6
-rasm. Fosforitning fosfat kislotali parchalanish darajasining vaqt
bo‘yicha o‘zgarishi: kislota konsentratsiyasi: 1 - 37% P2O5; 2 - 35% P2O5; 3 - 30% P2O5; EFK(100% P2O5):fosforit nisbati: 1 - 1:1; 2 - 1,5:1; 3 - 1,5:1; jarayonning harorati: 1 - 60oC;
2 - 60oC; 3 - 80oC.
Tarkibida ~20% P2O5 va ~2,5% MgO bo‘lgan ekstraksion fosfat kislotaga uning massasining 2%i atrofida NH4NO3 qo‘shib bug‘latilishidan hosil qilingan 35-37% P2O5 konsentratsiyali aktivlangan kislotada fosforitning EFK(100%P2O5):fosforit = 100:100 nisbatida va 60OC haroratda 1,5 soat parchalanishidan tarkibida: P2O5umum. = 37-38%; P2O5o‘zl. = 34-36%; P2O5s.e. = 32-33,5%; N = ~ 0,7%; F = 1,4-1,6% bo‘lgan yaxshi fizik-kimyoviy xossaga (S:Q = 2,7-2,8, pH = ~2,5) ega bo‘lgan superfosfat suspenziyasi hosil qilinishi mumkin (optimal sharoit). Bunda fosforitning parchalanish darajasi 76% ga yetadi. Parchalanish jarayonidagi kislota me’yorini 1,5 marta oshirilishi [EFK(100%P2O5):fosforit = 150:100 nisbatida] natijasida parchalanish darajasini 85% gacha ko‘tarish mumkin, lekin suspenziyani quritishdan hosil qilinadigan mahsulotda P205erkin = ~6,7 ga teng bo‘lib, standart talablari (P205erkin < 5) ga javob bermaydi. Kislota konsentratsiyasini 40% P205 ga va EFK(100%P205):fosforit nisbatini 2 marta (200:100) oshirish orqali parchalanish darajasini ~90% gacha oshirish mumkin, lekin hosil qilingan bo‘tqaning fizik-kimyoviy xossasi [S:Q = ~5 (erkin fosfat kislotasi hisobiga), pH = ~2] birmuncha yomonlashadi, natijada ishlab chiqarish intensivligi va samaradorligi pasayadi. Ularni
neytrallovchi qo‘shimchalar (ammiak gazi, bo‘r va b.) ishtirokida fizik- kimyoviy xossalarini yaxshilanishi va undan murakkab azot-fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarilishi mumkin.
Optimal sharoitda olingan superfosfat suspenziyasini 100-105OC da quritish orqali tarkibida: P2O5umum. = ~ 48%; P2O5ozl. = 46,5%; P2O5se. = 42,8%; P2O5erkin = ~1,8%; N = ~ 1%; F = 1,8% bo‘lgan qo‘shaloq superfosfat turidagi o‘g‘it olinadi. Mahsulotni quritish natijasida fosforitning parchalanish darajasi ~85% ga yetadi. O‘g‘itning ftorsizlanish darajasi esa 45-50% ni tashkil etadi.
Bayon etilgan usulni hozir kunda amalda bo‘lgan fosforitlar asosida ammofos o‘g‘iti ishlab chiqarish usuli bilan taqqoslanganda - ham iqtisodiy, ham ekologik samara olish mumkin ekanligini ko‘rish mumkin. Bu usulda ammofos ishlab chiqarish usulidagi sulfat kislotasini 20% ga va ammiakni 100% ga iqtisod qilinishi, chiqindi - fosfogips unumini 20% ga kamaytirish imkoniyati yaratiladi. Bundan tashqari, tabiiy fosfatdan o‘g‘itga bevosita o‘tadigan ftorning 45-50% miqdorini ftor birikmalari holatida ajratib olinishini ta’minlash mumkin. Bu esa, bir tomondan, ishlab chiqariladigan o‘g‘itning ekologik tozaligini oshirsa, ikkinchidan, ayrim xalq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda muhim xomashyo bo‘lgan ftor birikmalarining qo‘shimcha mahsulot sifatida olinishiga erishiladi.
O‘g‘it tarkibidagi ftor miqdorini yanada kamaytirilishiga erishilishi mumkin. Buning uchun bir qism boshlang‘ich ekstraksion fosfat kislotasi ammoniy nitrat ishtirokida 50-55% P2O5 gacha bug‘latiladi, uni boshlang‘ich ekstraksion fosfat kislotasining qolgan qismi (unga ham kerakli miqdordagi ammoniy nitrat qo‘shilgan) bilan ~37% P2O5 li kislota hosil qilinishi orqali aralashtiriladi. Hosil qilingan kislotadan olingan qo‘shaloq superfosfatning ftorsizlanish darajasi 70-75% ga yetadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.A.A.Ismatov, T.A.Otaquziev, N.P.Ismoilov, F.M.Mirzaev. Noorganik moddalar Kimyoviy texnologiyasi. Toshkent. O’zbekiston, 2002, 336 b.
2.Kutepov A.M., Bondareva T.I, Berengarten M.G.Obshaya ximicheskaya texnologiya. M:, Visshaya shkola, 1990, 520 s.
3. Amelin A.G. Obshaya ximicheskaya texnologiya. M.: Ximiya, 1977.
4.Muxlenov I.P. Obshaya ximicheskaya texnologiya. Ch.1,2. M.: Vissh.shk., 1984, 1987. 255 i 263 s.
5. .Muxlenov I.P., Grshteyn A.V. i dr. "Osnovi ximicheskoy texnologii". M.: Vissh.shk. 1991.
6.N.Kattayev. Kimyoviy texnologiya, 2008 yil Toshkent,432 bet
7 www.aim.uz
8 www.arxiv.uz
9 www.ziyonet.uz