O`zbеkistоn respublikasi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti



Download 2 Mb.
bet38/96
Sana24.09.2021
Hajmi2 Mb.
#184102
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   96
Bog'liq
O`zbеkistоn respublikasi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi n-fayllar.org

Tizimli (sistemali)lik tamoyilining talabi shundan iboratki, tash­xislash nazoratini ta'lim jarayonining barcha bosqichlarida — bilimlarni boshlang'ich idrok etishdan to amalda qo'llashgacha boigan bos­qichlarida olib borish kerak.

Ko'rgazmali (oshkora)lik tamoyili avvalo barcha ta'lim oluvchilarni aynan bir xil mezonlar bo'yicha ochiq sinovdan o'tkazishni anglatadi. Tashxis jarayonida belgilanadigan har bir ta'lim oluvchi reytingi ko'rgazmali, qiyosiy xarakterga ega. Oshkoralik tamoyili, shuningdek, baholarni e'lon qilish va motivatsiyalash-ni talab etadi. Ma'lumki, bugun ta'lim tizimida reyting nazoratidan keng foydalanilmoqda.

Reyting deganda baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash (tizimlashtirish, sinflash), bironta hodisani oldindan belgi­langan shkala bo'yicha baholash tushuniladi. Reyting nazorati ta'lim oluvchining ma'lum bir fandan reytingini aniqlaydi.

Shkalalash - aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish. Reyting nazoratida ta'lim oluvchilarning o'quv faoliyatini nazorat qilishning yuqorida keltirilgan metodlari bilan birga test usulidan ham samarali foydaianilmoqda. Pedagogik amaliyotda testning bir qator afzallikiari ko'zga tashlanadi. Ular quyidagilardir:

  • nazorat uchun vaqtning kam sarflanishi;


  • nazariy va amaliy bilim darajasini obyektiv sharoitda aniqlash


    imkonining mavjudligi;
  • bir vaqtning o'zida ko'p sonli ta'lim oluvchilar bilan nazoratni


    tashkil etish mumkinligi;
  • bilim natijalarining ta'lim beruvchi tomonidan qisqa muddatda


    tekshirilishi;
  • barcha ta'lim oluvchilarga bir xil murakkablikdagi savollar beri-


    lib, ular uchun bir xil sharoitning yaratilishi.

7.4. Baholash mezonlari va ulardagi xatoliklar

Tekshirishdan tashqari nazorat o'z ichiga baholashni (jarayon sifatida) va baho (natija sifatida)ni ham oladi. Baholash deb bilim, ko'nikma va malakalarni o'quv dasturida ko'rsatilgan eta-Ion (ko'rsatkich, qolip, o'lchagich)lar bilan solishtirishni ayta-miz. Baho deb baholashning ball shaklida ko'rsatilgan son jihatdan o'lchanishiga aytiladi. O'zlashtirish tabellari, guruh jurnallari, rey­ting daftarchalari va shu kabilarda baholash shartli belgilar, kod signallari, xotiralash belgilari va hokazolar baho ko'rinishida qayd etiladi. Har bir baholovchi flkrga oldindan kelishilgan (belgilangan) ball, ko'rsatkich (masalan, o'rin - 1, 2, 3, 4 va hokazo) tayinlana-di. Bunda baho o'lchash va hisoblashlar natijasida olinadigan son emas, balki baholovchi fikrga yuklangan ma'no ekanini unutmaslik muhim. Baholarni son sifatida qo'llashga berilib ketishning oldini olish uchun bir qator mamlakatlarda baholash harflarda (A, B, C, D va hokazo) ifodalanadi. Bahoni amalda egallangan bilim, ko'nikma va malakalar bilan davlat ta'lim standartiga ko'ra o'zlashtirilishi belgilangan bilim, ko'nikma va malakalar umumiy hajmi o'rtasidagi nisbat sifatida tushunish (ta'riflash)dan ta'lim darajasining miqdoriy mazmuni kelib chiqadi. O'zlashtirish (ta'lim samaradorligi) ko'rsatkichi B ‘ — 100% T - nisbat asosida hisoblanadi. Bunda: B - o'zlashtirish (ta'lim samaradorligi) bahosi; A - amalda o'zlashtirilgan bilim va malakalarning hajmi; T - o'zlashtirish uchun taklif etilgan bilim va malakalarning to'liq hajmi. Ko'rinib turibdiki, o'zlashtirish ko'rsatkichi (baho) bu o'rinda 100 % - axborotni to'liq o'zlashtirish va 0 % - uning umuman mav-jud emasligi o'rtasida bo'ladi. Ma'lumki, baholash funksiyasi ta'lim darajasini qayd etish bilangina cheklanmaydi. Baho - pedagog ixtiyoridagi o'qishni, ijobiy motivatsiyani rag'batlantirishning va shaxs-a ta'sir ko'rsatishning yagona vositasi. Aynan xolis (obyektiv) baho­lash ta'sirida, ta'lim oluvchilarda adekvat o'z-o'zini baholash, shaxsiy muvaffaqiyatlarga tanqidiy munosabat yuzaga keladi. Shu bois baho-ning ahamiyati, vazifalarining xilmailligi ta'lim oluvchilar o'quv faoliyatlarining barcha jihatlarini aks ettiradigan va ularni aniqlashni ta'minlaydigan ko'rsatkichlarni izlab topishni talab etadi. To'g'ri tashkil etilgan hisobga olish natijasida ta'lim beruvchi ta'lim oluvchilarning o'zlashtirishini aniq baholay oladi, ularning o'z bilimlarini takomillashtirishga intilishini yuzaga keltiradi, aqliy va axloqiy rivojlanishiga ta'sir etadi. Ta'lim oluvchilarning o'zlashtirish natijalarini hisobga plishda quyidagilarga e'tiborini qaratishi lozim:

• o'quv dasturi asosida mavzu va bo'limni o'rganishda ta'lim oluvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini har tomonlama nazorat qilish;

* har bir yakunlangan mavzu bo'yicha ta'lim oluvchilarning faoliyati to'g'risida to'liq xulosa chiqarish;

  • o'rtacha arifmetik ma'lumotlarga tayanibgina ta'lim oluvchilar­


    ning o'zlashtirish darajasini baholamaslik;

• ta'lim oluvchilarning mavjud bilimlariga aniq, batafsil ma'lumot (tavsif) berish uchun ularning bir necha o'quv yilidagi statistik


o'zlashtirish ma'lumotlarga asoslanib tahlil etish.

Demak, o'zlashtirishni nazorat qilish va hisobga olish nazorat, o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirish vazifalarini bajaradi.




Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish