O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi



Download 5,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/118
Sana21.06.2022
Hajmi5,24 Mb.
#688190
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   118
Bog'liq
27 KASBIY-PSIXOLOGIYA

al-Forobiy
(870-950) faxrli o‘rin tutadi. U 
Sirdaryo bo‘yidagi Forob qishlog‘ida tug‘iladi va 
dastlabki bilimini SHosh, Samarqand va Buxoroda oladi. 
So‘ngra Forobiy o‘z bilimini davom ettirish uchun 
Bag‘dodga boradi. Natijada, u o‘z davrining yirik olimi va 
buyuk faylasufi bo‘lib etishadi. Forobiy Bag‘dodda 
yashab ijod qiladi, umrning so‘nggi yillarini Xalab va 
Damashqda o‘tkazib, shu erda vafot etadi.(9-rasmga 
qarang) 
Al-Forobiy 160 dan ortiq asarlar yozgan 
bo‘lib, bizga ularning bir qismigina etib kelgan. U 
yaratgan asarlarni ularning xarakteriga qarab ikki guruhga 
ajratish mumkin: a) qadimgi yunon tabiatshunos olimlari 
va faylasuflari ilmiy merosini o‘rganish, tarjima qilish va 
sharhlashga 
oid 
asarlar. 
Bulardan 
Aristotelning 
«Kategoriyalar», «Ikkinchi analitika», «Topika», «Poetika», «Ritorika», «Sofistika» va shu kabi 
asarlariga yozilgan sharhlarni keltirish mumkin; b) O‘rta asr fanining tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-siyosiy 
va falsafiy masalalariga oid risolalar. Bulardan: «Ixso-al-ulum», «Hikmat asoslari», «Aristotel 
«Mantig‘»ining talqinlari», «Katta musiqa kitobi», «Assiyosat al-madaniy», «Mantiqqa kirish», 
«Vakuum haqida», «Fozil odamlar shahri» va shular kabilardir.


56 
Forobiy falsafiy qarashlarining asosini uning dunyosining tuzilishi haqidagi panteistik 
ta’limoti tashkil qiladi. Bu ta’limotga ko‘ra, butun mavjudot-borliq emanatsiya asosida yagona 
boshlang‘ichdan bosqichma-bosqich vujudga kelgan. Bu oltita bosqichdan iborat bo‘lish, ular 
o‘zaro sababiyat orqali bog‘langan. Bundagi birinchi bosqich-birinchi sabab – bu «vujudi vojib»-
o‘z-o‘zidan zaruriy mavjud bo‘lgan yagona Olloh (as-sabab al-avval); ikkinchi bosqich-bu birinchi 
«vujudi mumkin» bo‘lib, ular osmon jismlari, ikkinchi sababdir (as-sabab as-soniy); uchinchi 
bosqich-bu ikkinchi «vujudi mumkin», ya’ni faol aqldir (al-aql al faol); to‘rtinchi bosqich - 
to‘rtinchi sabab-bu tirik mavjudotlarga xos jonxir (an-nafas), ya’ni uchinchi «vujudi mumkin»dir; 
beshinchi bosqich-beshinchi sabab-bu narsa va hodisalarning ko‘rinishi, ya’ni shakli (as-surat)dir, 
ya’ni turtinchi «vujudgi mumkin»dir; nihoyat, oltinchi bosqich-oltinchi sabab-bu narsa va 
hodisalarning jismi, tanasi, ya’ni moddadir, bu beshinchi «vujuddi mumkin»dir. Bu bosqichlar bir-
birlari bilan sababiy bog‘langandir. 
Borliqning Forobiy tomonidan bunday talqin qilinishi o‘sha davrda tabiiy-ilmiy 
g‘oyalarning yanada rivojlanishiga keng yo‘l ochadi. Uning talqinidagi to‘rtinchi, beshinchi va 
oltinchi bosqichlar osmon va er sathidagi jismlar moddiylik xossasiga ega bo‘lib ular ham 6 turga 
bo‘linadi: to‘rt element osmon jismlari, minerallar, o‘simliklar, aqlsiz hayvonlar va aqlli hayvonlar. 
Forobiyning borliq haqidagi bu ta’limotida shakl va mazmunning munosabati haqida u shaklni 
narsalarning qiyofasi, tuzilishi va shu kabi miqdoriy aniqlovchilarning yaxlit ko‘rinishi, deb; 
moddani esa narsalarni tashkil qiluvchi mohiyat, asos, deb tasavvur qiladi. 
Forobiyning fikricha, oltinchi bosqich modda ko‘plab belgi va xususiyatlarga ega, ya’ni u 
sifat va miqdorga, substansiya va aksidensiyaga, imkoniyat va voqelikka, zaruriyat va tasodifga, 
harakat, makon va zimonga ega. Uning ta’kidlashicha: «hamma narsalar uchun umumiy jism-
olamdir, olamdan tashqarida hech narsa yo‘q». Jism bo‘lishlik hislati mavjud hamma narsalarning 
xususiyatidir. 
Forobiy inson, uning bilishi, ilm-fan va aql haqida ham o‘zining falsafiy qarashlarini ilgari 
suradi. Garchi u insonni «aqlli hayvon»desa ham aqlli inson haqida shunday yozadi: «Aqlli deb 
shunday kishilarga aytiladiki, ular fazilatli, o‘tkir mulohazali, foydali ishlarga berilgan, zarur 
narsalarni kashf va ixtiro etishga zo‘r iste’dodga ega, (ular) yomon ishlardan o‘zini chetga olib 
yuradilar. Bunday kishilarni oqil, deydilar. Yomon ishlarni o‘ylab topish uchun zehn-idrokka ega 
bo‘lganlarni aqlli, deb bo‘lmaydi, ularni ayyor, (muttaham), aldoqchi, degan nomlar bilan atamoq 
lozim»
Forobiy, borliqni insoning bila olishini qayd qilib, insonning bilishini, uning ruhiy 
qobiliyatlarini inson miyasi boshqaradi, barcha ruhiy «quvvatlar», jumladan bilish qobiliyati ham 
unga bog‘liq, deydi. U o‘zining «Ilm va san’atning fazilatlari» risolasida insonning tabiatni bilishi 
cheksizligini, bilim bilmaslikdan bilishga, sababiyatni bilishdan oqibatni bilishga, aksidensiya (al-
oraz)lardan, ya’ni sifatlardan substansiyani-mohiyat (javhar)ni bilishga qarab borishini, ilmning 
borgan sari ortib, chuqurlashib borishni aytadi. 
Forobiy inson bilishi jarayonini ikki bosqichga bo‘lib, bu bosqichlarning o‘zaro 
bog‘liqligini, aqliy bilim hissiy bilishsiz yuzaga kelmasligini alohida ta’kidlaydi. U inson bilish 
jarayonining bu bosqichlarini insondagi «tashqi quvvat» va «ichki quvvat»lar bilan izohlaydi. 
«Tashqi quvvatlar» bevosita tashqi ta’sirlar orqali sezgi a’zolarida vujudga keladigan sezgilardir. 
Ular 5 turli: teri-badan sezgisi, ta’m bilish sezgisi, hid bilish sezgisi, eshitish sezgisi, ko‘rish sezgisi. 
Bularnng hammasini Forobiy hissiy bilish («quvvat hissiya»), deb qaraydi. «Ichki quvvatga»ga esa 
u esda olib qolish (xotira), hayol (tasavvur), his-tuyg‘u nutq (fikrlash) «quvvatlari»ni kiritadi. 
«Ichki quvvat» deganda u insonning aqliy bilish bosqichini tushunadi. Uningcha, ilmni egallash shu 
«quvvatlar» orqali amalga oshadi. 
Forobiy «Aql ma’nolari haqida» risolasida aql muammosini chuqur tahlil qilib, bu haqida 
aql, bir tomondan, ruhiy jarayon, ikkinchi tomondan, tashqi ta’sir, ya’ni ta’lim-tarbiyaning natijasi, 
deydi. Uning fikricha, aql faqat insongagina xos bo‘lgan ruhiy kuch bilan bog‘liq qobiliyat, insonni 
hayvondan ajratuvchi asosiy omildir. 
Forobiy o‘z bilish nazariyasida Platonning g‘oyalar dunyosi, g‘oyalarning tug‘ma bo‘lishi 
haqidagi ta’limotga qarama-qarshi, g‘oyalarning, tushunchalarning borliqdan, reallikdan olinganini, 


57 

Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish