagnostikaga “fan va tajriba o’rtasidagi ko’prik”
misoli
qaraladi.
Hozirda, psixologik nazariyadan ajratilgan psixodiagnostika inqirozga yuz tutadi
deyish noto’g’ri, albatta. Bunga psixodiagnostikaning kelib chiqish tarixi yorqin tasdiq bo’la
oladi. Ma’lumki, tashxisning muvaffaqiyati (o’lchov va bahosi), avvalambor, hodisalarni
P
72
o’lchash nazariyasini ishlab chiqish darajasi orqali aniqlanadi.
Bu holat aqliy qobiliyat (intellekt)ni o’lchash jarayonida yaqqol ifodasini topgan. Shu
bois, samarador testlarning paydo bo’lishida nazariy ta savvurning o’rnini
almashtirish
ehtiyoji tug’iladi.
Baho
– turli usullar orqali qo’lga kiritilgan natijalarning, xususan, intervyu, psixologik
testlar, fiziologik yoki psixofiziologik o’lchovlar, apparaturalar holatining kuzatilishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: