NAZORAT TOPSHIRIQLARI
10.1.1.
Ikki va undan ortiq mexanik elementlar jipslashib ..... hosil qiladi.
10.1.2.
Tuproq strukturasi deb nimaga aytiladi?
10.1.3.
S.A. Zaxarov bo’yicha necha xil shakldagi struktura farq qiladi?
10.1.4.
Bo’z tuproqlar tipi uchun qanday struktura shakli harakterli?
10.1.5.
O’lchami 0,25 mm dan katta zarachalar .................... deyiladi.
10.1.6.
O’lchami 0,25 mm dan kichik zarachalar ................. deyiladi.
10.1.7.
Ikki va uch valentli kationlar bilan to`yingan tuproqlar .. hosil qiladi.
2-ASOSIY SAVOL
TUPROQ STRUKTURASINING AGRONOMIK AHAMIYATIGA
KO’RA BAHOLANISHI
2-asоsiy savolning bayoni:
Agronomik nuqtai nazardan eng yaxshi struktura deb mustaxkam, suvga chidamli va
serg’ovak donador agregatlar tushiniladi. Bu agregatlarning o’lchami 10 mm dan 0,25 mm gacha
deb qabul qilingan. Umuman olganda agronomik jixatdan yaxshi xisоblangan agregatlarning
o’lchami 5 mm dan 0,25 mm gacha deb qabul qilingani maqulroq. Kachinskiy (1965) agregatlar
o’lchamining optimal holatini belgilashda barcha tuproq iqlim sharoiti uchun bir xilda bo’lmasligi
kerakligini aytadi. Yog’ingarchilik ko’p bo’ladigan mintaqalarda agregatlar o’lchami kattaroq
bo`lgani maqul ekan, bunda g’ovakliklar ko’p va katta bo’lib suv va havo o’tkazuvchanligi, botqoq
joylarda suvning qochirilishi yaxshi bo’lar ekan. Quruq iqlimli mintaqalarda esa teskarisi namlikni
saqlash kerak, havo xarorati yaxshi yoki meyoridan ortiq bunda agregatlar o’lchami qum
donachalari o’lchamiga yaqinlashtirilishi mumkin. Lekin bunda haydalma qatlam defelyatsiyaga
uchrashi mumkin.
Frantsessоn (1963) qora tuproqlarda >2 mm dan katta bo`lgan agregatlargina eroziya
jarayoniga chidamli bo’lishi mumkin, undan kichiklari chidamsiz bo’ladi deydi.
Tuproq qattiq qismining struktura darajasi bilan tuproq g’ovakligi va uning o’lchami uzviy
bog’langan. G’ovakliklarda esa fizik , ximik va biologik jarayonlar sоdir bo’ladi. Undan tashqari
o’simliklar uchun zarur bo`lgan suv zaxirasi va tuproq havosi bo’ladi. Bo’shliqlar orqali suv
harakatlanadi.
Suv o’tkazuvchanglikning yuqori bo’lishi suvning yer usti harakatini kamaytiradi, shu bilan
birga tuproqni suv eroziyasidan saqlaydi.
Dehqonchilik tarixida strukturali tuproqlarning suv, havo va oziq rejimini yaxshi bo’lishi
isbotlangan. Bu borada O’rta Osiyo tuproqlariga nisbatan A.N.Rozonov, S.N.Rijovlarning fikrlariga
ko’ra shuni takidlash kerakki, O’rta Osiyo tuproqlarining xech qaysisi Rossiya sharoitiga mos
kelmaydi. O’rta Osiyo paxtakorlari Sug’orish uchun sarflangan suv, dalalarga sоlingan o’g’it va
katta mehnat evaziga bu yerlardan mo’l- ko’l hosil olayotirlar.
O’zbekiston paxtachilik instituti va uning viloyatlardagi tajriba markazlarida hamda
Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot institutida olingan ma’lumotlar asоsida quyidagi
hulosaga kelinadi:
1.
Bo’z tuproqlar mintaqasida struktura darajasi yaxshiligi jixatidan o’tloq tuproqlardan
keyin to’q tusli bo’z tuproqlar, undan keyin tipik bo’z tuproqlar va eng keyingi o’rinda och tusli
bo’z tuproqlar turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |