1. Tuproqqa ishlov berish.
2. Tuproqni gumin va ulmin kislotalari bilan boyitish.
3. Nordon(qislotali) tuproqlarni axoqlash, ishqorli tuproqlarni gipslash.
4. Almashlab ekish sistemasini to’g’ri joriy etish.
Ishlov har yili qaytariladigan muhim agrotexnik tadbir xisоblanadi. Uni amalga oshirishda
insоniyat mexanik va fizik jixatdan katta ish bajaradi. Isbot tariqasida N.A.Kachinskiyning quyidagi
taxminiy xisоbini keltiramiz: butun yer sharida 1 mlrd gektardan ortiq yerga dehqonchilik qilinadi.
Shundan 500 mln gektar yer maydoni 20 sm chuqurlikda haydalsa, insоniyat har yili 1000 qm
3
tuproqni ag’dar-to’ntar qilgan bo’ladi.
Bu esa butun yer sharidagi daryolarning dengiz va okeanlarga olib keladigan katta mineral
yotqiziqlaridan 7-10 marta ko’pdir.
Keltirilgan oddiy bir misоldan ko’rinib turibdiki, insоniyat ishlov jarayonida katta ish
bajaribgina
qolmay,
balki
kelajak
hosil
taqdirini
xal
etuvchi
tuproq
muxitini vujudga
keltiradi.Yetukli tuproqshunos olim E.Rassoll ta’kidlashi bo’yicha dehqonchilik sistemasida tuproq
unimdorligini ta’minlovchi agregat bo’lakchalarini vujudga keltira olmagan ishlov usuli yaroqsiz
xisоblanadi. Akademik V.R. Vilyams tuproqqa madaniy ishlov berishga aloxida etibor berdi. Uning
ta’kidlashi bo’yicha ishlovning asоsiy vazifasi tuproq xaydalma qatlamini agregatchalardan tashkil
topgan g’ovak sistemaga aylantirishdir.
Ishlov jarayonini o’tkazish vaqtida tuproq chang to’zanga aylanmasligi lozim.
Binobarin bu jarayonni tuproq o’ta nam yoki juda qurib qolgan sharoitda olib borish
mumkin emas. Sifatli ishlovni ta’minlovchi ko’pgina fizik mexanik jarayonlar-yopishqoqlik,
plastiklik, uvolanish, qattiqlik va boshqalar tuproqning namligi bilan chambarchas bog’langan
bo’ladi.
Fizik yetilgan tuproqning namligi plastiklik holatining eng quyi darajasiga yaqin turadi. Bu
paytda xaydalgan tuproq yaxshi uvoqlanadi, yerni ishlash uchun ketadigan mexnat sarf kamayadi va
eng chidamli agregatlar hosil bo’ladi.
Tuproq strukturasini tiklash uning kmyoviy xususiyatini yaxshilashi bilan xam amalga
oshiriladi. Sho’rtob yoki podzol tuproqlar bunga misоl bo’lishi mumkin. Bunday tuproqlarning
singdirish kampleksida vodorod, natriy bo’lib, bunday elementlar ishtiroqida nordon yoki ishqoriy
muxit paydo bo’lishidan tashqari suvga juda chidamsiz struktura hosil bo’ladi. Shuning uchun xam
bunday tuproqlarning strukturali holatini yaxshilash maqsadida yerga oxak yoki gips sоlanadi. Bu
tuzlar tarkibidagi ikki valentli elementlar o’rnini oladi. Bu jarayonning bir necha bor qaytarilishi
nordon va sho’rtob tuproqlarning strukturali holatini yaxshilaydi. O’rta Osiyo ho’jaliklarida
to’plangan hamda ilmiy-tekshirish tashkilotlarining dala sharoitida olib borilgan ko’p yillik
tajribalarining yakunlari quyidagi xulosaga olib keldi: