O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi farg’ona davlat univеrsitеti


Ikkinchi vazifasi-bashorat qilish



Download 2,58 Mb.
bet29/104
Sana10.12.2022
Hajmi2,58 Mb.
#883289
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   104
Bog'liq
И.П. мажмуа 2-қисм tayyori 111 — копия

Ikkinchi vazifasi-bashorat qilish. Uning mohiyati shuki, qo’yilgan tashhiz asosida ichkilikbozlikka mayli bor bola bilan ish olib borishning aniq ijtimoiy pedagogik dasturi ishlab chiqiladi. Bu dastur bosqichma-bosqich amalga oshib, ijtimoiy adaptatsiya, korreksiya yoki reabilitatsiyani keltirib chiqaradi.
Uchinchi vazifasi ta’lim-tarbiya bo’lib, bolada uning ijtimoiy pedagogik reabilitatsiyasi davomida shakllanishi lozim bo’lgan xislatlarni, bolalar va kattalar xulq-atvori va faoliyatiga pedagogik ta’sirni oshirish, bola tarbiyasidagi bo’shliqlarni to’ldirish, ichkilikbozlik muammosini yengib o’tish uchun lozim bo’lgan malaka va ko’nikmalarni shakllantirishni ko’zda tutadi.
Ijtimoiypedagogning to’rtinchi vazifasi-huquqiy himoya bo’lib, uning mohiyati shuki ijtimoiypedagog faoliyati huquqiy asosda ko’riladi.
Beshinchi vazifasi-tashkiliy funksiya. U ichkilikbozlikka mayli bor bola bilan ijtimoiy pedagogik faoliyat yuritish turli mutaxassislarning ishtirokini talab qiladi, bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish uchun sharoitlar yaratadi, bolalar, kattalar uchun ijtimoiy foydali faoliyatni tashkil qiladi.
Oltinchi vazifasi-kommunikativ. Bunda ko’zga ijtimoiy pedagogik faoliyatni amalga oshirish jarayonida uning ishtirokchilari orasida ko’pgina aloqalar o’rnatiladi.
Ettinchi vazifa-profilaktik funkyiya bo’lib, u erishilgan ijobiy natijalarni mustahkamlashni ko’zda tutadi va ichkilikbozlik alomatlarining paydo bo’lishini bartaraf etadi. Bu vazifalar ijtimoiy patronaj o’tkazish orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiypedagogning bolalar hayotining alkogollashuvga qarshi qaratish tarbiyalanuvchilarning yoshiga qarab o’z xususiyatlariga ega. Maktabgacha va kichik maktab yoshi.
Bir yoshdan yetti yoshgacha bolada odatlar shakllanishida hal qiluvchi ta’sirni ota-onalar ko’rsatishadi. Shuning uchun bu yoshda ijtimoiypedagogning oila bilan ishlashi muhim ahamiyatga ega. U quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

  1. Oila a’zolari o’rtasidagi munosabatlarning madaniyatini shakllantirish, chunki faqatgina uyg’un oilaviy munosabatlar sharoitlarida axloqiy antialkogol odatlar paydo bo’lishi mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalarda bu odatlarning paydo bo’lishi uchun ota-onalarda optimal xulqatvorni shakllantirish lozim.

  2. Bola hayotiy faoliyatining sog’lom muhitini shakllantirish.

Ijtimoiypedagog faoliyati ota-onalarda sog’lom ijtimoiypsixologik yo’l-yo’riqlarni shakllantirishga va bolalarning spirtli ichimlik iste’mol qilgani uchun ota-onalarning shaxsiy javobgarligi haqidagi fikrni ilgari surishga qaratilishi lozim. Ota-onalar bilan ichkilikbozliklikka qarshi kurash bola yoshiga qarab amalga oshirilishi lozim. Biroq bu faoliyatning natijasi ota-onalarni bolalarning ichkilikka qarshi tarbiyasiga qo’shilishlari kerak. Ota-onalarning ichkilikbozlikka qarshi tarbiyasi haqida bilimlar targ’iboti quyidagi masalalarni o’z ichiga oladi:

  1. Alkogolning inson organizmiga, bolaning to’liq shakllanmagan organizmiga zarari, bolalarning spirtli ichimlik iste’mol qilishlarining yomon oqibatlari, voyaga yetmaganlarni spirtli ichimliklar iste’mol qilishga o’rgatishning axloqiy va huquqiy javobgarligi haqida.

  2. Kichik maktab yoshining spetsifik xususiyatlari anotolik, marfologik, psixofiziologik xususiyatlari bilan tanishtirish. Maktabda ta’lim olishning birinchi bosqichiga bola hayotidagi eng inqorozli bosqich sifatida ta’rif berish, boshlang’ich bosqichga ko’nikish qiyinchiliklari haqida, yosh shaxsning faol ijtimoiylashuvining boshlanishi haqida, ta’lim muhitining ijtimoiy va psixologik sharoitlari haqida ma’lumot berish.

  3. Kichik maktab yoshidan bolalarda sog’lom hayot tarziga intilishni shakllantirish uchun otaonalarning optimal xulq-atvorlariga erishish. Bu oilaning ichkibozlik an’analarini kichik maktab yoshiga xos bo’lgan taqlidiy xulq-atvorni inobatga olgan holda ko’rib chiqish, bolaning maktabdagi yutuqlariga e’tiborli bo’lish, bolalarning bo’sh vaqtlarini o’tkazishlariga yordam berish, uni noxush oilaviy0maishiy nizolardan holiroq qilish.

Shuningdek, ijtimoiypedagog ota-onalar bilan hamkorlikda bo’sh vaqt, bayramlarni spirtli ichimliksiz o’tkazish rejasini ham ishlab chiqish lozim. Faoliyatning asosiy metodi suhbat, maslahat, trening shaklida o’tkaziladigan oilaviy profilaktika hisoblanadi. Ijtimoiypedagog ota-onalar harakatlariga axloqiy xarakter berishi lozim. Oilaviy profilaktika tanbeh, tahdidlarga asoslanmasligi lozim. U bolaning tengdoshlari bilan aloqalarini to’g’irlashga, ularni ijobiy faoliyatga jalb etishga, oilada o’z maqomini tiklashga qaratilishi lozim.
O’spirinlar (11-14 yosh). Bu davr inson faoliyatining eng murakkab davrlaridan biridir. Bu davrda uyg’un faoliyatning faollashuvi fanida organizmning barcha organlarining jadal rivojlanishi kuzatiladi. Bu jarayon jinsiy yetuklikning kelishi bilan yakun topadi. Organ va tizimlarning bunday qayta qurilishi bilan davom etadi. Bola u uchun obro’li bo’lgan kattalarning ko’rsatmalariga amal qilgan kichik maktab yoshidan farqli ravishda o’spirin o’z xulq-atvor tamoyillariga, o’z qarashlariga amal qilishga harakat qiladi, mustaqillikka ehtiyoj tug’iladi, kattalar nasihatlari tanqid ostiga olinadi, ularga nisbatan salbiy munosabat shakllanadi.
Aynan o’spirinlik davrida ichkilikka ruju qo’yishning ilk bosqichining shakllanishi boshlanishi mumkin. CHunki u o’spirin guruhlari sharoitida namoyon bo’ladi va shuning uchun “jamoaviy ichkilik tobeligi” xarakteriga ega bo’ladi. Bu yoshdagi bola katta bo’lishga yoki kattalardek ko’rinishga harakat qiladi. Bu ham ijobiy ham salbiy ma’noda namoyon bo’lishi mumkin.
Katta bo’lish tendensiyasi agar axloqiy va ijtimoiy qadriyatlarga asoslanmasa ijtimoiy salbiy ma’noda: chekish, spirtli ichimliklarni iste’mol qilish, jinsiy mas’uliyatsizlik, huquqbuzarliklarda namoyon bo’ladi.
O’spirinlik davrida 11 yoshdan boshlab kattalar bolaga avvalgidek ta’sirlarini o’tkaza olmaydilar va bola uchun tengdoshlari bilan muloqatda bo’lish katta ahamiyat kasb eta boshlaydi. O’spirinning ijtimoiy maqomi qancha past bo’lsa, uning guruhga ta’siri shuncha kam bo’ladi.
Shuning uchun bu yoshda ijtimoiypedagog faoliyatida asosiy urg’u guruh bilan ishlashga qaratiladi. Bu quyidagi faoliyat yo’nalishlari orqali amalga oshiriladi:


  1. Download 2,58 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish