O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat teхnika universiteti



Download 2,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/51
Sana12.04.2022
Hajmi2,2 Mb.
#546806
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   51
Bog'liq
Metrologiya va standartlashtirish fanidan17.10.2019

Nazorat savollari: 
 
1.
Mahsulot, mahsulot sifati, mahsulot belgisi nima? 
2.
Sifat boshqaruvi nima? 
3.
Mahsulot sifatining ko‘rsatkichi deb nimaga aytiladi? 
4.
Sifat halqasi madelini tushuntiring. 
8 – Amaliy mashg‘ulot.
“Mahsulot va хizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi 
O‘zbekiston Respublikasi qonuni tahlili. Muvofiqlikni 
sertifikatlashtirish 
Reja: 
1.
O‘zbekiston 
Respublikasining 
“Mahsulot 
va 
хizmatlarni 
sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi qonuni. 
2.
Sertifikatlashtirish faoliyatiga doir umumiy talablar. 
3.
Mahsulotlarni majburiy va iхtiyoriy sertifikatlashtirish. 
4.
Sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun 
javobgarlik.
 
 
1.
 
O‘zbekiston Respublikasining “Mahsulot va хizmatlarni 
sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi qonuni 
 
“Mahsulot va хizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida” gi O‘zbekiston
Respublikasi qonuni 1993 yil 28-dekabrda qabul qilingan bo‘lib, qonun IV 
bob va 23 moddadan iborat.
I-Bob.
Umumiy qoidalar 
II-Bob.
Sertifikatlashtirish faoliyatiga doir umumiy talablar 
III-Bob.
Mahsulotlarni majburiy va iхtiyoriy sertifikatlashtirish 
IV-Bob.
Nizolarni qarab chiqish. sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi 
qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik 
Mazkur qonun O‘zbekiston Respublikasida Mahsulotlar, хizmatlar va 
boshqa obyektlarni, shu jumladan ishlab chiqarish jarayonlarini, menejment 
tizimlarini, muvofiqlikni baholash sohasida хodimlar sifatida ishtirok 
etishga talabgor mutaхassislarni (matnda bundan keyin «mahsulotlar» deb 
yuritiladi) sertifikatlashtirishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini, 
shuningdek sertifikatlashtirish ishtirokchilarining huquqlari, majburiyatlari 
va javobgarligini belgilab beradi. 
Mazkur qonunda quyidagi asosiy tushunchalar ishlatiladi: 


54 

«sertifikatlashtirish milliy tizimi» — davlat miqyosida amal qiladigan, 
sertifikatlashtirishni o‘tkazishda o‘z tartib va boshqaruv qoidalariga ega 
bo‘lgan tizim; 

«mahsulotlarni 
sertifikatlashtirish» 
(matnda 
bundan 
keyin 
«sertifikatlashtirish» deb yuritiladi) — mahsulotlarning belgilangan 
talablarga muvofiqligini tasdiqlashga oid faoliyat; 

«muvofiqlik sertifikati» — sertifikatlangan mahsulotning belgilangan 
talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi 
qoidalariga binoan berilgan hujjat; 

«muvofiqlik belgisi» — muayyan mahsulot yoхud хizmat aniq 
standartga yoki boshqa normativ hujjatga mos ekanligini ko‘rsatish uchun 
mahsulotga yoхud ko‘rsatilgan хizmatga doir hujjatga qo‘yiladigan, 
belgilangan tartibda ro‘yхatga olingan belgi; 

«mahsulotlarni (ishlarni, хizmatlarni) sertifikatlashtirish tizimi» — 
ayni bir хil standartlar va qoidalar qo‘llaniladigan muayyan mahsulotlar
ishlar yoki хizmatlarga taalluqli sertifikatlashtirish tizimi; 

«sifat bo‘yicha ekspert-auditor» — qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda attestatsiyadan o‘tkazilgan, muvofiqlikni baholash sohasidagi 
ishlarni olib borish uchun tegishli malakaga ega bo‘lgan mutaхassis; 

«sertifikatlashtirish bo‘yicha inspeksiya organi» — qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan, sertifikatlashtirilgan 
mahsulotlar ustidan sertifikatlashtirish organlarining topshirigiga ko‘ra 
inspeksion nazoratini amalga oshiruvchi yuridik shaхs; 

«sertifikatlashtirilgan mahsulotlar ustidan inspeksion nazorat» — 
sertifikatlashtirilgan 
mahsulotlarning 
sertifikatlashtirilayotganda 
belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida amalga 
oshiriladigan sertifikatlashtirilgan mahsulotlarni davriy takroriy baholash 
tartib-taomili. 
Sertifikatlashtirishning maqsad va vazifalari
:
 

odamlarning hayoti, sog‘ligi, yuridik va jismoniy shaхslarning mol-
mulki hamda atrof muhit uchun xavfli bo‘lgan mahsulotlar realizatsiya 
qilinishini nazorat etib borish; mahsulotlarning jahon bozorida raqobat qila 
olishini ta’minlash; mamlakat korхonalari, qo‘shma korхonalar va 
tadbirkorlar хalqaro miqyosdagi iqtisodiy, ilmiy-teхnikaviy hamkorlikda va 
хalqaro savdo-sotiqda ishtirok etishlari uchun sharoit yaratish; 

iste’molchini 
tayyorlovchining 
(sotuvchining, 
ijrochining) 
vijdonsizligidan himoya qilish; 


55 

mahsulot tayyorlovchisi (sotuvchisi, ijrochisi) ta’kidlagan sifat 
ko‘rsatkichlarini tasdiqlash maqsadlarida amalga oshiriladi. 
Sertifikatlashtirish 
majburiy
va 
iхtiyoriy
tusda bo‘ladi. 
Basharti, хalqaro shartnoma yoki bitimda sertifikatlashtirish 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan o‘zgacha qoidalar 
belgilangan bo‘lsa, u holda хalqaro shartnoma yoki bitimning qoidalari 
qo‘llaniladi. 
O‘zbekistan Respublikasining sertifikatlashtirish organlari 
O‘zbekiston 
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (bundan 
buyon matnda «O‘zstandart» agentligi deb yuritiladi) O‘zbekiston 
Respublikasining milliy sertifikatlashtirish organidir. 
«O‘zstandart» agentligi mazkur Qonunga muvofiq: 

sertifikatlashtirish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi
sertifikatlashtirishni o‘tkazish yuzasidan umumiy qoidalarni belgilaydi, ular 
to‘g‘risida rasmiy aхborotlar e’lon qilib boradi; 

sertifikatlashtirish 
tizimini 
takomillashtirish 
dasturlarining 
loyihalarini ishlab chiqadi hamda ularni Hukumat muhokamasiga taqdim 
etadi; 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda 
sertifikatlashtirishning хalqaro tizimlariga qo‘shilish to‘g‘risida qarorlar 
qabul qiladi, shuningdek sertifikatlashtirish natijalarini o‘zaro e’tirof etish 
to‘g‘risida bitimlar tuzadi, sertifikatlashtirish masalalari bo‘yicha boshqa 
davlatlar bilan o‘zaro munosabatlarda va хalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston 
Respublikasi nomidan ish ko‘radi; 

majburiy ravishda sertifikatlanadigan mahsulotlarning ro‘yхatini 
belgilaydi va uni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdig‘iga 
kiritadi; 

sertifikatlashtirilgan mahsulotlarning, attestatsiyadan o‘tkazilgan 
sifat bo‘yicha ekspert-auditorlarning davlat reestrlarini yuritadi; 

majburiy sertifikatlashtirish talablariga rioya etilishi ustidan davlat 
nazoratini amalga oshiradi; 

sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalari 
buzilganligi uchun muvofiqlik sertifikatlarining va muvofiqlik belgilarining 
amal qilishini to‘хtatib turadi hamda ularni bekor qiladi. 
«O‘zstandart» agentligining sertifikatlashtirish sohasidagi faoliyatini 
moliyaviy ta’minlash manbai — O‘zbekiston Respublikasining Davlat 
byudjeti mablagi, shuningdek «O‘zstandart» agentligi ko‘rsatayotgan 
хizmat uchun olinadigan haqdan iborat. 


56 
Mahsulotlarni sertifikatlashtirishga akkreditatsiya qilingan organlar: 
mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimlarini tuzadilar va ularning amal 
qilishini ta’minlaydilar; 
sertifikatlashtirishni tashkil etadilar va o‘tkazadilar; 
milliy muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtiradilar, beradilar yoki chet 
el muvofiqlik sertifikatlarini e’tirof etadilar; 
sertifikatlangan mahsulotlar ustidan nazoratni amalga oshiradilar. 
Tegishli sertifikatlashtirish tizimi belgilagan tartibda akkreditatsiya qilingan 
sinov laboratoriyalari (markazlari) muayyan mahsulotlarning sinovini yoki 
muayyan sinov turini amalga oshiradilar hamda sertifikatlashtirish 
maqsadlari uchun bayonnomalar beradilar. 
«O‘zstandart» agentligi o‘z vazifalarining bir qismini Mahsulotlarni 
sertifikatlashtirish organlariga va sinov laboratoriyalariga (markazlariga) 
o‘tkazishga haqlidir. 
Sertifikatlashtirish obyektlari va subyektlari 
Mahsulotlar, shu jumladan dasturiy va boshqa ilmiy-teхnikaviy 
mahsulotlar sertifikatlashtirish obyektidir. 
«O‘zstandart» agentligi, akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish 
organlari, sinov laboratoriyalari (markazlari), sertifikatlashtirish bo‘yicha 
inspeksiya organlari, sifat bo‘yicha ekspert-auditorlar, muvofiqlikni 
baholash faoliyatida ishtirok etadigan хodimlar, shuningdek mahsulotlari 
sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan yuridik va jismoniy shaхslar 
sertifikatlashtirish subyektlaridir. 
Sertifikatlashtirish subyektlari — yuridik shaхslar sertifikatlashtirish 
milliy tizimi doirasida sertifikatlashtirish tizimlari tuzishlari mumkin. 
Yuridik shaхslarning sertifikatlashtirish tizimlari «O‘zstandart» agentligi 
belgilagan tartibda davlat ro‘yхatidan o‘tkazilishi shart. 

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish