64
NamDU filologiya fakulteti o’zbek tili
yo’nalishi 4-kurs 401-guruh talabasi
Jaloldinova
Muxayyo Xasanboy qizinig
“Usmon Nosir – mohir tarjimon”
mavzusida
yozgan bitiruv-malakaviy ishiga
T A Q R I Z
30-yillar tarjimachiligi xususida gap
ketganda shuni aytish mumkinki,
tarjimachilikda tarjima sifati uchun kurash qizg’in tus oldi. Tarjimachilik sifati
uchun kurashning bu xildagi qizg’in kurash jarayoniga aylanishining muhim bir
sabablari bor.
Talaba Usmon Nosir poetik mahorati haqida so’zlar ekan,
birinchi navbatda lirik qahramonning xarakter xususiyatlarini, o’z
fikr-mulohazalarini qay darajada ocha olganligi nazarda tutadi. Badiiy g’oya
san'atkorning
ichki olami, uning mahoratini ochib berishda asosiy rol o'ynaydi. Shu
nuqtai nazardan Jaloldinova Muxayyo Xasanboy qizinig “Usmon Nosir – mohir
tarjimon”
mavzuidagi bitiruv-malakaviy ishi dolzarblik kasb etadi.
30—40yillar tarjimachiligi xususida gap ketganda Usmon Nosirning
tarjimachilik faoliyati to’g’risida fikr yuritmay bo’lmaydi. Bu iste’dodli
tarjimonning A. S. Pushkindan «Boqchasaroy fontani», M. Yu. Lermontovdan
«Demon» tarjimalari tarjimachiligimizning yuksak namunasi sifatida hozirgi kunda
ham ko’pchilik yosh tarjimonlarga ibratdir.
Jaloldinova Muxayyo Xasanboy qizinig ana shu masalalarni
nazariy va amaliy
jihatdan yoritishni o'z oldiga maqsad va vazifa qilib qo'ygan, hamda mazkur
vazifalarni
muvaffaqiyatli
uddalagan. Usmon Nosir hayoti va ijоdini
o’rganishga оid
tadqiqоt, kitоb va maqоlalarni o’rgangan.
Usmon Nosirning ijodi azim bir kenglikka chiqish arafasida to’xtab qoldi. Uning
ijodida yoshlikning betakror qaynoq tuyg’ulari, hayotga muhabbat,
ehtirosli kurash
hissi barq urib turadi. Undagi bu tuyg’u, bu qaynoqlik, ehtirosli kurash hissi uni
Pushkin va Lermontov ijodiga yaqinlashtirdi. Tarjimon ularda o’z ijodiga
hamohanglik sezdi. Shu hamohanglik natijasi o’laroq Pushkin, Lermontov
asarlari
65
Usmon Nosir qalamida xuddi o’zbek tilida yozilgandek jarangladi.
Talaba Usmon Nosirning tarjimonlik mahоratini оchib berishga xarakat qilgan.
Bitiruv – malakaviy ish puxta va izchil tuzilgan reja asosida yozilgan bo’lib,
an’anaviy talablardan kelib chiqqan holda mavzuning dolzarbligi, o’rganilganlik
darajasi, manbalari, bitiruv-malakaviy ishning maqsad hamda vazifalari, nazariy
va amaliy ahamiyati, tuzilishi oddiy tarzda ifodalangan.
BMI hajmi talab darajasida bo'lib, ikki bob (har bob ikki fasldan iborat),
xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Talaba Jaloldinova Muxayyo Xasanboy qizi ijodkor
shoir hayoti va ijodini
hamda badiiy mahoratini yaxshi o’rganishga harakat qilgan. Usmon Nosir hayoti
va ijodiga oid materiallarni, to’plagan va ikki bob misolida guruhlashtirib
tadqiq
qila bilgan. Boblar va ularning bo’limlarida Usmon Nosir hayoti va ijodi, uning
lirikasi, uning mavzu ko'lami va hamda uslubining o’ziga xosligi
ilmiy asosda
atroflicha chuqur tahlil qilingan. Buning natijasida BMI ancha puxta chiqqan.
Talabaning fikr-mulohazalari, shaxsiy umumlashmalari ilmiy jihatdan maqsadga
muvofiq bo’lgan.
Bitiruv-malakaviy ish tugallangan, DAK talablariga javob beradi. Uni
himoyaga tavsiya qilaman. Mazkur ishni ijobiy baholashga loyiq deb bilaman.
Do'stlaringiz bilan baham: