66
2.
Xaraktlar turi va ularning tavsifi.
3.
Ishni rejalashtirish va bajarish xarakteri.
4.
Emosional korinishlar.
5.
Ish joyidagi noqulaylik turlari.
6.
Faoliyat jarayonida paydo buladigan xatolar, brak travma turlari.
2. Mexnat sharoitlari:
Sanitariya - gigiyenik muxit (xavo darajasi, chang, namgarlik va boshqa).
Jismoniy muxitning yoritilganligi, shovqin.
Ish tartibi.
Xaq to’lash va rag’bat shakli.
4-jadval
Mutaxassisning kasbiy maxoratini o’rganishda professiografiyalashning quyidagi sxemasi
qo’llaniladi. 1. Faoliyat mazmuni: 1) Ishchilar malakasiga quyiladigan talablar (kasbiy bilim,
ko’nikma va malakalar,
shuningdek, sifatlar va qobiliyatlar). 2) Ishchilarning xuquq va
majburiyatlari. 2. Mexnatni tashkillashtirish: 1) Malaka oshirish. 2) Kasbiy psixologik potensial. 3)
Ijodiy qobiliyatlar. 3. Mexnat subyekti faoliyati: 1) Xarchatlar turi ularning tavsifi. 2) Ishni
rejalashtirish va uni nazorat qilish. 3) Faoliyat individualligining xususiyatlari. Ta’limga
yunaltirilgan professiografiyalash - asosiga kasb subyektligi xaqidagi goya quyiladi:
kasb egasi,
faoliyatning xaqiqiy sub’yekta bulib, unga bir qator maxsus belgilar xos. Bu
professiografiyalashning mualliflari uning mazmun - moxiyati va loyixalashtirish texnologiyalarini
o’rganib chiqishdi.
“Kasb pasporti” bloki kasb va mutaxassisliklar nomining modifikasiyasi, kasbiy yo’nalish,
kasb maqsadi, ta’lim darajasi xaqida qisqa ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. “Kasbning asosiy
obyekti” (soxasi) bloki kasb turi xaqida ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. “Inson - tabiat”, “inson -
inson”, “inson - texnika”, “inson - belgilar tizimi”, “inson badiiy obraz” va boshqalar. Bu blok
mazmuni boshqa professiografiyalash bloklarining asosi xisoblanadi. “Kasbiy predmetli saloxiyat”
bloki ko’p tizimli ta’lim sifatida kasbiy muxim tavsifini o’z ichga oladi.
Mutaxassis kasbi qaysi
soxaga tegishli ekanini, qaysi asosiy obyektlarga yo’naltirilgan, bu ob’yektlar qanday ob’yektlar, bu
soxada mexnat natijasi yoki mexnat maxsuli qanday axamiyatga egaligi xaqidagi ma’lumotga ega
bo’lishi lozim. “Ijtimoiy kasbiy saloxiyat” blokida shaxs obyektining quyidagi yo’nalishlari aks
etadi. Fikrlash potensialining rivojlanishi. Shaxsni o’zini nazorat eta olish va rivojlantirish
imkoniyatlari. Shaxsning muvaffaqiyat strategiyasiga yo’naltirilganligi. Shaxsning bozor
iqgisodiyoti sharoitida bardoshligi.
Professiografiyada ekologik, xuquqiy va iqtisodiy madaniyat
masalalari xam nazarda tutiladi. Maxsus psixofiziologik talablar bloki - ishchining kasbiy faoliyati
jixatdan psixofiziologik xususiyatlariga qo’yiladigan talablarni aks ettiradi. Bunga tibbiy
ko’rsatmalar, jinsiga, yoshga bulgan va sanitariya- gigiyenik talablar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: