Kutiladigan natija: O‘quvchilar mavzu yuzasidan zaruriy bilimlarni o‘zlashtiradi, ustahkamlaydi, mavzuning mohiyati haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladi va shaxsiy munosabati shakllanadi
Mavzu yuzasidan keys-topshiriqlari
SHohruh 7 yoshda. U yoshligidan e’tiboran yelimlash, rasm chizish, qurishga qiziqadi. SHohruh yaxshi rasm chizadi, plastilindan turli narsalar yasay-di, ajoyib konstruksiyalar yaratadi, ijodiy xayol suradi. Tarbiyachining bolani badiiy studiyaga berish taklifiga SHohruhning ota-onasi, u sport bilan shug’ullanishi kerak degan qarorga kelib, rad javobini berishdi. Bog’chada Shohruh hech kim bilan do’stlashmaydi, bolalar bilan ko’pincha nizoga kirishadi. Agar bolalardan biri uni rasm chizishiga, uycha qurishiga yoki boshqa o’yinlariga qo’shilmoqchi bo’lsa, Shohruh ko’pincha ularni qo’ymadi. U bolalarga aralashmaydi, uni o’z sevgan mashg’ulotidan chalg’itish yoki e’tiborini boshqa narsaga qaratish qiyin, ya’ni “bola o’zi bilan”.
Muammo:Sizning harakatlaringiz anday bo’ladi?
variant. SHohruhning o’zini-o’zi baholashi juda past holatda.Uning bahosi ota-onasi tomonidan tan olinmagan. Bolaning o’zini-o’zi baholashini rivojlantirishga harakat qilish kerak,tanlovlarda qatnashishni taklif etish lozim. SHohruhning muvaffaqiyatlarini ota-ona va bolalar baholashlari uchun, uning ishlarini ko’rgazma-larga qo’yish lozim.
variant. Sotsiometrik uslubdagi tadqiqot o’tkazish, bolani afzal ko’rish, uni ochish va turli umumiy vazifalar bergan holda, bolalar bilan yaqinlashtirishga harakat qilish, bolalar bilan birgalikda faoliyat ko’rsatishga tortish kerak.
variant. Ota-ona bilan ish olib borish. Ularga bolaning qiziqishini ko’rish va tushunishga yordam berish. SHohruh unga tavsiya etilayotgan mashg’ulotga qiziqqan bo’lishi, faqat “onasi aytganligi uchun emas”, balki unda moyillik va qiziqish bo’lgani uchun, qo’shimcha ta’lim tanlashda bolaning fikrini hisobga olishni taklif etish. Sport bilan yakshanba kunlari oilaviy shug’ullanish ham mumkinligini tushuntirish.
3-vaziyat. Ahmad bolalar bog’chasida yana bir yil qolib, boshqa guruhda to’rt yil obaynida tarbiyalangan tarbiyachisini sog’in-moqda. Ahmad ko’pincha o’zining avvalgi guruhiga mehmonga keladi: tarbiyachilar bilan muloqotda bo’ladi, bolalar bilan o’ynaydi, konstruk- tordan foydalanib, turli qurilma-larni yasashni o’rganadi va hokazo. Tarbiyachilar doimo Ahmadni yaxshi qabul qiladilar, uning onasiga ham o’g’lining bunday tashrifi yoqadi – tarbiyachilar bilan uning aloqasi yaxshi, ijobiy munosabatda. Kunlarning birida, Ahmadni bog’chadan olib keta turib, Marg’uba opa (onasi) uning qo’lida begona kichik mashinacha borligini payqab qoldi.
Muammo:Nima qilish kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: |