37
Taraqqiyot nazariyasi yo’nalishi
Rivojlanish nazariyasiga asoslanib ish tutishgan. Bu yo’nalishning izlanishlari akademik
psixologik xarakterga ega bo’lib, ilk izlanishlar o’spirinlarni kasb izlashi bilan bog’liq
xususiyatlarini asoslashga qaratilgan edi.
Tipologik yo’nalish vakillari
Kasbiy faoliyatni tipologiyalashtirishga e’tibor qaratadilar. Ular shaxsning kompleks mo’ljal
olishga yo’naltirilgan bir qator tiplarini ajratishga erishdi: 1. Realistik oriyentasiya; 2.Intellektual
oriyentasiya; 3) Ijtimoiy oriyentasiya; 4) Konvensional oriyentasiya; 5) Tadbirkorlik oriyentasiyasi
(1-rasmga qarang).
1-rasm
Psixikaning ayrim umumiy qonunlari to‘g‘risida tasavvur hosil qilish bilan birga, ba’zi eng
muhim qonuniyatlar yuzasidan shaxsiy mulohazalarimizni bildiramiz, chunki ular psixikani bundan
keyin tadqiq etishga negiz bo‘lib xizmat qiladi.
1. Optimal qaror qabul qilishda,
axborotlarni ishlab chiqishda, ularni egallashda psixik
jarayonlar, fiziologik organlar imkoniyatining kuchayishi.
2. Psixikaning ijtimoiylashuvi ortishi.
3. Yaxlit psixik faoliyatda konstruktorlik va ilmiy tadqiqot faoliyatlari vaznining ko‘payishi.
4. Bolalarda psixik rivojlanishning tezlashuvi va uning negizida ularda ijtimoiy yetuklikning
jadallashuvi.
5. Inson ontogenezida yakka shaxs psixikasida dinamik o‘zgarishlarning vazni, ko‘lami
kengayishi.
6. Ijtimoiy turmush sharoiti madaniy va moddiy jihatlar yaxshilanishi natijasida aholining
ruhiy umrboqiyligi va faoliyat faolligi ko‘tarilishi.
7. Ijtimoiy tizimda inson rivojlanishining sistema yaratuvchi omil sifatida jamoa rolining
ortib borishi.
8. Alohida odamlar psixikasi rivojlanish yo‘nalishida ijtimoiy-psixologik mexa- nizm
sifatida ijtimoiy fikr rolining kuchayishi.
9. Ongning ijtimoiy faolligini rag‘batlantirishda siyosiy va mafkuraviy qadriyatlar rolining
38
ortishi.
10. Rahbarlik faoliyati samaradorligini orttirish maqsadida
rahbarga jamoaning ijtimoiy-
psixologik ta’sir o‘tkazish rolining mukammallashuvi.
11. Qadimgi an’analar, rasm-rusumlar rolining pasayishi tufayli yangilarining roli
yuksalishi.
12. Odamlar xulq-atvorini boshqaruvning ijtimoiy-psixologik mexanizmi tarzida shaxsiy
namuna (ibrat) va avtoritet (obro‘) rolining kuchayib borishi. Yuqoridagi psixikaning qonuniyatlari
yaxlit sistema sifatida uning barcha qirralari va rang-barangligini tavsiflash imkoniyatiga ega emas.
Shuning uchun psixikaning qonun va qonuniyatlarini tadqiq etishda eng muhim muammo sifatida
uni ta’sir o‘tkazish harakati mexanizmlarini o‘rganishni ta’kidlash maqsadga muvofiqdir.
Psixik jarayonlar miyaning alohida hossasi bo‘lib, faqat miyaning faoliyatiga bog‘liq holda
ro‘y beradi. Lekin psixikani materiyaning mahsuli deb bilish tushunchasini vulgar materializm
namoyondalari targ‘ib qilgan soxta (u ham mexanistik) tushunchadan farq qilish kerak. Mexanist
va vulgar materialistlar tabiatdagi barcha hodisalarni – kimyoviy, biologik, fiziologik hodisalarni,
shuningdek, psixologik hodisalarni ham materiya zarrachalarining fazoda faqat mexanik suratda
siljishdan iborat deb bilar edilar. Ular psixik jarayonlarni fiziologik jarayonlardan iborat bir narsa
deb tushunar, psixik jarayonlar bilan fiziologik protsessning ikkovi bor narsa deb hisoblar edilar.
Masalan: vulgar materializmning namoyondalari (Byuxner, Moleshott, Faxz ) jigardan o‘t chiqib
turgani singari miyadan ham fikr chiqib turadi, deb bilar edilar. Mexanistlar nazarida, psixik
hodisa fiziologik hodisaning o‘zi-yu, uni odam faqat ichki, sub’ektiv tomondan idrok etar emish.
Dialektik materializm nuqtai nazaridan psixika, materiyaning mexanik harakati emas, balki
harakatdagi materiyaning alohida hossasidir. Shuningdek, psixik protsess moddiy protsessga
bog‘liq, degan so‘zdan psixika, ong-fiziologik jarayonlardan boshqa bir narsa emas, degan ma’no
aslo chiqmaydi. Fikr, ong – voqelikning sifat jihatidan boshqacha, o‘ziga xos bir hodisasidir.2
Psixika, ong – faqat yuksak darajada tashkil topgan materiyaning hossasidir. Hayvonlar
bilan odamlar organizmiga xos bo‘lgan nerv sistemasi ana shunday yuksak darajada tashkil topgan
materiyadir. Psixikaning bevosita moddiy substrati (asosi) – odamning bosh miyasidir.
Odamning
psixikasi, ongi – bosh miya funksiyasidir. Psixika, ong materiya taraqqiyotining faqat yuksak
bosqichlarida paydo bo‘ladi. Materiya taraqqiy qilib borgan sari turli qonuniyatlar va hossalar -
mexanik, fizik, ximiyaviy, biologik va boshqa qonuniyat va hossalar paydo bo‘ladi va taraqqiy
qiladi, organik olam taraqqiyotining eng yuksak bosqichidagina
materiyaning psixika, sezgi, ong,
tafakkur, deb ataladigan alohida hossalari vujudga keladi olam taraqqiyoti tarixida psixika, ong,
bo‘lmagan davr o‘tgan.
Psixik hodisani, idealistlar ta’lim bergani singari, fiziologik hodisadan ajratib qo‘yish
yaramaganidek, psixik hodisani, vulgar materialistlari ta’lim bergani singari, fizik hodisaga
tenglashtirish ham yaramaydi. Psixik hodisa bilan fiziologik hodisa bir butun bo‘lib bog‘langandir.
Buning ma’nosi shuki, psixologik va fiziologik hodisa sifat jihatidan boshqa-boshqa hodisalardir,
ammo fiziologik hodisa bo‘lmasa, ya’ni nerv sistemasi ishlamasa, psixologik hodisa bo‘lishi
mumkin emas; shunday qilib, psixologik hodisa ikkilamchi hodisa hisoblanadi. Psixik hodisalar
nechog‘lik murakkab bo‘lmasin, ularni moddiy nerv-fiziologik negizidan ayirib o‘rganish
yaramaydi. Bunday ayirish idealizmga olib borishi mumkin, xolos. Shu sababli psixikani
o‘rganishda psixik hayotdagi hodisa va faktlarni ilmiy asosda tushunib olish uchun psixikaning
moddiy negizini, ya’ni bosh miya va uning faoliyatini, psixik jarayonlarning nerv-fiziologik
mexanizmlarini bilib olish kerak.
3
Adabiyotlarda ta’kidlanishicha,
Do'stlaringiz bilan baham: