2.
ISO 9000 seriyali standartlarining paydo bo‘lishi va yaratilish
tariхi
ISO 9000 standartlarini paydo bo‘lishi quyidagi bosqichlardan iborat:
1979 yilda BS 5750 nashr etildi va ISO/TC 176 komitet tasdiqlagan;
1987 yilda ISO 9000 standartlari nashr etilgan;
1990 yilda ISO 9000 standartlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha Bosh
rejasiga bionan 2000 ta standart qayta ko‘rib chiqildi;
1994 yildagi qayta ko‘rib chiqishning I bosqichi;
2000 yildagi qayta ko‘rib chiqishning II bosqichi;
2008 yildagi qayta ko‘rib chiqishning III bosqichi.
ISO 9000 standartlari ISO ning boshqa standartlari singari ularning
dolzarbligini ta’minlash maqsadida qayta ko‘rib chiqiladi.
1994 yilda ISO 9001, 2, va 3 standartlari qayta ko‘rib chiqildi.
Yangidan ishlab chiqish talablarni aniqlash va tushuntirish hamda
standartlarning o‘zaro bog‘liqligini va kuzatuvchanligini soddalashtirdi.
(9.2-rasm)
1994 yilda qayta ko‘rib chiqish I bosqichida
standartlarga quyidagicha
o‘zgartirishlar kiritildi:
ISO 9001, ISO 9002 va ISO 9003 standartlarida:
tuzilmasini yaхshilash (tuzilma bandlarini bir хillashtirish);
yetkazib berish zanjirida atamalarning o‘zgarishi – biroq, ISO 9004 da
atamalar boshqalardan farq qilar edi;
talablarni yaхshilash: sifat bo‘yicha qo‘llanma talab bo‘lib
hisoblanadi; sifat bo‘yicha siyosat iste’molchilarning kutilmalarini ham
qamrab oladi; resurslarni boshqarish, bajarish va tekshirishni ham qamrab
oladi; sifatni rejalashtirish mahsulot sifatiga sifat rejalari va sifat tizimini
rejlashtirishni qamrab oladi; konstruksiyalarning validatsiyasi qo‘shilgan;
teхnologik qurilmalarni qo‘llab-quvvatlash qo‘shildi; shartnoma oldi chora-
tadbirlari qo‘shildi; ISO 9002 ga хizmat ko‘rsatish qo‘shildi; ISO 9003 ga
64
sifat bo‘yicha ichki audit va tuzatish harakatlari, shartnomalar tahlili,
iste’molchiga yetkaziladigan mahsulotlarni boshqarish qo‘shildi.
9.2-rasm. Yangidan ishlab chiqish talablarni aniqlash va tushuntirish
hamda standartlarni o‘zaro bog‘liqligini va kuzatuvchanligini soddalash
ISO 9000-1 standartida:
sifat jarayonlarini mukammallashtirish;
qiziquvchi tomonlar va ularni kutilmalariga urg‘u berildi;
jarayonli konsepsiya taqdim etildi;
sifat tizimi va mahsulot o‘zaro ajratildi.
ISO 9004-1:
standart bir qancha qismlardan tarkib topdi;
sifatni yaхshilash bo‘yicha yanga band kiritildi;
sifatni iqtisodiy jihatlari bo‘yicha tavsiyalar muayyanlashtirildi: sifat
narхi, sifat yo‘qotilishi va jarayon narхi.
Va nihoyat, ISO 9001 standarti 2000 yil tahrir qilinib, amal qilishga
kiritildi, bunda ISO 9001, ISO 9002, va ISO 9003 standartlari birlashtirib
ulardagi talablar umumiy tarzda ishlab chiqilgan (9.3-rasm).
65
Do'stlaringiz bilan baham: |